Jahon bozori va uning shakllari reja: Kirish


Jahon xo‘jaligi sub’ektlari



Download 157,1 Kb.
bet4/13
Sana28.06.2022
Hajmi157,1 Kb.
#716931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Jahon bozori kurs ishi

Jahon xo‘jaligi sub’ektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • o‘z ichiga milliy iqtisodiyot majmuini oluvchi turli mamlakatlar;

  • transmilliy korporatsiyalar;

  • xalqaro tashkilot va institutlar;

  • milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xo‘jalik barcha sohalari tarkibidagi firmalar.

Jahon xo‘jaligi milliy xo‘jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi bilan farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko‘rsatadi. Jahon bozorining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalminal qiymatga keltiradi. Jahon narxi jahon bozoriga ne’matlarning asosiy hajmini yetkazib beruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. Mamlakatlar o‘rtasida sotish bozorlarini egallash uchun keskin raqobat kurashi olib boriladi.
Jahon xo‘jaligida har bir o‘zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati va alohida mamlakatning eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar va xalqaro monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatini o‘ziga tortadi. Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valyuta-moliya sohalaridagi jahon tamoyillariga bog‘liqlik ob’ektiv reallik hisoblanadi. Hozirgi davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodiyoti qanday rivojlangan bo‘lishidan qat’iy nazar, jahon xo‘jaligi aloqalariga jalb qilmasdan to‘laqonli iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash mumkin emas.Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar,xalqaro guruhlarga bo‘lingan. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash har xil mezonlar asosida amalga oshiriladi. Turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarining turli-tumanligi ular taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan baholash imkonini bermaydi. Shunga ko‘ra, mazkur maqsadda bir necha asosiy ko‘rsatkich va mezonlardan foydalaniladi:

  • mutlaq va nisbiy YaIM;

  • milliy daromad va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi miqdori;

  • milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi;

- mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi;
- aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar.
Mamlakatning jahon xo‘jaligidagi o‘rnini aniqlashda bir necha yondashuvlar mavjud. Ulardan eng oddiylari – mamlakatlarni aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi daromad darajasi bo‘yicha guruhlarga ajratish hisoblanadi. Bunday yondashuv BMT, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon tiklanish va taraqqiyot banki (JTTB) tomonidan qo‘llaniladi. Masalan, JTTB daromad darajasiga ko‘ra mamlakatlarning uchta guruhini farqlaydi.
1995 yili aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi milliy daromadlarning quyidagi chegaraviy miqdorlari belgilangan edi:

daromadlarning past darajasi (49 ta mamlakat);

daromadlarning o‘rtacha darajasi (58 ta mamlakat);




daromadlarning yuqori darajasi (26 ta mamlakat
Izoh: Bu diagramma shuni ko’rsatadiki, 1995 yilda aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi daromadlarning eng past darajasi 49ta mamlakatda 765 dollarga teng bo’lgan. Daromadlarning o’rtacha darajasi esa 765 dan 9385 dollargacha bo’lgan. Bu holat 58 ta davlatda mavjud edi. Va 9386 dollar va undan yuqori bo’lgan miqdor yuqori daromad darajasi hisoblangan. Faqatgina 26 ta davlatgina bunday ko’rsatkichga ega bo’lishgan.
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib xo‘jalik tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruhini ajratib ko‘rsatish mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan holda rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyoti mavjud bo‘lmagan mamlakatlar. Rivojlanganlik darajasi bo‘yicha ham o‘z navbatida uchta guruh farqlanadi: past, o‘rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar. Shimoli-sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasidagi yangi industrial mamlakatlar (YaIM), yuqori daromadli neft eksport qiluvchi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Quvayt va boshqalar), eng kam rivojlangan mamlakatlar (EKRM), shu jumladan eng kambag‘al mamlakatlar (CHad, Bangladesh, Efiopiya), har xil mintaqaviy ittifoqlar va baynalminal guruhlarga ajratiladi.Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlikning har xil jihatlari orqali tortiladi. Hozirgi xo‘jalik aloqalarining chuqurlashib borayotganligi, baynalminallashuvning kuchayishi hamda fan-texnika inqilobining keng qamrovli tavsifi, aloqa va kommunikatsiya vositalarining butunlay yangi roli sharoitida milliy iqtisodiyot o‘z-o‘zini ta’minlash orqali samarali amal qilishi mumkin emas.

Download 157,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish