2. Jahon adabiyotining tarixiy taraqqiyoti eng avvalo quyidagi katta davrlardan iborat:
1. Antik adabiyot. Bu davr adabiyoti eramizdan avvalgi yillardan to yangi eraning boshlarigacha bo’lgan badiiy asarlarni o’z ichiga oladi. Masalan, qadimgi yunon adabiyoti.
2. Yangi davr adabiyoti. Bu davr adabiyoti esa eramizning birinchi asridan boshlab to XIII-XV asrlargacha bo’lgan adabiy hayotni qamrab oladi.
3. O’rta asrlar adabiyoti. Bu davr adabiyoti XVII asrdan XIX asrning oxirigacha bo’lgan davrda yaratilgan jahon adabiyoti namunalarini o’z ichiga oladi.
4. Zamonaviy davr adabiyoti. Bu adabiyot XX asr boshlaridan to shu kungacha bo’lgan jahon xalqlari adabiyotining eng yaxshi namunalarini o’zida jamlagan.
Ushbu katta davrlar ham o’z navbatida yana yangi bosqichlardan iborat bo’lib, unda ikki xil manzarani ko’ramiz: umumjahon adabiyotiga xos taraqqiyot bosqichlari, alohida olingan millat adabiyotining taraqqiyot bosqichlari.
4. Antik davr adabiyotining hududi eramizdan avvalgi ming yilliklardan boshlanib to era boshiga qadar davom etgan. Antik davr adabiyotining yuksak taraqqiyoti qadim yunon adabiyoti va san’ati bilan bog’liq. Chunki davlatning qaror topishi, turli urushlar tufayli uning kengayib va boyib borishi yunon ijtimoiy ongiga kuchli ta’sir qildi. Natijada adabiyot, haykaltaroshlik, rassomlik, musiqa, teatr kabi san’at turlari boshqa joydagiga nisbatan bu yerda kuchli taraqqiy topdi.
5. Jahon adabiyoti xazinasining noyob durdonasi sanalmish “Kalila va Dimna” qadim Hindistonda yaratilgan.
Asarning aslini sanskrit (qadimgi zamon hind adabiy tili) da yozilgan deb hisoblaydilar.
Asos e’tibori bilan qadimgi hind folklori zaminida vujudga kelgan “Kalila va Dimna”ning mashhur “Panchatantra”, “Xitopadesha” kabi asarlar bilan ildizi birdir.
Ali ibn ash-Shoh al-Forisiyning naql qilishicha, “Kalila va Dimna”ni hind podshohi Dobshalim uchun faylasuf Beydabo (Bedpoy) yozgan. Asarda hukmdorlik siyosatida shohlar nimalarga asoslanishlari, ularning a’yonlar va raiyat bilan qanday munosabatda bo’lishlari, shaxsiy fazilatlardan qaysilari shohlar uchun farz sanalishi kabi masalalarni “badiiyatning go’zal libosi”da hikmat va donishmandlik bezaklari bilan “orasta” holda berilganligi haqidagi xabar Eron shohi Anushiravon binni Qubod Sosoniy (531 — 579) ga yetib keladi. Anushiravon esa ilmni va ibratli kitoblarni juda sevar edi.
Uning amri bilan saroy fozillaridan biri Barzuya hakim Hindistondan “Kalila va Dimna”ni keltirishga muvaffaq bo’ldi hamda uni o’sha davrdagi fors tili — pahlaviy tiliga tarjima qiladi. Bu tarjima yo’qolib ketgan bo’lib, undan taxminan 570-yillarda bir ruhoniy tomonidan Suriya tiliga (suryoniy, sir’yoniy) tarjima qilingan nusxasi (tarjimoni Bud ismli shaxs) saqlanib qoladi.
“Kalila va Dimna” abbosiylar xalifaligi davrida zamonning mashhur olimlaridan Abdulloh ibn al-Muqaffa (721 — 757) tomonidan pahlaviy tilidagi nusxa asosida arabchaga tarjima qilinadi. Ibn al-Muqaffa asar muqaddimasida: “Men bu kitobning hind tilidan pahlaviyga qilingan tarjimasini ko’rdim va Iroq, Shom, Hijoz ahli ham undan bahramand bo’lsinlar, deb arabchaga tarjima qilishni xohladim.
...Bu kitobni o’qigan odamlar har narsadan oldin uning mag’zini chaqib, unga oroyish bergan istioralarni, ramzli va muammoli so’zlarni tushunib olishlari kerak...» deb yozgan edi.
Ibn al-Muqaffa o’z tarjimasini Abuja’far Mansur zamonida tugallaganini e’tirof etadi.
Ibn al- Muqaffa tarjima sohasida mavjud bo’lgan an’anaga ko’ra faqat muqaddima yozibgina qolmay, balki asar matniga talay o’zgarishlar ham kiritadi va “Dimna ishining tekshirilishi” degan faslni qo’shadi, bazi o’rinlarni o’z zamonasining mafkurasi taqozosi bilan qisqartirib yoxud yangicha talqin etib ketadi.
6. Mif – insonning faqat o’tmishi, ajdodlarning xayolparastligi emas, balki ularning kayfiyati va o’zi anglab yetmagan, biroq miyada singib yotgan kechinma va taassurotlaridir. Mifga ajdodlarning jo’n xomxayollari yoki cho’pchaklari sifatida emas, inson ruhiyatining in’ikosi sifatida qarash zarur, shu sababli ham mif o’tmish sadosi emas, u kecha, bugun va ertaning mujassami, inson ruhiyatining manzarasidir. Mif odam bilan birga yashaydi, odam yashar ekan u o’zicha mif yaratadi. Biroq hamma ham o’z miyasi yaratgan mifni “o’qiyvermaydi”.
Diniy va mifologik talqinga ko’ra, inson mohiyatan kosmos g’oyasining mahsuli yoinki shu fenomenning o’ta kichik shakli (mikrokosm)dir. Garchi kosmos (makrokosm-borliq dunyo) makon va zamon nuqtai nazaridan Odamga nisbatan avvalroq, cheksizroq yaratilgan bo’lsa-da, uning vazifasi, mohiyati insonga xizmat qilishdangina iborat. Ya’ni kosmosning mavjudligi lahzalik inson umri, uning zarra vujudi vositasida mantiq kasb etadi. Mazkur konsepsiya umumborliq faoliyatining istalgan nuqtasiga nisbatan mutloqki, uning negizida ijodiy jarayon mummosini o’rganish ham o’ziga xos samara beradi, deb o’ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |