Yig`indilarni hisoblash.
- bu piktogrammada sichqonchani qirsillatsak, formulalar qatorida =SUMM yoziladi, so`ngra argumentlar keltiriladi, argumentlar quyidagicha avtomatik tarzda yoziladi, masalan = SUMM(A1:A10). Agar piktogrammasiz formulalar qatoridan =SUMM(A1:A10) (qavs ichidagi ifoda lotin alifbosida kiritiladi) terilsa va Enter bosilsa kursor turgan joyda yig`indi hosil bo`ladi.
Jadvallar orasidagi bog`lanishlarni o`rnatish.
Excel 5.0 da uch o`lchovli hujjatlarni ishlash imkoniyati yaratilgan. Shu sababli har xil jadvallar orasida istalgan bog`lanishlar osongina amalga oshiriladi. Excel da boshqa jadvalga qarashli yacheykalarga ham osongina murojaat kilinadi va bu yacheykaga tegishli formulalar o`zgartirilsa yacheyka qiymati ham o`zgaradi.
Misol. Quyidagi jadvalda firmaning 1996 yilgi tovarooboroti keltirilgan:
1 1996 йилги сотиш натижалари
2
|
Програм-
малар
|
Январь
|
Февраль
|
Март
|
Квартал
|
|
|
3
|
Редакторлар
|
122.5
|
13470
|
14816
|
29511
|
|
|
4
|
Маълумот
базаси
|
9566
|
10523
|
11575
|
31664
|
|
|
5
|
Excel
|
132.5
|
14923
|
16415
|
32663
|
|
|
6
|
Графика
|
19980
|
9020
|
9922
|
29922
|
|
|
7
|
Бошка м.
|
3600
|
3960
|
4356
|
11918
|
|
|
8
|
Cуммаси
|
26656
|
51896
|
57084
|
135678
|
|
|
Har bir yil uchun alohida bet ajratiladi. Bu yilgi ma`lum bir kvartal natijasini o`tgan yilgi shu vaqtga solishtirish talab qilinadi. Boshqa varaqdagi ma`lumotga murojaat qilish uchun bu varaq nomini va undagi mos yacheyka adresini berishimiz lozim. Masalan, Oborot95.xls dagi B3 yacheykaga murojaat qilish uchun quyidagi formulani yozish lozim :
=“Оborot95 “ ! B3
Diagrammalar qurish.
Excel da jadval shaklida berilgan kattaliklar uchun diagrammalar qurish imkoniyati mavjud. Diagrammalar qurishdan avval jadvalda hamma ishlarni tugatish lozim, shu jumladan jadvalni formatlash ishlarini ham. Co`ngra diagrammalar konstruktori chaqiriladi. Bu ish asosiy piktogrammalar qatoridagi diagrammalar konstruktorini bosish bilan amalga oshiriladi. Diagramma konstruktori diagrammani qayerga joylashtirishni ko`rsatishni kutadi. Sichqoncha strelkasi uchi piktogramma formasini oladi. Biz chap yuqorigi burchakka qirsillatsak u yerda punktir chiziqlar bilan to`rtburchak hosil bo`ladi. Uni o`ng burchakka qarab sudrasak u kattaradi. Shundan keyin konstruktor muloqot muloqot oynasini ochadi. Ammo avvalo jadval sarlavhasigacha to`liq ajratilgan bo`lishi lozim. So`ngra Next (dalshe) buyrug`i knopkasi bosiladi. Bizga tavsiya qilingan diagramma nushalari ichidan keraklisini tanlab olamiz. Endi konstruktor hosil bo`lgan diagrammani ko`rish uchun havola qiladi va ma`qul bo`lsa bu diagrammaga nom beriladi. Eng oxirida Finish knopkasi bosiladi.
Excel programmaga qo`shimcha obyektlar kiritish
Excel jadvallariga, diagrammalariga matnlar illyustratsiyalar va rasmlar kiritish mumkin. Rasm yoki matn kiritish kuyidagicha amalga oshiriladi:
- risunok piktogrammasi bosilsa ekranga hamma rasm chizish instrumentlari chiqadi va undan foydalanib o`zingiz rasmlar chizishingiz mumkin;
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Informatika. Uchebnik.- 3-ye izd.,pererab.- M.:Finansi-statistika, 1999.- 529-558 betlar.
2. Raxmatullin U., Lindayeva N. Super samouchitel raboti na personalnom kompyutere. Samarkand, 1999. - 113-120 betlar.
Nasreddinova Sh.S. Windows 95 uchun Excel 7.0 sahifalarida.- T.:O`zbekiston, 1999.- 3-54 betlar.
T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov. Amaliy matematika, dasturlash va kompyuterning dasturiy ta`minoti. O`quv qo`llanma. T.:Mehnat, 2000.- 214-225 betlar.
Kolesnikov A. Excel 2000. K.: izd. gruppa VNU, 1999.- 87-104 betlar.
Glushakov S.V.,Melnikov I.V. Personalniy kompyuter. Uchebniy kurs.-Xarkov : Folio: Rostov N/D: Feniks: 2000.- 291-365 betlar.
Informatika. Bazoviy kurs./ Simonovich S.V. i dr. Spb.:izd.: Piter, 2000.- 302-327 betlar.
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |