Jahon adabiyoti tarixi


Alkey (m.av. 630-640 yy. tug‘)



Download 2,24 Mb.
bet44/183
Sana18.11.2022
Hajmi2,24 Mb.
#867841
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   183
Bog'liq
18d76776e8130c5b7d20240f50eb312d JAHON ADABIYOTI TARIXI

Alkey (m.av. 630-640 yy. tug‘) Lesbos orolining poytaxti Mitilena shahrida badavlat oilada tug‘ilgan. Shoir, taxminan miloddan oldingi VII – VI asrlar o‘rtasida ijod qilgan. Bu davrlarda zodagonlar bilan quyi tabaqa o‘rtalaridagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar juda keskinlashib ketgan edi. Uning ijodida siyosiy kurashlar, fuqarolar urushi, muhojirlar hayotini aks ettirish asosiy o‘rinni egallagan bo‘lsada, muhabbat mavzularida ham juda ko‘p jo‘shqin misralar yaratgan. Lesboslik shoira binafsha soch, nozik tabassumli, Sapfo sharafiga ham she'rlar bitgan.
Binafsha soch ey Sapfo,
Hushtabassum, musaffo.
Senga bir so‘z aytgim bor,
Ammo yo‘l qo‘ymaydi or.
(Erkin Vohidov tarjimasi)
Alkey o‘z she'rlarida Lesbos taxtiga o‘tirgan Pittakni tanqidga olganligi sababli uzoq o‘lkalarda quvg‘inda yashashga majbur bo‘lgan. Yakkaxon lirikaning vazni rang-barang, baytlari esa g‘oyatda nafis bo‘lgan. Shoir ixtiro qilgan turli-tuman vaznlar bilan monodik lirikani mislsiz yuksak san'atkorlik cho‘qqisiga ko‘tardi. Alkeydan keyin jahon she'riyatida abadiy o‘rnashib qolgan bir vazn hamon ulug‘ shoirning nomi bilan ataladi. Alkey o‘z she'rlarida ertangi kuniga katta umidlar bog‘lamaydi. O‘zi yashayotgan polisni to‘lqinlar taloto‘pi ichra dengizda suzayotgan kemaga qiyoslaydi. Shoir Siyosiy mazmundagi she'rlardan tashqari, quvonch va qayg‘u, muhabbat izxori, qaxraton qish va jazirama yoz mavzularida, dasturxon atrofidagi gurung qo‘shiqlarini ham yaratgan. Bu qo‘shiqlar ijodkorning ulfatlari oldida o‘z tuyg‘u hamda fikrlarini bayon etish vositasi bo‘lgan. Ularning aksariyati qayg‘u va alamlarni unutish uchun mayxo‘rlik qilishga undov bilan tugallanadi. Alkey o‘z qo‘shiqlarida “may bor joyda haqiqat bor”, “may-insonlar ko‘zgusi” degan iboralarni qo‘llagan.
Qadimgi Yunonistonda Alkey she'rlarining g‘oyat keng tarqalganligi to‘g‘risida ma'lumotlar bor. Shoirning asarlari Aleksandriya olimlari tomonidan mazmuniga qarab, o‘n jildga ajratilgan.
Manbalardan ma'lum bo‘lishicha, Alkeyning she'rlari o‘zining muxtasarligi, tilining ravonligi, misralarning nafis va ohangdorligi hamda o‘lchovlarning rango-rangligi bilan antik dunyo kishilarini o‘ziga maftun etgan va keyingi davrlar adabiyotiga kuchli ta'sir ko‘rsatgan.

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish