№1
Moddiy nuqtaning tebranishlari y=0.2sinᴨ(t+1/6) koʻrinishga ega. Vaqt t=0.5 s ga teng boʻlganda tezlik va tezlanishni qiymati va amplituda, davri, boshlangʻich fazasi topilsin.
Tenglamasi x=0.05sin2t (m) boʻlgan garmonik tebranma harakat qilmoqda. Potensial energiyasi W=10-4 J va muvozanat holatga qaytaruvchi kuch F=5 10-3N boʻlgan vaqt momenti topilsin. Shu holatga mos kelgan tebranishlar fazasi topilsin.
Amplitudasi A=5 cm tebranishlar chastotasi 1 Hz , va siljish x=1.5 cm boʻlgan vaqtdagi tezlik, tezlanish va kuch qiymati topilsin. Jismning massasi m=10 g.
№2
Garmonik tebranishlarning boshlangʻich fazasi nolga teng. Muvozanat holatdan boshlanganda siljish x1=2.4 cm boʻlganda tezlik v1=3cm/s ga teng, siljish x2=2.8 cm boʻlganda esa tezlik v2=2 cm/s ga teng boʻlgan. Tebranishlar amplitudasi va davri topilsin.
Garmonik tebranma harakat qilayotgan nuqtaning muvozanat vaziyatdan siljishi x=A va x=2/3 teng boʻlgan holatlarida kinetik va potensial energiyalarning nisbati nimaga teng?
Massasi m=0.01 g boʻlgan moddiy nuqtaning tebranishlar tenglamasi x=0.05sinᴨ(0.2t+0.25) m koʻrinishda berilgan. Nuqtaning eng chekka holatdagi vaziyatida kuchning oʻzgarish qonunini va siklik chastotasi ω ni toping.
№3
Moddiy nuqta sinuslar qonuniga boʻysingan tebranishlar qilmoqda. Nuqtaning eng katta siljishi A=20 cm va eng katta tezligi vm=40 cm/s Tebranishlarning tenglamasini yozing va maksimal tezlanishni toping.
Massasi M=10 g boʻlgan moddiy nuqta x=5sin(ᴨt/5+ᴨ/4) qonun boʻyicha tebranma harakat qiladi. Nuqtaga taʼsir qiluvchi maksimal kuch va nuqtaning toʻla energiyasi topilsin.
Amplitudasi A=0.2 m , chastotasi 2 c-1 , boshlangʻich fazasi ϕ0=300boʻlgan garmonik tebranma harakat qilayotgan jismning toʻla energiyasi W=5.4 mJ boʻlsa jismning massasi nimaga teng? Qanday vaqtda uning kinetik energiyasi potensial energiyasiga teng boʻladi?
№4
Garmonik tebranishlarning boshlangʻich fazasi nolga teng. Davrning qanday boʻlagida nuqtaning tezligi uning maksimal qiymatini yarmiga teng boʻladi?
Massasi m=0.01 kg boʻlgan moddiy nuqta tenglamasi x=Asinωt boʻlgan garmonik tebranish qiladi. Bunda A=0.2 m va ω=8 c-1ga teng. Vaqtning t=0.1 s momenti uchun qaytaruvchi F kuchning qiymati va toʻla mexanik energiyasi topilsin.
Massasi m=5 g boʻlgan jism tenglamasi x=0.1cos (t+1/2) boʻlgan tebranishlarda qatnashayapti (oʻlchamlari SI sistemasida). Harakat boshlangandan keyin t=10 s oʻtgach jismning kinetik, potensial va toʻla energiyasi topilsin.