TUSHLARNING AYIRBOSHLANISHI
Qiz: Menga ayt-chi, tushingda odatda nimalami ko‘rasan?
Yahudiy: Ortimga burilib, xayrlashayotganimni
ko‘raman.
Qiz: Men ham yomon tushlar ko‘rib chiqaman.
Yahudiy: Sen nima ko‘rasan?
Qiz: Poyezdni va marhum ukamni.
Yahudiy: Ukangni?
Qiz: Bu yerga kelayotganimizda y oída ukam vafot etgandi.
Qiz va yahudiy birgalikda: Ha.
Ushbu kichik kashfiyotdan keyin: “Lizel ham, Maks ham o‘zlarning dahshatli ko‘rinishlaridan aziyat chekmay qo'yishdi”, — desak, hamma-
ning ko‘ngli taskin topgan bo‘lardi. Lekin bunday deyish haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Qo'rqinchli tushlar xuddi raqib jamoadagi eng yaxshi o‘yinchi singan ilgarigidek ulami ta’qib qilishda davom etar, garchi uning mayib- majruh bo‘lib qolgani haqida mish-mishlar paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, u
boshqa safdoshlaridek maydonga kirishga tayyor edi. Qo‘rqinchli tushlami jadval asosida tunda harakatlanib kelayotgan poyezdga ham o‘xshatsa bo‘ladi. U izida qolayotgan xotiralami arqon bilan sudrab, sakrab kela- veradi.
Faqat bitta narsa o‘zgargan edi — Lizel otasiga allaqachon o‘zining katta qiz bo‘lganligini va qo‘rqinchli tushlari bilan o‘zi kurasha olishini aytdi. Bir-ikki soniya davomida bu gap Hansning ko‘nglini og‘ritganday tuyuldi, lekin u o‘z odatiga muvofíq tarzda darhol kerakli so‘zlami tanlab nishonga urdi.
— Xudoga ming qatla shukur, — Hans biroz tiijaygan bo‘ldi. — Hech bo‘lmaganda, endi odamdek o‘z o‘mimda uxlashim mumkin bo‘lar- kan. Anavi kursida o‘tiraverish ham jonimga teggan edi o‘zi, — u qizini yelkasidan qo‘lini o‘tkazib olgach, birgalashib oshxona tomonga ketishdi.
—
Vaqt o‘tishi bilan ikki xil — bin “Himmel” ko‘chasidagi 33-sonli uy devorlar ichidagi, ikkinchisi esa undan tashqarida aylanayotgan — olam o‘rtasidagi tafovut tobora kengayib, bir-biridan ajralib keta boshlashdi. Ulami iloji boricha yaqinlashtirmaslik lozim edi.
Lizel tashqi dunyoning yangi afzalliklarini topishni o‘rganardi. Bir kuni kechqurun u bo‘m-bo‘sh kir solinadigan sumkasini ko‘tarib uyiga qaytayotganda, axlat idishdan bir uchi chiqib turgan gazetani ko‘rib qoldi. Lizel “Molking ekspress” haftalik gazetasini qo‘liga olib, Maksga berish uchun uyiga olib keldi.
— Ichidagi boshqotirmalami yechib vaqt o‘tkazish senga yoqar degan umidda olib kelgandim, — dedi qiz.
Maks uning sovg‘asidan mamnun bo‘ldi va gazetani olib kelib yax- shi qilganligini isbotlash uchun uni boshidan oxirigacha o‘qib chiqdi va bir necha soatdan keyin Lizelga bitta so‘zdan tashqari to‘liq hammasi yechil- gan boshqotirmani ko‘rsatdi.
— Bo‘yiga turgan o‘n yettinchi raqamli jumboqni topa olmadim, — dedi u.
1941-yil fevral oyida, o‘n ikkinchi tug‘ilgan kunida Lizel yana bir eski kitobni sovg‘a sifatida minnatdorchilik bilan qabul qilib oldi. Kitob “Loydan yasalgan odamlar” deb nomlangan bo‘lib, u juda g‘alati ota va o‘g‘il haqida edi. Lizel o‘gay ota-onasini quchoqladi, Maks esa uyalib bir burchakda turdi.
— Alles Gute zum Geburtstag1, — u zaif jilmayib qo‘ydi, qo‘llari cho‘ntagida edi. — Bugun ekanligini bilmagandim, aks holda men ham biron nima bergan bo‘lardim, — Maks ochiqdan ochiq yolg'on gapira- yotgandi, chunki uning “Mayn Kampf’dan tashqari sovg‘a sifatida berish- ga arzigulik hech vaqosi yo‘q edi. Ustiga-ustak u hech qachon yosh nemis qiziga bunday narsani bermaydi. Bu xuddi qassobga pichoq uzatayotgan qo‘zichoqning holatiga o‘xshab qoladi.
Oraga noqulay jimlik cho‘kdi.
1 Alles Gute zum Geburtstag (nemischa) — tug‘ilgan kuning bilan tabriklayman.
Lizel ota-onasini hamon quchog‘idan bo‘shatmagan bir mahalda Maks juda yolg‘iz ko‘rinardi. Lizel bir yutinib qo‘ygach, Maksning oldiga bordi va uni birinchi marta quchoqladi.
— Rahmat, Maks.
Awaliga Maks haykaldek qotib turdi, lekin Lizel uni qo‘yib yubora- vermagach, asta-sekin qo‘llarini ko‘tarib, qizning yelkalariga muloyimlik bilan kaftlarini qo‘ydi.
Maks Vandenburgning yuzi o‘sha lahzalarda qanday nochor tusga kirganini va o‘ziga biron bir narsa bilan minnatdorchilik bildirishga qaror qilganini Lizel keyinroq bilib oldi. Maks nima sovg‘a berishi mumkinligi haqida o‘ylab, o‘sha oqshom mijja qoqmay chiqqanini men ko‘rib turgan- dim.
Xullas, qog‘ozga o‘rog‘liq sovg‘a taxminan bir hafta o‘tgach tayyor bo‘ldi.
Maks uni erta tongda, beton zinapoyalardan o‘zining qadrdon uyiga tushib ketmasidan oldin qizga olib kelib berdi.
XXXII BOB
YERTO‘LADA YOZILGAN SAHIFALAR
Bir hafta davomida Hans va Roza Lizelning har qanday yo‘l bilan yerto‘laga tushishiga yo‘l qo‘yishmadi. Maksga ovqatni Hans yoki Roza- ning o‘zi yetkazib berib turdi.
— Yo‘q, urg‘ochi cho‘chqa, — onasi har safar Lizel yerto‘laga tushmoqchi bo‘lganida uning xohishini rad etish uchun yangi bir bahonani o‘ylab topar edi. — Undan ko‘ra boshqa bir foydaliroq ish qilganing ma’qul emasmi? Anavi choyshablami dazmollasang-chi? Qachongacha ulami ko‘chada olib yurib og‘ir ishdan qutulib qolaverasan? Qani, bor, dazmol urishga harakat qil!
Do'stlaringiz bilan baham: |