Nineviya arxivi – Qadimgi Osuriya davlatining shaharlaridan biri bo’lib,
hozirgi Iroq davlatining Mosula shahrida joylashgan. Nineviya shahri er.avv. VIII-
VII asrlarda Osuriya poytaxtiga aylantirilgan. Nineviya shahrining shimoliy
qismida Ashurbanipal Sinaxereb saroyining janubiy-g’arbiy qismi joylashgan. Bu
yerdan Ashurbanipal arxivi va 20 mingta kitob ya’ni loy taxtali yozuvlar topilgan.
Nineveya janubiy qismida Imtor, Emishmish ibodatxonalari va Asarxaddan saroyi
joylashgan.
Kultepa – Old Osiyo hududlarida qadimgi davrga tegishli ko’pgina
tepaliklar bu nom bilan ataladi. Ushbu tepaliklarning ko’pi eneolit va bronza
davrlariga tegishli. Kavkaz orti xududlarida bir nechta tepaliklar aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |