B.Shou ijtimoiy dramalari. Bernard Shou (1856-1950) Angliya ijtimoiy dramasining otasidir. U Angliya dramaturgiyasi an'analarini, Ibsen va Chexov teatri tajribalarini davom ettirgan holda XX asr dramaturgiyasida yangi sahifani ochib berdi.
B. Shou Irlandiya poytaxti Dublinda kichik xizmatchi oilasida dunyoga keldi. 1876 yildan Londonga keldi. Hayot Shou uchun maktab vazifasini o‘tadi. U tinmay mutolaa qilish bilan o‘z bilimini kengaytirdi va 70-yillarning oxiri hamda 80-yillarda bir nechta romanlarni yozdi. Ijtimoiy mavzudagi ushbu asarlar badiiy jihatdan nomukamalligi vajidan shuhrat kozonmadi («Nomatlub nikoh», «Artistlar muhabbati», «Keshel Bayronning kasbi» va boshqalar)
Shouga dramatik asarlari katta shuhrat keltirdi. U Ibsei dramaturgiyasining asosiy mohiyatini targ‘ib qildi. Shouning Ibsen ijodi buyicha o‘qigan ma'ruzalari asosida «Ibsenizmning kvint-essensiyasi» (1891) asari dunyoga keldi. Ushbu kitob Shou ijodining dasturiga aylandi. «Ibsenizmning kvint-essensiyasi har qanday formuladan voz kechishdir», deydi dramaturg. Ibsen faqat biznigina ko‘rsatib qolmaydi, u bizni, o‘zimizning holatlarimizda namoyon etadi. Uning sahna qahramonlaridagi holat bizda ham ro‘y beradi. Buning natijasida, Shou pyesalari Shekspir asarlaridan ko‘ra ko‘prok ta'sir ko‘rsatadi.
Shouning ingliz teatriga kiritgan novatorligi uning yangi tipdagi pyesa-intellektual drama yaratishi bilan harakterlanadi. Bu tipdagi dramada intriga va jiddiy syujet emas, balki keskin munozara asosiy rol o‘ynaydi.
Shouning dramatik faoliyati 1891 yilda Lopdonda rejissyor Tomas Greyn tomonidan tomoshabinlarni zamonaviy dramaturgiya bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan «Mustaqil teatr» bilan bog‘liq. Ushbu teatrda Ibsen, Chexov, Gorkiy singari dramaturglarning mashhur asarlari sahnalashtirildi. B.Shou yaratgan dastlabki pyesalar «Yoqimsiz pyesalar» nomi bilan ataluvchi turkumni tashkil etadi. Bunga «Bevaning hujralari» (1892), «Sansolarlik» (1893), «Uorren xonimning kasbi»(1893-94) pyesalari kiradi. Ularda katta boylikka ega, tinch hayot kechiruvchi, sirtdan ancha insofli va salobatli ko‘rinsa ham, aslida boylik to‘plashga hirs qo‘ygan, insoniy his-tuyg‘ulardan mahrum kishilarning tipik obrazlari namoyon buladi.
«Uorren xonimning kasbi» pyesasida kambag‘al kishilarning fojiali hayotini ai'anaviy boylikka hirs qo‘ygan mulkdorlarning ishlarida ochiq ko‘rsatiladi. Uorren sobiq fohisha bo‘lib, ushbu «kasb» orqali anchagina boyigan ayol. U yevropaning katta shaharlari - Berlin, Bryussel, Budapeshtda xotin-qizlar saqlanadigai bir qancha maxsus uylarni boshqaradi. Uorren xonim o‘z opalarining qismatini o‘ziga ravo ko‘rmaydi. Opalarining biri 12 soatlab ishlab, oxir-oqibat, salomatligi yomonlashib hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, ikkinchisi ham kichik chinovnikka turmushga chiqqanligiga qaramay, muhtojlikda yashab vafot etgan edi.
«Yoqimsiz pyesalar” da Shouning sahna asarini o‘qishga mo‘ljallangan pyesaga aylantirish tendensiyasi ko‘zga tashlana boshlaydi. Asarga nafaqat holatni ko‘rsatuvchi, balki qahramonlarga xarakteristika beruvchi katta-katta remarkalar kiritiladi. Shou pyesalarining ikkinchi turkumi «Yoqimtoy pyesalar» bo‘lib, unga «Qurol va inson» (1894), «Kandida» (1895), «Taqdir bandasi» ( 1898) komediyalari kiradi. Bu asarlarda satirik tasvir uslubi o‘zgaradi. «Yokimsiz pyesalar»da muallif ijtimoiy tuzumning jirkanch tomonlarini ochiq-oydin tasvirlagan va birinchi navbatda ijtimoiy muammolarga murojaat etgan bo‘lsa, «Yoqimtoy pyesalar»da asosiy e'tiborni ahloqiy masalalarga qaratadi.
«Qurol va inson» pyesasida urush haqidagi sohta qarashlar, romantik xayollar, shovinistlarning targ‘ibotlari ta'sirida inglizlarda tug‘ilgan urushqoqlik kayfiyatlari tanqid qilinadi.
1897-1899 yillarda 3 ta pyesadan iborat «Puritanbop pyesalar» yaratildi.
1914-1918-yillari Shou ijodida qarama-qarshiliklar, izlanishlar davri bo‘ldi. Bu yillarda u Fabian ta'limoti, idealistik falsafasining «hayotiy qudrat» konsepsiyasi tarafdori bo‘ldi. («Inson va komil inson» pyesasi, 1903) 1912-yilda yaratilgan «Pigmalion» komediyasida B.Shou demokratii qarashlari o‘z ifodasini topdi.
Birinchi jahon urushi davrida yaratilgan eng yetuk asar «Yuraklarni tilka-pora etguvchi xonadon» pyesasi bulib, u 1919-yilda nashr etildi. Asarda urush arafasidagi Angliya hayotining keng manzarasi aks ettirildi. Ijtimoiy tanqid pyesada Angliya ziyolilari vakillari bo‘lgan kahramonlar ruhiy olamini chuqur tahlil qilish bilan uyg‘unlashib ketgan. Sobiq, dengizchi Shotoverning kema shaklida qurilgan uyi. Angliya jamiyatining ramzi sifatida tasvirlangan bo‘lib, bu uy, bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarni kutayotgan yo‘lovchilarni yodga soladi.
Pyesada anik, syujet chizig‘i ko‘zga tashlanmaydi. Muallifni asosan kahramonlarning kayfiyati, atrof-olamni qanday qabul qilishlari qiziqtiradi. Ularda aniq bir maqsad, harakat va, eng asosiysi, idealning o‘zi yo‘q. Shuning uchun asar finali ham ramziy harakterga ega: urush boshlandi, dushman samolyotlari bomba tashlamokda, kapitan Shotover xonadonining a'zolari uchuvchilarni jalb qilish maksadida barcha xonalardagi chiroqlarni yoqib qo‘yishadi. Ellining «Bu uyga o‘t quying!» -degan xitobi qalblari majruh kishilar bilan to‘la xonadonlarda istiqomat qiluvchi barcha insonlarga tegishlidir.
20-30-yillarda yaratilgan asarlar orasida “Avliyo Janna” (1923), “Olma ortilgan arava” (1929), “Achchiq, lekin haqiqat” (1932) pyesalari alohida o‘rin tutadi. B. Shou mumtoz teatr an'analarini boyitgan novator sifatida adabiyot tarixidan joy oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |