"A LUG'ATLARDA IZOHI YO‘Q SO‘Z
Tashlab ketmaslik: ko‘pincha bolalar yaxshi tushunadigan ishonch va muhabbatning ifodasidir.
Hans Huberman uyqusiragan ko‘zlarini ishqalab Lizelning karavotida o‘tirar, qiz esa uning yengiga yuzini burkab yig‘lar va xo‘rsinardi. Har kuni u tonggi ikkilarda otasining sigareta, teri va o‘n yillik bo‘yoqlar aralashmasidan iborat qadrdon hidini tuygancha uxlab qolardi. Lizel dastlab hamma hidni so‘rib olar, keyin yana nafasi bilan chiqarib yotardi. Ertasi kuni ertalab esa Hans undan bir necha qadam naridagi stulda uxlayotgan bo‘lardi. U hech qachon xonadagi ikkinchi karavotda yotmasdi. Lizel o‘midan turib, otasining yuzidan muloyimlik bilan o‘par, u uyg‘onib jilmayib qo‘yardi.
Ba’zi kechalar otasi undan karavotida yotib bir daqiqa kutib turishni iltimos qilar, biroz vaqt o‘ tib akkordeoni bilan qaytib kelar va unga musiqa chalib berardi. Lizel musiqani berilib tinglar va sekin xirgoyi qilar, oyog‘i- ning muzdek barmoqlari hayajondan bukilib ketardi. Ilgari unga hech kim
— 38
musiqa chalib bermagan edi. Oshxona tarafdan: “SHOVQINNI BAS QIL, CHO‘CHQA!” — degan haqorat yetib kelguncha u otasining yuziga tortil- gan chiziqlami, mayin boquvchi ko‘zlarini tomosha qilib jilmayib qo‘yar- di. Hans esa xotinining gapiga parvo qilmasdan yana biroz chalar va qizga ohista ko‘z qisib qo‘yardi. Lizel ham ayyorona tabassum bilan javob qaytarardi.
Bir necha marotaba Rozaning jig‘iga atay tegish uchun otasi akkor- deonni oshxonaga olib kelib, hamrna nonushta qilayotgan paytda chalib o‘ tirdi. Otasining oldidagi non va murabbo yarim yeyilgan holatda yotar, u chalayotgan musiqa Lizelning yuziga tikilib qolardi. Bilaman, bu g‘alati tuyuladi, lekin Lizel shunday tasawur qilardi-da. Otasining o‘ng qo'li tishning rangini oigan tugmachalar bo‘ylab silliq harakatlanar, chap qo'Ii esa tugmachalami ohista bosardi. Lizel uning kumushrang yaltiroq tug- machani — C majomi bosishini juda yaxshi ko‘rardi. Otasining mohir qo‘llari chang bosgan bosqonlami siqib, ichiga havo to‘ldirar va qo‘yib yuborar, bu paytda akkordeonning biroz timalgan, lekin, baribir, o‘z jilo- sini yo‘qotmagan qora qoplamalari oldinga va orqaga borib kelardi. Osh- xonada oígan o‘sha farahbaxsh tonglarda otasi akkordeonga qaytadan hayot ato etardi. Agar teran o‘ylab ko‘rsangiz, bu so‘zlar mantiqan to‘g‘ri- ligini tushunasiz deb o‘ylayman.
Ko‘z oldimizdagi u yoki bu buyumning tirikligini qanday aniq- lashimiz mumkin? Albatta, birinchi o‘rinda nafas olishini tekshirib ko‘ra- miz. Aslini olganda, akkordeondan taralayotgan musiqa halovatni, himo- yani va yorug‘likni kuylardi. Kunduzi Lizel marhum ukasi haqida dah- shatli tushlarni ko‘rmasa-da, uni bot-bot eslab chog‘roqqina yuvinish xonasida hammadan yashirinib yum-yum yig‘lab olardi. Lekin uyg‘oq- ligidan o‘zida yo‘q xursand bo‘lardi. Hubemianlar uyida o‘tgan ilk kecha- sida ukasi bilan bog‘liq so‘nggi xotirasi bo‘lgan “Go‘rkovlar uchun qo‘l- lanma” kitobini choyshabi tagiga yashirib qo‘ygan edi, ba’zan o‘sha kitob- ni qayta qo‘liga olib uzoq ushlab o‘tirardi. U muqovadagi harflarga tikilar, sahifalardagi matnlarga barmoqlarini teggizib, ajib harflar nimani anglati- shini tushuna olmay boshi qotardi. Aslida, unga kitobning nima haqida 39
ekanligi unchalik ahamiyatga ega emas edi. Muhimi, u ba’zi xotiralarining yagona guvohi edi.
tb
Q KITOBNING AHAMIYATI
O'sha kuni ukasini so'nggi marotaba ko'rgandi.
O'sha kuni onasini so'nggi marotaba ko'rgandi.
Ba’zan Lizel “ona” so‘zini pichirlab aytar va bir kunda yuz martalab o‘z onasining yuzini eslardi. Ammo bu tushlaridagi dahshat bilan solish- tirganda anchayin mayda qayg‘ular edi. U chuqur uyqu og‘ushida bo‘l- ganida o‘zini har qachongidan ham ko‘proq yolg‘iz his qilardi. Allaqachon uyda boshqa yosh bolalar yo‘qligini payqagan bo‘lsangiz kerak. Huber- manlaming ikki nafar farzandi bo‘lsa ham ular allaqachon ulg‘ayib, alohi- da uy-joy qilib ketishgandi. Kichik Hans Myunxen markazida yashar, Trudi esa uy bekasi va enaga bo‘lib ishlardi. Ulaming ikkalasi ham tez orada urushga tortiladi. Bittasi o‘q yasaydi, ikkinchisi esa o‘q uzadi.
Taxmin qilganingizdek, Lizelning maktabdagi dastlabki kunlari ham awal boshdanoq tamomila muvaffaqiyatsizlikka uchradi. U borgan maktab davlatga qarashli bo‘lsa-da, u yerda katoliklaming1 ta’siri kuchli edi, Lizel esa lyuteranlik1 2 ta’limotiga e’tiqod qilardi. Shu sababli uni iliq kutib olishmadi. Keyin esa uning na o‘qish va na yozishni biladigan savod- siz qiz ekanligi ma’lum bo‘ldi. Oqibatda uni hammaning oldida oshkora kamsitilib, endi alifboni o‘rganishni boshlagan yosh bolalardan iborat sinf- ga o‘tkazildi. Lizel ozg‘in va rangpar qiz bo‘lsa ham bir to‘da mitti bola-
1 Katolitsizm (yunoncha: katholikos — umumjahon. umumiy) — xristian dinining asosiy oqim (mazhab)laridan biri (Rim papasi boshqaradi). Katolik— katolitsizm mazhabidagi nasroniy.
2 Lyuteranlik — protcstantizmning yirik yo'nalishlaridan biri. Asoschisi Martin Lyutcr (1483-1546). Lyuteranlik tarafdorlari katolik ruhoniylari va cherkovning xudo bilan dindorlar o‘rtasidagi vositachilik rolini tan olmaydi. Xristianlik marosimlaridan faqat ikkitasi — cho‘qintirish va prichashcheniye (e’tiqod qiluvchilaming go‘yo Isoning haqiqiy tanasi va qoniga qo‘shilish uchun non va vino iste’mol qilib o’tkaziladigan marosimi)ni e’tirof qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |