J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


bob. MOLIYAVIY DERIVATIVLAR BOZORI



Download 1,93 Mb.
bet100/131
Sana29.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#515588
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   131
Bog'liq
xalqaro moliya munosabatlari

bob. MOLIYAVIY DERIVATIVLAR BOZORI


14.l. Moliyaviy derivativlar mohiyati va ularga xos xususi­ yatlar.

    1. Hosila moliyaviy vositalarning asosiy turlari.

    2. Kredit va foiz derivativlari.

    1. Moliyaviy derivativlar mohiyati va

ularga xos xususiyatlar


Hosilaviy moliyaviy vosita, derivativ (inglizcha derivative) bazaviy aktivga nisbatan tomonlar bir gator harakatlarni amalga oshirish bo'yicha huquq yoki majburiyatlarni oluvchi shartnoma (kelishuv)dir. Odatda, bunday shartnomalarda ma'lum bir tovar yoki qimmatli qog'ozlarni olish, taqdim etish, sotib olish, so­ tish imkoniyatlari ko'rib chiqiladi. To'g'ridan to'g'ri shartnoma­ dan farqli ravishda derivativlarni oldi-sotdisi ma'lum bir shakl­ ga solingan va standartlashgan bo'ladi, shuningdek, oldindan tomonlardan birining shartnomani minimum qancha miqdori­ ni sotish imkoniyati ko'rib chiqiladi. Ya'ni ular ham qimmatli qog'ozlarning bir turi hisoblanadi. Derivativ bahosi va xususiyat­ larining o'zgarishi uning bazis aktivlari bilan uzviy bog'liqdir, bi­ roq har doim ham bir xii bo'lavermaydi. Derivativlar ikki tomon o'rtasidagi kelishuvni o'zida aks ettirib, tomonlar o'zlariga mazkur bitim bo'yicha turli majburiyatlarni qabul qilishadi, yoki ma'lum bir aktivni yoxud summani aniq rnuddatda (muddat ichida) yoki kelishilgan narx darajasi amalda qayd etilguncha berish huquqiga ega bo'ladi. Derivativlarni sotib olishdan asosiy maqsad, odatda, uning bazis aktivlarni egallash hisoblanmaydi, balki ma'lum bir muddat davomida bazis aktivlarni baho va valuta riskidan xedjir­ lash yoki bazis aktivlarning narxi o'zgarishidan spekulyativ foyda olish hisoblanadi. Har bir tomon uchun oxirgi moliyaviy natija ijobiy yoki salbiy yakun topishi mumkin.
Derivativlarning asosiy xususiyatlaridan biri majburiyatlar
miqdori undagi bazis aktivlar miqdori bilan bog'liq bo'lmaydi.
Masalan, aksiyalarga C FD 25 (contract for difference) bitimlar hajmi o'sha kompaniya tomonidan chiqarilgan aksiyalar hajmi­ dan bir necha marta katta bo'lishi mumkin. CFDni sotib oluv­ chi va sotuvchilar oldindan aksiyalarni haqiqatda yetkazib berish haqida o'ylashmadi, balki ular ma'lum muddatda oralig'ida va shartlar asosida shakllanadigan aksiyalar narxlari o'rtasidagi farq­ qa qiziqishadi
Moliyaviy derivativlar quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga ega:

  • derivativning bazis aktivlari (foiz stavkalari, tovarlar yoki qimmatli qog'ozlar bahosi, valuta (ayirboshlash) kursi, baholar va foiz stavkalar indeksi, kredit reytingi yoki kredit indeksi va boshqalar) bahosining o'zgarishi uning bozordagi qiymatining o'zgarishiga olib keladi;

  • boshqa moliyaviy vositalarga nisbatan, katta bo'lmagan birlamchi xarajatlar asosida zarur aktivlarga derivativ orqali ega bo'lish, o'z-o'zidan ushbu bozor konyunkturasiga ta'sir qiladi;

  • bitimlar bo'yicha hisob-kitoblar kelajakda amalga oshirila­

di;

  • derivativlarning asosiy belgilari:

  • hosila moliyaviy vositalar bazis aktivga asoslanadi. Bir hosi-

la moliyaviy vosita boshqa bir hosila moliyaviy vositaga bazis aktiv bo'lishi mumkin. Masalan, fyuchers shartnomalariga opsion;

  • hosila moliyaviy vositalar odatda bazis aktivni oldi-sot­ di qilish maqsadida foydalanilmaydi, balki ularning narxlari o'rtasidagi farqdan foyda olish uchun foydalaniladi;






25 Moliyaviy farq bo'yicha shartnoma (bitim) - bitimning bazis aktivini bo­ zordagi ochilish va yopilish narxi bo'yicha shakllangan moliyaviy farqni ayir­ boshlash imkonini beruvchi ikki tomon o'rtasidagi kelishuvni ko'rsatuvchi hosila moliyaviy vositadir. Ushbu bitim orqali 10000 AQSH dollarilik aksi­ yalarni 1000 AQSH dollari bilan sotib olish mumkin (ya'ni mazkur summani depozitga qo'ygan holda). Aksiyalar bahosining o'zgarishi natijasida 10% lik foyda, yoki zarar 1000 AQSH dollarini tashkil etadi. Mazkur vosita orqa­ li amalga oshirilgan operatsiyalar kreditga mahsulotlarni sotib olishga ham o'xshab ketadi.

  • hosila moliyaviy vositalar moliya bozori (ayniqsa, qimmatli qog'ozlar, valuta va ssuda kapitallari bozori) va mahsulotlar bozo­ ri bilan bevosita bog'liq. Chunki ushbu bozorlar bir xil tamoyillar asosida shakllanadi, naxlarning shakllanishi bir xil qonun asosida sodir bo'ladi, ularda asosan bir xii ishtirokchilar savdo qilishadi. Hosila moliyaviy vositalarning asosiy bazis aktivlari quyidagi-

lar hisoblanadi:

  • qimmatli qog'ozlar va valuta kurslari;

  • tovarlar va xomashyo mahsulotlari;

  • foiz stavkalari va inflyatsiya darajasi;

  • rasmiy statistik ma'lumotlar;

  • atrof-muhit holatining fizik, biologik va (yoki) kimyoviy ko'rsatkichlari;

  • bir yoki bir nechta yuridik shaxslar, davlat va munitsipial ta'lim orqali ijro etib bo'lmaydigan yoki etilmagan majburiyatlar to'g'risida ma'lumot beruvchi holatlar;

  • hosila moliyaviy vosita hisoblanadigan shartnomalar;

  • moliya bozorida ijro etiladigan, hukumat tomonidan ko'rib chiqilgan qonun loyihalari yoki me'yoriy-huquqiy hujjatlarning amalga kiritilishi yoki kiritilmaslik holatlari;

  • bir yoki bir nechta iqtisodiy, ijtimoiy ko'rsatkichlar asosida hisoblanadigan indikatorlar, boshqa moliyaviy vosita belgilariga asoslanuvchi shartlar va narxlar.

Derivativlarning rivojlanish bosqichlari:
Qadimgi davr. Kelajakda yetkazib berish sharti bilan tuzilgan kelishuvlar eramizdan avvalgi ber necha asrlardan oldin pay­ do bo'lgan. Vavilonlik savdogarlar uzoq savdo safarlari uchun karvonlarga yuklarni joylashayotganda, mazkur yuklarni sotib olish uchun vaqtinchalik moliyaviy ta'minotga zarurat sezgan­ lar. Natijada risk bilan bog'liq bitimlar paydo bo'lgan, ya'ni savdogarlarning tovarlarni belgilangan joylarga muvaffaqiyatli yetkazib berish bilan bog'liq ularga kreditlar berilgan. Bunda, tovarlar yo'qotilishi (opsion bo'yicha majburiyatlarni bajarol­ maslik) bilan bog'liq zararlarni qoplash zarurati hisobiga foiz-
lar oddiy kreditlarga nisbatan ancha yuqori bo'lgan. Risklarni birlashtirish, yetarli darajada opsion narxini saqlash imkoniyati bo'lganligi uchun bu kabi opsion shartnomalaridan ko'p sav­ dogarlar foydalanishgan.
O'rta asrlar. Yevropa savdo amaliyoti tarixida dastlabki de­ rivativ shakllaridan foydalanilgan. XII asrdagi iqtisodiy o'sish va savdoning rivojlanishi <> orqali ijrosi ta'minlangan savdo huquqlari shakllanishiga zamin yaratdi. O'rta asrlar yarmarkalarining yangi hujjati sifatida <> namoyon bo'ladi, ya'ni bu hujjat mohiyatan aniq bir mud­ dat davomida tovarlarni yetkazib berish bo'yicha forvard keli­ shuvini anglatgan.
XVII asrning 30-yillari. Lola guli piyozi (ildizi) savdosiga ishqibozlik. XVII asrning 30-yillari oxirida Gollandiya va An­ gliyada Iola guli piyozi (ildizi) savdosiga ishqibozlik barcha­ ni o'ziga jalb etdi. Lola guli piyoziga opsionlar Amsterdamda XVII asr boshlarida savdo qilingan bo'lsa, 30-yillarga kelib, Angliyaning Qirollik birjasida ham mavzur operatsiyalar amalga oshirila boshlandi. Lola guli piyozi bilan bog'liq savdoning va foydaning keskin ortishi 1636-1637-yillarda bozorlarda inqiroz­ larni yuzaga keltirdi.
XVII asrning 50-yillari. Guruch kuponlari. Yaponiyadagi yer egalari turli ob-havo sharoitlarining o'zgarishiga qaramasdan na­ tura ko'rinishida (guruch hosildorligining bir qismi) renta olishga qanoatlanmasdan qo'shimcha naqd pulni ham dehqonlardan ta­ lab qilishgan. Ular shahar omborxonalarida guruchni saqlab, uni omborxona tilxati (guruch kuponlari) asosida sotganlar. Mazkur kuponlar o'z egasiga ma'lum miqdorlagi guruchni kelishilgan sifat va narx bo'yicha kelajakda aniq bir muddat ichida olish huquqini bergan. Shunday qilib, yer egalari barqaror daromadga, sotuvchilar (dehqonlar, shuningdek, yer egalari) esa guruchni ka­ folat asosida yetkazib berish va kuponlarni sotishdan foyda olish imkoniyatiga ega bo'lishgan. Xonma avlodidan bo'lgan savdogar Munexisa kelajakdagi narxlarni prognoz qilishga intilib, moliya
bozorlarin i texnik tahlil qilishda keng qo'llaniladigan, narxlar harakatini ko'rsatuvchi yapon shag'arnchalaridan amaliyotda foy­ dalandi va texnik tahlilga asos soldi.

  1. asr 60-yillar. Birinchi zamonaviy fyuchers shartnomala­

rining yuzaga kelishi. London fond birjasida <
va < op­ sionlar bilan savdo arnaliyoti XIX asr 30-yillarida amalga oshirila boshladi. Amerika birjalarida esa tovarlar va aksiyalarga opsionlar bilan savdo amaliyoti XIX asr 60-yillarda yo'lga qo'yildi. Chika­ go savdo palatasi (Chicago Board of Trade (1848-yilda ochil­ gan)) tomonidan birinchi forvard shartnornasi 1851-yil 13-rnartda ro'yxatdan o'tkazilgan. 1865-yilda mazkur palata fyuchers shart­ nomasi bilan don savdosini shakllantirdi. Mazkur shartnoma don ekinlarining sifatini, sonini, vaqti va yetkazib berish joyini stan­ dartlashtirish imkonini berdi.

  1. asr 70-yillar. Moliyaviy fyuchers shartnomalarining yu­ zaga kelishi. 1972-yilda Chikago fond birjasi (Chicago Mercantile Exchange)da yangi «Xalqaro valuta bozori>> (International Mone­ tary Market) bo'limi tashkil etildi. Bu birjada valuta, ya'ni moli­ yaviy fyucherslar savdosi amalga oshiriladigan birinchi maxsus maydon sifatida qayd etildi. O'sha davrgacha fyuchers bitimlari­ ning bazis aktivlari sifatida tovarlardan foydanilgan. 1973-yilda Chikago savdo palatasi (Chicago Board of Trade) Chikago opsion birjasi (Chicago Board Options Exchange)ni tashkil etdi. Ushbu yildan boshlab lpoteka krediti bo'yicha davlat milliy assotsiatsi­ yasining depozitar tilxatlarga, AQSHning g'aznachilik majburi­ yatlariga fyucherslar ham amaliyotda paydo bo'ldi. 70-yillar oxi­ rida jahondagi birjalarda moliyaviy fyucherslar savdosi amalga oshirila boshlandi.

XX asr 80-yillar. Birjadan tashqari derivativlar bozorining rivojlanishi. Xalqaro hisob-kitoblar banki ma'lumotlariga ko'ra birjadan tashqari derivativlar (ko'pincha spekulyativ kapital xu­ susiyatiga ega aktivlar)ning o'rtacha kunlik aylanmasi oxirgi 10 yilda qariyb 5 barobarga ortdi. Mazkur davrda fond indekslari bo'yicha hosila moliyaviy vositalar ham paydo bo'ldi.

    1. Download 1,93 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish