209
* * *
Yerto4lada kechgan hayotining dastlabki kunlarida Lizel Maksdan o‘zini olib qochib yurdi. Uning mavjudligini, sochlarining shitirlashini, sovuq va silliq barmoqlarini rad etdi. Uning borligini tan olgisi kelmadi.
O4gay ota-onasining ham fikri-xayoli Maks bilan band bo‘lar, o‘zaro nimalamidir tortishishar va umumiy to‘xtamga kela olmay xunob bo‘lishardi. Maksni boshqa yerga ko‘chirish imkoniyatini muhokama qi- lishdi. Lekin qayerga ham ko‘chirishardi? Bunga javob ikkalasida ham yo4q edi.
Shunday vaziyatlarda ular sukutga cho4mib qolishardi. Maks Van- denburgning ulaming uyidan boshqa boradigan joyi yo‘q edi. Najot faqat Hans va Roza Hubermanlardan edi. Lizel ilgari o‘gay ota-onasining bir- birlariga bunchalik jiddiyat bilan tez-tez qarashlarini ko‘rmagan edi.
Ular yerto‘laga oziq-ovqat olib tushishdi, bo‘yoqdan bo‘shagan bir idishni Maksning chiqindilari uchun maxsus oldiga qo‘yishdi. Hans iloji boricha ehtiyotkorlik bilan axlatni yo‘q qilishi kerak edi. Roza Maksga yuvinib olish uchun bir-ikki chelak issiq suv ham olib keldi. Yahudiy juda irkit bo‘lib ketgandi.
Lizel har safar uydan chiqqanida eshik ochilib noyabr oyining bir tog‘ sovuq havosi kirib kelardi.
O‘qtin-o‘qtin yomg‘ir shivalab yog‘ar, o‘lik barglar bilan qoplana boshlagandi.
Oradan ko‘p o‘tmay yerto‘laga tashrif buyurish navbati kitob o‘g‘ri- siga keldi. Uni majbur qilishdi.
Lizel biror nima gapirib uni ogohlantirishga hojat yo‘qligini tushu- nib, zinapoyadan pastga tusha boshladi. Oyoqlarini qattiq-qattiq bosishi- ning o‘zi ham yigitni sergak torttirish uchun yetarli edi.
Lizel yerto‘laning o‘rtasida turib kuta boshladi — u xuddi bepoyon va qorong‘i dala o‘rtasida turganga o‘xshardi. Quyosh esa uyum-uyum qog‘ozlar ortiga botib borayotgan edi.
Maks tashqariga chiqqanida qo‘lida “Mayn Kampf’ni ushlab oigan
edi. Bu uyga yetib kelishi bilanoq kitobni Hansga qaytarib bermoqchi bo‘lgan, lekin Hans kitobni olmay o‘zida qolaverishini aytgandi.
Tabiiyki, Maksning tushligini ushlab turgan Lizel kitobdan ko‘zini uzolmay qoldi. U bu kitobni “Nemis qizlar ittifoqi” yig‘inlarida bir necha bor ko‘rgan, ammo uni hech kim o‘qib bermagan, mashg‘ulotlarda ham biron bir tarzda foydalanilmagandi. Ba’zan uning naqadar buyuk kitob ekanligini eslatib turishar, uni o‘qib-o‘rganish sharafiga “Gitleryugend” bo‘linmalarining yuqori bosqichlariga o‘tishganda sazovor bo‘lishlari ta’kidlanardi.
Maks ham qizning nigohi qaratilgan nuqtani topib, kitobga qaradi. — Bu...
Lizel pichirlagan kezda g‘alati ovozi og‘zida randalanib, tugilib qoldi.
Yahudiy boshini unga tomon xiyol egdi.
— Bitte, tushunmadim?
Lizel unga no‘xat sho‘rvani uzatib, duv qizargancha shosha-pisha zinalardan xatlab yuqoriga chiqa boshladi.
— Bu yaxshi kitobmi? — u aytmoqchi bo‘lgan gapini hammomda, kichkina oynaning oldida ancha mashq qildi. Uning ustiga o‘tirib qolgan siydik hidi hanuzgacha ketmagan edi — Maks u kelmasidan sal oldin bo‘yoq idishdan foydalanayotgan edi. “So ein G’schtankV.” — xayolidan o‘tkazdi Lizel.
Hech qachon birovning siydigi o‘z siydigingizdek “yoqimli hid” taratmaydi.
Kunlar shu zaylda oqsoqlanib o‘tardi.
Lizel har kuni uxlamasidan oldin oshxonada o‘gay ota-onasining bugun nima qilganlarini, hozir nima qilayotganlarini va bundan keyin nima bo‘lishi haqidagi muhokamalami eshitib yotardi. Shu bilan birga, Maksning azob chekkan, minnatdor chehrasi va botiq ko‘zlari Lizelning xayolidan nari ketmasdi. Faqat bir marta oshxonada ular ovozlarini ko‘tarishdi.
Otasi: “Bilaman!” — deb qo‘pol ohangda baqirib yubordi, lekin darhol bo‘g‘iq shivirlashga o‘tdi.
— Men u yerga haftasiga hech bo‘Imasa bir necha marta borib turishim kerak. Uzzukun bu yerda o‘tirolmayman-ku. Bizga yashash uchun pul kerak, agar chalishni to‘xtatsam, gap-so‘z bolalaydi. Nima uchun akkordeon chalishdan to‘xtaganimga qiziqib shubhalana boshlashadi. O‘t- gan hafta seni kasal bo‘lib qoldi, deb qutulgandim, ammo hozir hammasini odatdagidek davom ettirishimiz kerak. Tushunsang-chi, axir!
Eng katta muammo mana shu edi.
Hayot kundan kunga vahshiylashib borar, ular esa o‘zlarini hech narsa bo‘lmagandek tutishlari lozim edi.
Tarsaki tushgandan so‘ng tabassum qilish qanday qiyin bo‘lishini bir tasawur qiling. Endi kuniga yigirma to‘rt soat shu holatning takror- lanishi qanday bo‘lishini tasawur qiling. Yahudiyni yashirish shunday bo‘ladi.
Kunlar haftalarga aylana borishi bilan urush, va’dasining ustidan chiquvchi odam va akkordeon sababli tashvishga duchor bo‘lganlar vazi- yatga asta-sekin ko‘nika boshlashdi. Ustiga-ustak, Hubermanlar oilasi olti oydan ko‘proq vaqt ichida o‘g‘lidan ayrilib, uning o‘mini misli ko‘rilma- gan darajada xavfli boshqa odam bilan to'ldirishgandi.
Lizelni hammasidan ham ko‘ra onasidagi o‘zgarishlar eng ko‘p hayratda qoldirdi. Uning ovqatni taqsimlash uslubidan yoki “taniqli” tilini qanday tirishqoqlik bilan jilovlaganidan va hatto karton qutiga o‘xshash yuzidagi muloyim ifodadan ham nimadir bo‘lganligini payqash qiyin emas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |