IKKITA SAVOL
Darvozálar uning orqasidan yopiladimi?
Yoki rahm qilib uni yana qaytarib berishadimi?
Lizel kashf etganidek, yaxshi o‘g‘ri turli xil fazilatlarga muhtoj. Masalan, aniqlik, mustahkam asab va chaqqonlik.
Animo ulardan ham muhimrog‘i eng so‘nggisi, ya’ni ornad edi.
Umuman olganda, o‘n daqiqani o‘tib ketdi deb tasawur qilamiz.
Darvozalar allaqachon ochildi.
XVI BOB
OLOV ICHIDAGI KITOB
Kultepa parcha-parcha bo‘lib qulab tushdi, sigareta ham chekib tu- gallandi, Lizel va Hans Huberman uylariga qarab yo‘lga tushishdi. May- dondan chiqish uchun gulxan yoqilgan yemi aylanib o‘tishlari va kichik yon ko‘chadan o‘tib, Myunxen ko‘chasiga burilishlari lozim edi. Ammo ular manzillariga yetib borishmadi.
Volfgang Edel ismli keksa duradgor ulami yoniga chaqirdi. Gulxan yoqilgan kezda partiya boshliqlari turgan minbami aynan u o‘matgan, endi esa ulami buzish bilan band edi.
— Hans Huberman? — Edelning bakenbardi1 og‘zigacha yetgan, ovozi g‘amgin edi. —Hansi!
— Salom, Volfal, —javob berdi Hans. U Lizelni tanishtirib, unga: “Hayl Gitler!” — deyishni buyurdi. — Barakalla, Lizel.
Dastlabki daqiqalarda Lizel suhbatdan besh metr narida turdi. Suh- batning ba’zi qismlari qulog‘iga elas-elas chalinsa-da, nima haqida gap- lashayotganlariga e’tibor bermadi.
— Ishing ko‘payib ketdimi?
— Yo‘q, arzirli ishning o‘zi yo‘q. Ahvol qandayligini o‘zing yaxshi bilasan, ayniqsa, partiyaga a’zo bo‘lmaganlaming holiga hozir maymunlar yig‘layapti.
— Hansi, bir safar ko‘rishganimizda partiyaga qo‘shilayotganingni aytgan eding-ku.
— Ha, urinib ko‘ruvdim, lekin ariza berib xato qilganman, shekilli — ular hali ham ikkilanishayotganga o‘xshaydi.
* * *
Lizel zerikib kul tog‘ining atrofida yura boshladi. Kultepa xuddi
1 Bakenbard (gollandcha; bakkebaarden) — har ikkala quloqning old yonboshidan to iyagigacha bo'ladigan qismidagi tuklar.
ohanrabodek injiqlik bilan yerga qapishib turar, xuddi sariq yulduzlar ko‘chasi kabi maftunkor va jozibador edi. Sal oldin qanday yonishini ko‘rishga qattiq oshiqqan axlat uyumidan ko‘z uzolmay qoldi. Maydonda yolg‘iz o‘zi tomoshabin bo‘lgani uchun boshqalar bilan masofa saqlash- ning ham hojati yo‘q edi. Kultepa uni o‘ziga tortar, Lizel ham uning yonidan jilgisi kelmasdi.
Osmon-u falak o‘z odati bo‘yicha qora tusga kira boshlagan, animo tog‘ osha uzoq-uzoqlardan quyosh hamon nur cochib turardi.
— Pass auf, Kind1, —jigarrang kiyimdagi odam unga qarata xitob qildi. — Ehtiyot bo‘l, — u yana ogohlantirdi aravachaga bir belkurak kulni uloqtirar ekan.
Shahar hokimiyatiga yaqinroq chiroqdan pana joyda bir necha sharpalar suhbatlashib turishar, ehtimol, ular muvaffaqiyatli kechgan gul- xan yoqish tadbiridan zavqlanishardi. Lizel turgan yerga ulaming ovozlari shunchaki g‘o‘ng‘ ir-g‘o‘ng‘ir tovush bo‘lib yetib kelar, hech qanday so‘zni
anglab bo‘lmasdi.
Bir necha daqiqa Lizel erkaklaming to‘plangan kulni belkurak bilan
aravaga ortayotganini kuzatib turdi — tepadan ko‘proq kul tushishi uchun maxsus kiy i mli lar dastawal kultepaga yon tomonidan hujum qilishdi. Ular
kultepa va yuk mashinasi orasida uch marotaba qatnashgach, o‘rtadagi
uyum sathi pasayib, kul ostidan jonli narsaning bir parchasi ko‘rinish berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |