JADIDCHILIKNING MA’NAVIY MEROSI VA UNI HOZIRGI KUNDA O’RGANILISHI
“Jadidchilik g’oyalari erta bahorning shiddatli shamollari singari po’panak bosib, biljirab ketgan o’rta asrchilik turmushini eng pastki qatlamlarigacha ochib tashladi. Momoguldirak bo’lib, Millat va Vatanning hayot-mamot masalasi kun tartibiga qo’yilgani haqida bong urdi. Chaqmoqdek chaqnab, uning bag’ridagi jarohatlarini yoritdi. Obirahmat bo’lib, ona Turkiston ko’ksidagi maorif, matbuot, teatr nihollariga hayot baxsh etdi”, deb yozadi adabiyotshunos olim, O’zbekiston Respublikasi Fan arbobi Begali qosimov. Sovet davrida yozilgan adabiyotlarda jadidchilikka „burjua-liberal harakat“ deb ta’rif berilgan. SSRI parchalanib ketganidan keyin jadidchilik harakati va uning namoyandalari nomi qayta tiklandi. Tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, faylasuf, huquqshunos, san?atshunos va pedagog olimlar jadidlarning ilmiy va adabiy merosini o’rganishda dastlabki natijalarni qo’lga kiritishdi. 1999-yil 16-18-sentabrda Toshkentda „Markaziy Osiyo 20-asr boshida: islohotlar, yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash (Jadidchiliq Muxtoriyatchiliq Istiqlolchilik)“ mavzuida xalqaro konferensiya o’tkazilib,unda AqSh, Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Turkiya, Rossiya, Hindiston va boshqa mamlakatlardan kelgan nufuzli olimlar jadidchilik va istiqlolchilik harakatlari to’g’risida jahon ilmfanida to’plangan so’nggi xulosalar yuzasidan o’zbekistonlik hamkasblari bilan o’zaro fikr almashdilar. Jadidchilik harakati jahonshumul ahamiyatga molik hodisa ekanligi e?tirof qilindi. Konferensiyada ushbu muammoni tadqiq qiluvchi xalqaro ilmiy kengash tuzildi. Jadid adabiyotining ma’nosi “yangi adabiyot” degani. Lekin taqdir taqozosi bilan u «Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti» atalib ketdi. Bunday talqin va yo’nalishda adabiyotning estetik jihatlaridan ko’ra g’oyaviy masalalariga e’tibor ko’proq bo’lyapti. (Masalan, dasturimizda davr voqyealari va uning adabiyotdagi ifodasi, qiyosiy tahlil keng o’rin egallaydi. Davr esa alg’ov-dalg’ov). Fikringiz, maslahatingiz kerak. Biz bunday yondashishda mustaqillik ehtiyojlaridan kelib chiqdik. Chunonchi: Istiqlol tarixga ham, adabiyotga ham tamomila boshqacha yondashishni shart qilib qo’ydi. Bir so’z bilan aytganda, u sinfiy yondashishni rad etib, milliy yondashishni kun tartibiga qo’ydi. Jadidlarimiz bu masalaga jiddiy qaragan edilar. Gaspralida «Milliy g’oya», «Milliyat» nomlari bilan maxsus maqolalar bor. O’zimizda ham Behbudiydan Cho’lpongacha birortasi uni chetlab o’tmagan. Sovet davrida 20- yillarning 2-yarmidan «millatchi» degan nom ustiga tavqi la’nat bosildi. Oldin u «millat deguvchi» ma’nosida edi. Bugun millat, milliyat haqida gapirmoqda ekanmiz, bu tushunchalarning mohiyati, tarixi va talqinlaridan har birimiz o’z ixtisosligimiz doirasida xabardor bo’lishimiz zarur. Millat o’zligini XVIII asrda namoyish etdi. Va milliyat shaklida namoyish etdi. XX asr siyosatchilaridan biri mazkur jarayonni ko’zatar ekan, yozgan edi: «Milliyat fikriga, bu azim quvvatga hyech bir kuch bas kela olmadi, yuz minglarcha haybatli qo’shin bu fikr qarshisida yengildi. Milliyat atalmish buyuk qudratga bugun to’p va miltiq bas kela olmaydi».(Yusuf Oqchura, «Uch tarzi siyosat» maqolasidan. qarang, ko’rsatilgan kitob, 1-jild, Anqara, 1996, 330-bet) Umuman olganda, jadidchilikning bizning tariximizdagi o’rni va bugungi kun bizning mustakilligimizni mustaxkamlashdagi ahamiyati shundan iboratki, jadidlar birinchi bo’lib mustaqillik milliy mafkurasiga asos soldilar, ular gaflat uyqusida yotgan va ezilgan xalqni uygotdi, uning ko’zini ochdi, ozodliq erq mustaqilliq milliy gurur, iftixor, tuygularini paydo qildi; ular buyuk tariximiz, falsafiy merosimiz haqida, buyuk ajdodlarimiz, boy madaniyatimiz va ma’naviyatimiz haqida, mustamlaka va istibdod davrida unitila boshlagan kadriyatlarimizni tiklash xaqida jar soldilar. Jadidchilarning buyuk tarixiy xizmatlaridan yana biri - ular yetilib kolgan muammolarni xal qilishda rivojlanishning evolyusion yo’li - islohotlar yo’lini ishlab chiqiilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |