Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet176/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

UCHTA EHTIMOL

1. Aleks Shtayner Hans Huberman kabi

kaltaklanmagan bo'lardi.

2. Rudi o'sha maktabga jo'nardi.

3. Balki, u tirik qolgan ham bo'lardi.
...... J


Animo shafqatsiz taqdir Rudi Shtayneming kerakli vaqtda oshxo- naga kirishiga to‘sqinlik qildi.
U singillari va dominolar yoniga qaytib polga o‘tirib oldi.
Rudi Shtayner hech qayerga bormaydigan bo‘ldi.


LVIIIBOB
BEGONA RUDI HAQIDAGI O‘YLAR
Burchakda turgan ayolnikidek qalin soch o‘rimlarini Rudi umrida ko‘rmagandi. O‘rim ayolning orqasida osilib turar, ba’zan uni yelkasidan oshirib oldiga tashlaganida, soch o‘rimi xuddi ko‘p ovqat berib boqilgan bahaybat hayvondek ayolning ko‘kragi ustiga yastanib olardi. Umuman olganda, uning hamma a’zosi: dudoqlari, oyoqlari, tosh yig‘ilib qolgan tishlari va hatto ovozi ham yirik edi.
U vaqtni behuda yo'qotmasdan ishga kirishdi:
— Komm, bu yerda turinglar, — qat’iy ovozda buyurdi u bolalarga.
Shifokor esa, aksincha, batamom kallik arafasida turgan kalamushga o‘xshar, o‘zining bezovta, lekin ishchan harakatlari, miqti va chaqqon gav- dasi bilan torgina maktab xonasida u yoqdan-bu yoqqa borib kelardi. U shamollab qolgan edi.
Kiyimlami yechish buyrug‘i yangragan kezda uch nafar boladan qaysi birining buni bajarishni ko‘proq istamasligini aniqlash mushkul edi.




Birinchi turgan bola keksa o‘qituvchidan tortib to basavlat hamshira va miqti shifokorgacha — barchaning yuziga bir-bir qarab chiqdi. O‘rtada turgan bola faqat o‘zining oyoqlariga tikildi, chap tomondagi uchinchi bola esa qorong‘i o‘rmonda emas, direktoming xonasida bo‘lganligi uchun Xudoga minnatdorchilik bildirish bilan ovora edi. Rudi bu yerda turgan- laming eng qo‘rqinchlisi odam hamshira ekanligini payqadi.
— Xo‘sh, kim boshlab beradi? — so‘radi ayol.
Bolalaming o‘miga ulaming o‘qishini nazorat qiluvchi Herr Hekenshtaller javob berdi. Uning tanasi qo‘l-oyoqlardan emas, balki qora kostyum-shimdan, yuzi esa faqat mo‘ylovdan ibora edi. Uchala bolani ham ko‘zdan kechirgach, ulardan bittasini tanladi.
— Shvars.
Sho‘rlik Yurgen Shvars xijolatdan yerga kirib ketgudek bo‘lib, tug- machalarini yechishga kirishdi. Bir necha soniyadan so‘ng uning egnida ich kiyimi va oyog‘ida poyabzali qoldi. Nemis bolaning yuzida iltijo aks etdi.
— Qani, poyabzalingni ham yecha qol! — dedi Herr Hekenshtaller. Bola poyabzali va paypoqlarini yechib tashladi.
— Und die Unterhosen, — buyurdi hamshira. — trusikingni ham.
Rudi va uchinchi bola Olaf Shpigel ham allaqachon ust-boshlarini yecha boshlashgan, ammo ular hali Yurgen Shvarsning ahvolidan yiroq edilar. Yonidagi bolalardan bir yoshga kichik bo‘lsa ham, bo‘yi baland Yurgen dag‘-dag‘ qaltirardi. Ich kiyimi pastga tushgach, u tor, sovuq idora­da yalang‘och turib o‘zini allaqachon batamom xo‘rlangandek, qadr-qim- mati toptalib to‘pig‘iga tushgandek his etdi.
Hamshira qo‘llarini erkaklami adoyi tamom qiluvchi ko‘kraklari osha chirmab, Shvarsni diqqat bilan tekshirib chiqdi. Hekenshtaller narigi ikkalasiga ham tez-tez qimirlashni buyurdi. Shifokor kal boshini qashib, yo‘taldi. Tumov uni ancha qiynab qo‘yayotgan edi.
Muzdek pol ustida avratlarini kaftlari bilan bekitgancha titrayotgan qip-yalang‘och bolalar sinchiklab tekshiruvdan o‘tkazildi.
Shifokor ham goh yo‘talib, goh xirillab ulami o‘z sinovidan o‘tkaz-





di.


— Nafas ol, — deya buyurdi shifokor va o‘zi bumini “sho‘lq” etib tortdi.
— Nafas chiqar!
Yana bir marta burun tortish.
— Qo‘llaringni oldinga cho‘z, — yo‘tal aralash buyruq berildi. — Qo‘llar oldinga dedim!
Yo‘tal yoqimsiz do‘lga aylandi.
Inson zotiga xos ravishda bolalar hamdardlik ilinjida bir-birlariga tez qarab qo‘yishdi. Hamdard bo‘lguvchi odam topilmagach, nihoyat uchalasi ham qo‘llarini oldinga cho‘zishdi.
— Biz yangi va buyuk kelajak yaratishda asta-sekin muvaffaqiyat qozonib bormoqdamiz, — deya tushuntirdi hamshira o‘qituvchiga. — Ham jismonan, ham ruhan sog‘lom odamlardan iborat nemislaming yangi zobitlar sinfini yaratmoqdamiz.
Afsuski, uning va’zlari shifokoming ikki bukilib, yechib tashlangan kiyim ustida bor kuchi bilan yo‘talishi sababli o‘rtasidan bo‘linib ketdi. Uning ko‘zlaridan yosh oqib ketganini ko‘rgan Rudi taajjubga tushmasdan qolmadi.
— Yangi kelajak deyaptimi? Bu qanday kelajak bo‘ldi? Mana shu odamga o‘xshaganmi?
U albatta bu gaplami tiliga chiqarmadi.
Tekshiruv tugagach, Rudi hayotida birinchi marotaba “Hayl Gitler”ni yalang‘och holda bajarishiga to‘g‘ri keldi. G‘alati mamnuniyat ta’sirida buning unchalik yomon emasligini ichida tan oldi.
Qadr-qimmati yer bilan bitta bo‘lgan bolalarga kiyinish uchun rux- sat berildi. Ish bitgach, xonadan yo‘lakka chiqarib qo‘yilgan bolalar o‘zlari ustida ketayotgan muhokamani eshitib turishardi.
— Bulaming yoshi odatdagidan biroz kattaroq ekan, — dedi shifo­kor, — lekin menimcha, ikkitasini olsak bo‘ladi.
— Birinchisi hamda uchinchisi, — uning fikrini ma’qulladi ham­


shira.


Eshik ortida uchta bola turishardi, uiardan qaysinisi birinchi va qaysinisi uchinchisi?


— Birinchisi sen eding, Shvars, — dedi Rudi va Olaf Shpigeldan “uchinchi” kim bo‘lishi mumkinligini so‘radi.
Shpigel bir necha soniya xayolida nimanidir hisoblay boshladi. Hainshira ketma-ket turishgan paytdagi uchinchi bolani nazarda tutdimi yoki uchinchi bo‘lib tekshiruvdan o‘tkazilgan bolanimi? Bunisi muhim emas.
U ich-ichidan uchinchi bola sifatida kimga ishora qilinganligini bilib turardi.
— Menimcha, o‘sha uchinchi o‘zingsan, Rudi.
— Bekorlami beshtasini aytibsan, Shpigel. Uchinchi sensan.
z 0
Q KICHIK BIR E’TIROF

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish