J. Salimov 2020-yil 23-mart kuni taxminan soat 19: 00 larda Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Chuqursoy koʻchasi, 20-uy, 11-xonadonda fohishaxona tashkil etib, fuqaro T. Oʻtayev va S. Botirovalarga jinsiy aloqa qi
16. J.Salimov 2020-yil 23-mart kuni taxminan soat 19:00 larda Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Chuqursoy koʻchasi, 20-uy, 11-xonadonda fohishaxona tashkil etib, fuqaro T.Oʻtayev va S.Botirovalarga jinsiy aloqa qilishlari uchun 200.000 soʻm pul evaziga uyida sharoit yaratib bergan.
J.Salimov sud majlisida aybiga toʻliq iqror boʻlib, u 2020-yil 23-mart kuni fuqaro T.Oʻtayev va S.Botirovalarni jinsiy aloqa qilishlari uchun oʻzining uyidan, yaʼni Chilonzor tumani, Chuqursoy koʻchasi, 20-uy, 11-xonadondan yotoqxona ajratib berganligini va buning evaziga ulardan 200.000 soʻm pullarni olganligini, ularni yotoqxonaga kiritib yuborganidan soʻng eshik taqillaganligini, u eshikni ochganida IIB xodimlari kirib kelishganligini, shu vaqtda ichkaridan T.Oʻtayev va S.Botirovalar chiqib qolishganligini, shunda IIB xodimlari ushbu shaxslar kim ekani va uning uyida nima qilishayotganini soʻrashganida, u 200.000 soʻm pul evaziga ushbu shaxslarga jinsiy aloqa qilishlari uchun xonadonidan yotoqxona ajratib berganini aytib, ulardan olgan 200.000 soʻm pullarni IIB xodimlariga topshirganligini, oqibatini oʻylamasdan shu ishni qilganligini, qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligini bildirib, suddan unga nisbatan yengillik berishni soʻradi.
1. Vaziyatga huquqiy baho bering hamda jinoyat tarkibini tahlil qiling.
2. Kazusdan kelib chiqqan holda tamom boʻlgan va tamom boʻlmagan jinoyatlarning oʻziga xos jihatlarini bayon qiling.
Ushbu kazusni taxlil qilishni berilgan vaziyatdagi jinoyatning tarkibini aniqlab olishdan boshlashmiz kerak. Mazkur holatda Jinoyat kodeksining maxsus qismi 131 – moddasida belgilangan foxishaxona saqlash va qo’shmachilik qilish jinoyati sodir qilinmoqda. Bu jinoyatning obyekti jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq, fuqarolarning sog‘lig‘i hisoblanadi. Jinoyat obyektiv tomondan fohishaxona tashkil etish qilmishida ifodalanadi. Ushbu jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan, har qanday aqli raso shaxs bo‘lishi mumkin. Subyektiv tomoni esa egri qasd shaklidagi aybda ifodalandi. Subyektiv tomonning zaruriy belgisi tamagirlik va boshqa past niyatlarni qondirishga qaratilgan bo’lishi kerak, ya’ni sodir etilgan qilmish mana shu maqsadlarga qaratilgan bo’lsagina, jinoyat deb topilishi mumkin. Bevosita moddaga qaraydigan bo’lsak, ,,Fohishaxona tashkil etish yoki saqlash —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi’’ deyiladi. Ammo holatga e’tibor bersak, ayblanuvchi shaxs o’zi qilgan qilmishiga iqror bo’lib, sudda chin ko’ngildan pushaymon ekanligini bildirdi. Bunday vaziyatda J.Salimovning hatti-harakatlari javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar sifatida inobatga olinishiga olib keladi. Bunga asos sifatida kodeksning 55, 571- moddalarini keltirish mumkin. Unga ko’ra: ,, ushbu Kodeks 55-moddasi birinchi qismining “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lgan va ushbu Kodeks 56-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda jazo muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning uchdan ikki qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga tatbiq etilmaydi.”
Demak, J.Salimovga jazo tayinlashda yengillashtiruvchi holatlar inobatga olinishi kerak. Tamom bo‘lmagan jinoyat (tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd) konkret jinoyat tarkibi belgilarida nazarda tutilgan xatti-harakatlarni to‘liq bajarmaslik yoki jinoiy oqibatlarni keltirib chiqarmaslik bilan tavsiflanadi. Tamom bo‘lgan jinoyat sodir etilgan qilmishda konkret jinoyat tarkibining qonunda nazarda tutilgan barcha belgilari mavjudligi bilan tavsiflanadi.
Ma’lum bir jinoyatni tamom bo’lgan deb topish uchun jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan ijtimoiy munosabatga ijtimoiy xavfli qilmish orqali tajovuz qilish natijasida ma’lum jinoiy oqibatlarga olib kelish shartini ko’rsatish kerak.
Jinoyat sodir etish bosqichlari jinoyat huquqi tomonidan qasddan jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish va bevosita bajarish bosqichlari (jinoiy faoliyatning rivojlanish bosqichlari) sifatida tushunilib, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishdan boshlanib, jinoiy oqibatlar kelib chiqishida tamomlanadi.
Bu bosqichlar uchta: 1) jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichi; 2) jinoyat tarkibi obyektiv tomonini bajarish; 3) jinoyatning tamom bo‘lishi va ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishi. Ular bir-biridan aybli harakatlarning xususiyati va mazmuniga ko‘ra, shuningdek, jinoiy qilmishning tamomlanganlik darajasiga ko‘ra farq qiladi.
Kazusdagi vaziyatni tamomlangan deb topish mumkin. Negaki jinoiy qilmish va uning natijasi sifatida oqibat mavjud. Jinoyatning ilk bosqichi sifatida jinoyatga tayyorgarlik bu holatda mavjud emas, chunki bu jinoyat egri qasd shaklida sodir etilgan. Egri qasdli jinoyatlarda esa jinoyatga tayyorgarlik bosqichi bo’lmaydi, shunga qaramay bu jinoyat tamomlangan deb hisoblanadi.