Jadidchilik va uning g’oyaviy-siyosiy yo’LI


MARKAZIY OSIYODA JADIDCHILIKNING PAYDO BO’LISHIDAGI TARIXIY SHART-SHAROITLAR. JADIDCHILIKNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI



Download 38,47 Kb.
bet2/9
Sana30.12.2021
Hajmi38,47 Kb.
#95773
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-DASR

MARKAZIY OSIYODA JADIDCHILIKNING PAYDO BO’LISHIDAGI TARIXIY SHART-SHAROITLAR. JADIDCHILIKNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI

Ma’rifatchilik yoki ma’rifatparvarliq aslida, Sharq mutaffakkirlariga xos bo’lib, u dastlab Sharq Uyg’onish davrida diniy aqidachilikkaqarshidunyoviylikni diniylik bilan bog’lanishnni ilgari so’rgan g’oyaviy okim sifatida paydo bo’ladi. Keyinchalik esa yevropada feodalizmdan kapitalizmga o’tish davrida tug’ilib kelayotgan burjuaziya va xalq ommasining feodal tartiblari va munosabatlariga qarshi kurashi zaminida kapitalistik munosabatlarning vujudga kelishi davriga xos muayyan manfaatlar bilan boglik feodalizmga qarshi g’oyaviy-madaniy harakatga aylanadi. Bu harakat Yevropada dastlab XVII asrda Angliyada, - XVIII asrda Fransiyada, XVIII asrning oxiri XIX asrning birinchi yarimida Germaniya va Rossiyada keng tarqaladi. Yevropada dastlab bu terminni F.Valter I.Gerderlar o’z asarlarida ishlatadilar. 1784 yili I.Kant Ma’rifatparvarliq nima?degan ilmiy makola yozadi. Ochigini aytganda, ma’rifatparvarlik G’arbiy Yevropada ham Uyg’onish davri bilan o’zviy bogliq holda shakllanib, uning namoyondalari Sharq Uyg’onish davri mutafakkirlaridan insonparvarlik g’oyalarini, Qadimgi davr antik madaniyatga murojaat etish an’anasi, tarixiy optimizmni, hurfikrlilikni qabul kilib olishni, jamiyat, inson xabti va tarakkiyoti masalalari yuzasidan o’z fikr-mulohazalarini olga surdilar. Ular o’z qarashlarida ilm, fan va madaniyatni rivojlantirish asosida jamiyatni o’zgartirish g’oyasi bilan chiqadilar. Ma’rifatparvarlar insonning tabiati haqidagi tasavvuriga asoslanish jamiyatda tabiiy xuquq nazariyasini, demoqratik erkinlik talabini, feodal-obsalyutizm monarxiyasi davlatiga qarshi ijtimoiy kelishuv degan nazariyasini ishlab chiqadilar. Ular bunda davlatning hyech bir ilohiy narsa emasligini, balki u kishilar o’rtasidagi o’zaro kelishuv yo’li bilan yuzaga keladigan jamiyatning siyosiy tashkiloti, deydilar. Ma’rifatparvarlar iqtisodiyot sohasida xususiy manfaatlarni ragbatlantirishni, erkin savdoni joriy etishni, xususiy mulkchilikni ham huqo’qiy jihatdan kafolatlashni talab qilib chiqdilar. Ular jamiyat tarixini tushuntirishda teologiyaga barham berishni, tarixiy tarakkibtning konuniy harakterini e’tirof etadilar. Ma’rifatparvarlar, ayniqsa, ta’lim, tarbiya masalalariga alohida e’tibor berishib, shaxsga erk berish, uni feodal ahloqi va diniy aqidalardan halos qilishni aytishib, shaxsni gumanistik axloq tamoyillari asosida tarbiyalashni, unga diniy ta’lim berish bilan cheklanmay, dunyoviy ta’limtarbiya berishni aytadilar. Lekin bu o’rinda shuni ham aytish kerakki, Yevropada bu harakatga xos bo’lgan umumiy belgi feodal to’zumga qarshi qaratilgan bo’lib, uning o’zining ichida o’z xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turadigan okimlar ham mavjud bo’lgan. Birok ularning barchasi obyektiv ravishda jamiyatning kapitalistik yo’nalish tomon rivojlanish ehtiyojlarini ifodalagan. Xulosa qilib aytganda, Yevropada ma’rifatparvarlikning feodalizmga qarshi qaratilgan g’oyaviy harakat sifatida vujudga kelishi umumiy qonliiyat edi. Lekin bu qonuniyat turli xalqlarda, thrli mamlakatlarda va turli mintaqalarda turlicha va har xil tarixiy davrda namoЈn bo’ladi. Bizning Markaziy Osiyoda, xususan, Turkistonda ma’rifatparvarlik g’oyaviy harakat sifatida XIX asrning ikkinchi yarimida ma’lum siyesiy, ijtimoiy va iqtisodiy-madaniy soxalarda yuz bergan o’zgarishlar zaminida yuzaga keldi. Bu ma’rifatparvarlik ham o’z mohiyatiga ko’ra, feodal tartiblari va munosabatlariga qarshi, mamlakatni feodal kolokligidan chiqarish uchun kurashuvchi ilg’or kuchlarning manfaatlarini ifodalovchi g’oyaviy harakat sifatida maydonga chiqii. Birok Markaziy Osiyo ma’rifatparvarlarining faoliyati Yevropada kapitalizm to’la galaba qilgan, Rossiyada esa kapitalizm ayni rivojlanib borabtgan va Rossiya mustamlakalarida keskin siyosiy kurash avj olayotgan bir davrga to’g’ri keldi. Markaziy Osiyo ma’rifatparvarligi, xususan, Turkiston ma’rifatparvarligi feodal tartiblarini o’zgartirish, madaniy yuksalishga bo’lgan intilish bilan birga, ma’lum darajada Rossiyaning mustamlakachilik siyosatigaqarshichorizmning mahalliy xalqlarga o’tkazayotgan jabr-zulm ekspluatatsiyasidan norozilik kayfiyatlarini ifodalovchi g’oya sifatida ham paydo bo’ladi. Shu jihatdan bu ma’rifatparvarlik o’ziga xos mafkuraviy harakterga ham ega edi. Turkiston ma’rifatparvarlari o’z faoliyatlarida eskirgan feodal tartiblari va munosabatlariga rus kapitalistik munosabatlari orqali paydo bo’layotgan yangi madaniy yutuqlarni qarshi qo’yish, ularning ustunliklarini targib qilishdan boshlanib, astagsekin siyosiy tus olib, Turkistoda Rossiyadan farq qiluvchi yerli, mahalliy xalqning o’ziga xos ma’naviyati xususiyatlarini ximoya qiluvchi tartiblar o’rnatilishini talab kiluvchi darajaga ko’tarila bordi. Shu jihatlarni hisobga olganda Turkiston ma’rifatparvarlik harakati ikkn bosqichda kechdi. Birinchi bosqichda feoldal to’zum tartiblarini tankid qilish, madaniy yangiliklarni, Yevropa tillarini o’rganish va egallash, yangi ilm fan va texnikani targib qilish kabi masalalar ilgari suriladi. Bu boskichda, ayniqsa, ma’rifatparvarlikning yuzaga kelishida Axmad Donish, Komil Xorazmiy, Sattorxon va Isokxonlar, Muqimiy, Furqat, Avaz O’tar va Zavqiylar katta rol o’ynadilar. Ular bu harakatlarning otashin namoyandalari sifatida xalqning real xabtini, uiing adolat, haqikat, ilmma’rifat xaqidagi orzu umidlarining o’z namoyandalari sifatida xalqning real xabtini, uiing adolat, haqikat, ilm- ma’rifat xaqidagi orzu umidlarining o’z yo’lladi faoliyatlarida ifoda etib, xalqning jabr-zulmdan kutilishi uning baxt-saodatga erishuvi ilm-fanni va madaniyatni egallashda, deb bildilar. Shu sababli ular xalqning ko’zini rchishga, jaxolatdan qutilishgaG buning uchun ilm-fanni va xunarlarni o’rganish va egallashga, ma’rifatli va madaniyatli hamda o’kimishli bo’lishga chaqirdilar. Ular faqat o’z xalqi ilm-fani va madaniyatini egallash bilan cheklanmay, boshka xalqlar, xususan, Yevropa va rus xalqi erishgan ilm-fanni, hunarlarni, texnikani, madaniyatni ham egallashga, o’rganishga, shu asosida jaxolat va bid’at uykusini tark etishga chorladilar. Buning uchun boshqalarning tilini bilishni, o’rganishni ko’p tillarni bilish esa dunyoviy ilmlardan, fantexnika yutukparidan bahramand bo’lish imkoniyatini berishny uqtirdilar. Xullas, birinchi boskich ma’rifatparvarligi, bu asosan, xalqni yangi madaniyat, yangi ma’rifatga chakirish, chorlash, millatni, xalqni jaholat va bid’at uykusidan Uyg’onishga, yangi paydo bo’layotgan madaniyat va ma’naviyatni egallashga yo’naltirilgan edi. Ma’rifatparvarlik o’zining birinchi bosqichida asta - sekin rivojlanib borish asosida undan jadidchilik o’sib chiqadi. Jadidchilik bu ma’rifatparvarlikning rivojlangan, taraqqiy etgan ikkinchi bosqichi edi. Biz buni alohida kuyidagi savolda ko’rib chiqamiz. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga kelganda Markaziy Osiyo, xususan, Turkiston xalqlari ilg’or vakillari Rossiyaning mustamlakachilik zulmidan qutilish, o’z milliy davlatchiligini kurish, o’z milliy - iqgisodiy, sibsiy va madaniy tarakkiyotiga yo’l ochish zarurligini tuotunib yetishadi. Bu kishilar o’sha davr tarixiy jarayonning yetakchi kuchi milliy va maxalliy savdo va sanoat burjuaziyasi namayondalari xisoblanib, ular juda katta kiyinchiliklar bilan keng xalq ommasining siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qiladigan g’oyaviy okim - jadidchilar ma’rifatparvarligini shakllantirib, uni har tomonlama rivojlantirdilar. Turkistonda jadidchilik harakati ma’rifatparvarlik asosida O’rta va Yaqin Sharqiagi, qrim, qozon, Ufa va Ozarbayjonda yuzaga kelgan diniy islohotchilik va ma’rifatparvarlik g’oyalari hamda jadidchilik harakati ta’sirida vujudga keladi. Bu jadidchilik Turkistonda vujudga kelgan sharkona ma’rifatparvarlikni butun xalqning demokratik va milliy Uyg’onishiga yo’naltirilgan umummilliy mafkurasi darajasiga ko’tardi. Jadidchilar Markaziy Osiyo, xususan, Turkistonda o’zoq davom etayotgan siyosiy, iqtisodiy va madaniy inqirozni to’xtaggish, jamiyat taraqibtini yangi yo’nalishga solib yuborish maqsadida maorif, din, adliya, davlat qurilishi va boshqa qator ijtimoiy-madaniy sohalarda islohotlar o’tkazishni taklif qilishib maydonga chiqishadi. Ular ta’lim-tarbiya, axloqodob, o’qish-o’qitishni, sogliqni saqlash sohalarini, xotin-qizlar ahvolini yaxshilash, ijtimoiy-madaniy turmushning barcha jabxalarini tubdan o’zgartirish g’oyalarini o’rtaga tashlashdi. Jadidchilar o’z siyosiy faoliyat sohalarida Turkiston hududiy birligi, Chorizm mustamlakachiligidan qutyuish, milliy mustaqillik g’oyalarini ilgari surishib, shu g’oyalar uchun kurash olib borishadi. Ular iqtisodiy sohada esa sanoatni, savdoni rivojlantirish, iqtisod va moliya sohalarida boshqa millatlarga qaram bo’lishdan kutilish, milliy savdo va bank tashkilotlarini barpo qilish g’oyalari bilan maydonga chiqadilar. Biroq jadidchilar faoliyatida madaniy-ma’rifiy soha ustuvor hisobanadi. Jadidchilik harakatining asosiy maksadi - eski tizimni isloh qilishdan iborat bo’ldi. Jadidchilar milliy mustaqillik manfaatlarini himoya kila oladigan, siЈsiy va ikgisodiy qaramlik va qolokgshqian chiqish muammolarini yecha oladigan zamonaviy bilimlarga ega, savodli va vatanparvar kadrlar bo’lish zarurligini yaxshi anglaydilar. Shuning uchun dunyoviy bilimlarni diniy bilimlar b»ian birliqia o’rganish va egallash ishlari, maorif tizimini isloh qilish masalasi jadidchilar ijtimoin fikrining diqqat markazida bo’ladi. Jadidchilar islohotni maktab va madrasalardan boshlash zarur, chunki millat xabti ta’lim-tarbiya bilan belgilanadi, deyishadi. Ular mahalliy boylarning o’sha davr ichki va tashqi bozorda sinishlarining asosiy sababi - ularning savdo ilmidan savodsizligi tufayli bo’lmoqia, chunki ular savdo qilish, moliyaviy operatsiyalarni olib borish ishlarini bilmaydilar. Agar biz madaniyat va iqtisod sohalarida boshqa (mamlakatlarga), boshqa millatlarga qaram bo’lishni istamasaq biz milliy sudyalar, advokatlar, o’qituvchilar, davlat arboblari, injener, savodli tijoratchilarni tayyorlashimiz zar>f. kMasala shunday ekan, siz xurmatli vatandoshlar, o’z farzandlaringizni din va millatga xizmat qilmoklari uchun zamonaviy bilimlarga o’rgatishga harakat qilishingiz zarur, millat va dinga faqat bilim va mablag bilan xizmat qilish mumkin», deb yozishadi. (M. Bexbudiy, Oyina 1913 y., 7-son; 1914 y., 31- son; 1915 y., 10-son). Jadidchilar o’z matbuotida: "Barcha millatlar o’z farzandlarini din va millatga sodiq bo’lish ruhida tarbiyalaydilar. Shuning uchun ular maktabga alohida ahamiyat beradilar. Bizda mana shuni xis qilish yo’q. Biz din va millatni himoya qiluvchi ishonarli va mustahkam vositaga ega bo’lmokimiz shart. Bu vosita - maorifdir" (M. Behbudiy, Oyina, 1914 y., 41- son), -deb yozgan edilar. Ular bular bilan cheklanmasdan, o’z millatdoshlariga o’z farzandlarini xorijiy davlatlariga yuborib, o’qitish zarurligini, toki, ular o’kib kelishib, millat manfaatlarini ijtimoiy hayot soxalarida himoya qilishsin, millatimiz taraqqiy etsin. -deya murojaat ham qilishadi. Ularning bu fikri bugungi bizning mustaqqilik sharoitimizda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Jadidchilar maorifni isloh qilish masalalarini o’z matbuotlari sahifalarida har tamonlama muhokama qilishadi. Ular bunda maktab ishining iqtisodiy va moliyaviy tamonlarini, o’quvchilar ruhiyati va adobiga ijobiy ta’sir qiluvchi usullar, o’qitish dasturlari va boshqa ko’pchilik masalalar haqida o’z fikr va muloxazalarini bildirishib boradi. Jadidchilar o’z maqolalari va asarlarida maorif, ijtimoiy habt va turmush tarzining ayrim tamonlarini isloh qilish zarurligini.aytish bilan cheklanmasdan, yoshlar diqqatini yana xalqimizning o’tmish madaniyatiga, o’tmish ajdodlari ilm-fan sohasida erishgan yutuklariga qaratib, ularni o’rganishga ham jalb kiladilar.


Download 38,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish