-sa bog’lovchisi ba'zan -ki bilan birga ham qo’llanadi: Uyga kirsaki, Jamila yo’q (H.H.). Qarasaki, sandik oqib kelayapti (F.).
10. -may, -masdan, -masdan burun (avval, oldin, ilgari). Bu shakllar bilan birikkan qo’shma gaplarda bosh gapdagi voqea ergash gapdagi voqeadan oldin yuzaga kelgan bo’ladi: Rais gap boshlamasdan burun, Saida o’rtaga luqma tashladi (A.Q.). Naqqosh ketmasdan avval, shoir eiikka chiqdi (O.).
Na ko’kning fanari o’chmasdan,
Na yulduz sayr etib ko’chmasdan,
Na ufq o’ramay yoqut zar,
Na bulut silkitmay oltin par,
Tong kulmasdan burun turardi (U.).
11. -r (-ar)+mas. Kelasi zamon sifatdoshining bo’lishli va bo’lishsiz shakli (juftlashib) orqali bog’langan bunday qo’shma gaplarda ergash gapdagi harakat to’la bajarilib bo’lmasdan, bosh gapdagi harakat boshlanadi: Kun botar-botmas, biz qishloqqa kirib bordik. Gudok ovozi eshitilar-eshitilmas, hamma zavod eshigi yonida to’planadi (Asq.M.).
12. -b (-ib), -gach: Yanvar oyi boshlanib, sovuq tushdi. Ular supaga o’tirishgach, suhbat o’z-o’zidan boshlanib ketdi (O.).
13. -sh (-ish)+bilan, deguncha. Bu shakllar bilan birikkan qo’shma gaplarda bosh gapdagi voqea ergash gapdagi voqeaning boshlanishi yoki yuz berishi bilanoq sodir bo’ladi: Faytun yurib ketishi bilanoq, Anvar qori yugurib madrasaga kirdi (O.). Fil xartumini suvga solishi bilan, suv chayqala boshladi ("K.D".). Urush bitdi deguncha, hammasi uya-uyasiga qarab qanot qoqadi (O.). Bir ishni qo’liga oldi deguncha, ikkinchisi chokidan ketadi (Asq.M.).
14. -ki: Bu bog’lovchi bilan birikkan qo’shma gaplarda bosh gapdagi harakat yoki voqelikning qachondan beri davom etishi yoki mavjudligi ifodalanadi: Nur borki, soya bor. U bir necha kun bo’ldiki, joyidan jilmaydi ("K.D".). Shu dargohga kelibmanki, janjaldan boshim chiqmaydi (A.Q.) Shu sahro borki, u ham bor (Asq.M.). Dunyo yaral-mishki, bu oftob bor, Sharqdan ko’tarilib, botadi Harbga (G’.G’.).
15. -mi. Bu bog’lovchi orqali birikkan qo’shma gaplarda bir voqea ikkinchisi bilan tez, qisqa muddatda almashganligi anglashiladi: Uzoq-dan qora ko’rindimi, chopib oldiga borar edi (A.Q.). Paxta ochildimi (ochilishi bilan), terim boshlanadi.
Payt ergash gaplar ko’pincha bosh gapdan oldin keladi, ergashti-ruvchi shakllar ham ergash gap tarkibida bo’ladi. Biroq uslubiy talablar bilan ergash gapning o’rni inversiyaga uchrashi –bosh gapdan keyin yoki uning o’rtasida qo’llanishi mumkin: Murod ota Shohimardon kurortiga ketdilar, – dedi yigit, uning oldiga choy keltirgach (S.). U, quyosh botib, salqin tushganda, yo’lak bo’ylab sayoqqatga chiqardi ("S.").
Tahlil namunasi: Maymun ponani chiqargan o’am ediki, dumini yog’och qisib oldi ("K.D").
1) ikkita sodda gapdan tuzilgan.
2) payt ergash gapli qo’shma gap.
3) payt ergash gap -gan ham ediki shakli bilan bosh gapga birikkan, bog’lovchi ergash gap tarkibida bo’lib, birinchi o’rinda, bosh gap ikkinchi o’rinda kelgan.
4) chizmasi: -gan ham ediki,
Do'stlaringiz bilan baham: |