Jahon adabiyoti tarixi



Download 2,24 Mb.
bet86/183
Sana18.11.2022
Hajmi2,24 Mb.
#867841
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   183
Bog'liq
18d76776e8130c5b7d20240f50eb312d JAHON ADABIYOTI TARIXI

Bualo (1636-1711). Klassitsizmning yirik nazariyachisi shoir Nikolya Bualo Parijda tug‘ilgan. 1673 yilda Lyudovik XIV Bualoni saroy tarixchisi qilib tayinlaydi. 1684 yilda u fransuz akademiyasiga a'zo bo‘lib saylanadi.
Bualoning muhim asari «Poeziya san'ati» nomli didak­tik poemasidir, shoir bu asarida klassitsizm adabiy uslubining qoidalarini asoslab berdi. Bualo Dekartning falsafiy metodini badiiy adabiyotga tatbiq qildi. Klassitsistlar estetikasi uchun xarakterli narsa aql-idrokka tayanishdir. Bualoning fikricha, aql-idrok san'atning oliy maqsadi bo‘lgan go‘zallikni yaratadi. Aql-idrok vositasi bilan Bua­lo antik jamiyatda yaratilgan, go‘yo hamma davr uchun bir hil qimmatga ega bo‘lgan, lekin o‘rta asrlarda yo‘kolib ketgan va endi faqat yuqori guruhlarga ma'lum bo‘lgan oliy badiiy didni tushunadi. Uning shahar va saroyni o‘rganingiz, degan shiori shundan kelib chiqadi. Bualo saroy doirasidagi kishilar talabiga javob beradigan asar yozishga chaqiradi. U mutloq hokimiyat g‘oyalarining kuychisi edi. Shuning uchun ham hamma «tuban», «qo‘pol» narsalarni rad etgan Bualo xalq va uning oddiy turmushini aks ettirgan Molyerni yoqlamaydi.
Klassitsizm adabiyotining yirik vakili dramaturg Per Kornel (1606-1684 Ruan shahrida sud chinovnigi oilasida tug‘ildi. Iuzit maktabida o‘qidi. Huquqshunoslikni o‘rganib, advokat bo‘lib ishladi.
Ma'lum bo‘lishicha, bir kuni Kornelning do‘sti uni o‘z sevgan qizi bilan tanishtiradi. Qiz esa Kornelpni yoqtirib qoladi. Ana shu voqeaning kulgili tomoni uni komediya yozishga undaydi. Shunday qilib, «Melita» komediyasi yaratildi. Shundan so‘ng «Beva»,»Qirollik», «Maydoni» , «Sud galereyasi» komediyalari yaratiladi. Ammo Kornelga uning Tragediyalari shuxrat keltiradi. 1635 yilda «Medeya» tragediyasi Antik yozuvchilar yevripid va Senekaning Mediya haqidagi asarlari syujetidan olinadi. Ammo, voqea asosida mifologik tarix yotsa ham, Kornel o‘z zamonasi aristokratiyasini yaramasiliklarini fosh etadi.
Kornel 1636 yilda fransuzlar faxriga aylangan «Sid» tragediyasini yaratdi va Fransuz Akademiyasi tragediyani sinchiklab o‘rganib chiqadi. 1639-1641 yilda u «Goratsiy» «Sinna» asarlarini yozdi. 1652 yilda ijodiy omodsizlikka uchragandan so‘ng «Pertarit» tragediyasi muvaffaqiyatsizlikka yuz tutib Kornel 7 yil ijod qilmadi. 1659 yilda «Edip» tragediyasini yozdi. 1662 yilda Parijga ko‘chib kelib yozishni davom etadi, Ammo uning shuhrati so‘na boshlayotgan edi. Bu davrda yangi iste'dod – Rasin shon-shuhratga ega bo‘layotgan edi.
Kornel 1674 yilda umuman yozishni bas qiladi va 10 yildan so‘ng 1684 yilda vafot etdi. Bir kuni Kornel bir necha yil bo‘lmagan teatrga keladi. Uni tanib aktyorlar o‘yinni to‘xtatishadi. Zalda to‘xtovsiz qarsaklar yangraydi. Ammo shon-shuhrat Kornelga moddiy manfaatdorlik keltirmaydi. U umrining oxirida moddiy qiyinchilikda hayot kechiradi.
Kornel tragediyalarning asosiy personajlari qirollar yoki buyuk qahramonlardir. Uning fikricha, hokimyatga ega bo‘lgan buyuk, kuchli va erkin shaxslar o‘z his-tuyg‘ularini namoyon etishda ham mustaqil harakat qilib, insoniy jihatlarni o‘zlarida to‘liq mujassamlashtira oladi. Kornel nuqtai nazari bo‘yicha asosiy dramatik konflikt aql va tuyg‘u, iroda va hoxish,burch va ehtiros o‘rtasida bo‘lib bunda aql, iroda va burch g‘olib bo‘ladi. Dramaturgning tarixiy tragediyalari ham XVII asr Fransiya mutloq hokimiyati manfaatlariga hizmat qiladi.

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish