1 I. K a rim o v . 0 ‘z b e k is t o n n in g o ‘z istiqlol va taraqqiyot y o ‘li, T.: O ‘zb ek isto n ,
1992 y. 9 -b .
oshirishda esa, bevosita marketingni boshqarish va bozor yo‘nalishidagi
savdo-sotiqning yagona tizimi bo'lishi-korxonani boshqarishdan iborat
bo‘ladi. Bu esa rahbariyat va umuman korxona faoliyatidagi yanada yuqo-
riroq bosqich bo‘lib, korxona yangi ilg‘or texnologiyaga asoslangan holda,
bozor talablariga asosan ish yuritadi. Shuningdek, respublikamizdagi
ishlab chiqariladigan mahsulotlaming texnikaviy ko‘rsatkichlarini ham
takomillashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Bunda o‘z navbatida, ishlab
chiqarish xarajatlarigina emas, shu bilan birga bozor narxlari darajasi
ham e’tiborga olinmoqda. Ayniqsa, tovarlami o ‘rash-joylash muayyan
darajada mahsulotni sotishni tezlashtiruvchi va ayni paytda tovarlaming
firma reklamasini kengaytiruvchi muhim tadbir hisoblanadi.
Keyingi o‘n yillik mobaynida sanoati rivojlangan mamlakatlar taraq-
qiyoti tarixida va uchinchi dunyo mamlakatlarida tashqi iqtisodiy
faoliyatni jonlantirishda yetarlicha tajribalar to‘plandi. Rivojlanishning
bunday yo‘li natijasida respublikamizda iste’mol qilinadigan mahsu-
lotlarning chorak qismidan ko‘prog‘i, shu jumladan, ishlab chiqarish
maqsadlarida foydalaniladigan mahsulotlar jami hajmining 2/5 qismi
boshqa mamlakatlardan keltirilib import qilindi, ayni paytda respub-
likamizdan chetga chiqariladigan mahsulotlaming 80 foizdan ko‘pro-
g‘ini paxta xomashyosi va yarim tayyor mahsulotlar tashkil etdi. Hoziigi
paytda respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan minglab qo‘shma korxo-
nalarning zamirida marketing yotibdi. Ularda asosan, o‘rganilgan talab
va taklif asosida jahon andozalariga mos keladigan tovarlar ishlab chi-
qarilmoqda. Xususan, «Sovplastital» qo'shma korxonasi mahsulotlari,
« 0 ‘zDEU» kompaniyasining elektronikasi, avtomobillari, «Toshinterm»
qo‘shma korxonasi termoslari va shularga o ‘xshash minglab qo‘shma
korxonalar zamon talablariga mos tovarlar ishlab chiqarmoqda. Bunday
qo‘shma korxonalarning ochilishi va sifatli tovarlar ishlab chiqarilishi
ko‘p jihatdan mutaxassis-kadrlarga, sarmoya, erkin faoliyat ko‘rsatishga
va sanoat marketingiga bog‘liqdir.
Hozirgi paytda respublikamizda yetarli va mukammal darajada
marketing bilan shug‘illanadigan yagona davlat organi mavjud emas,
Vazirlar Mahkamasi qoshida «Tashqi iqdisodiy aloqalar va marketing»,
Tashqi iqdisodiy aloqalar vazirligi .qoshida «Marketing» Bosh bosh-
qarmasi, vazirliklar tarkibida marketing bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim
va boshqarmalar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Ular respublikamizda faoliyat
ko‘rsatayotgan korxonalar yo‘nalishini belgilab turadilar. Amaliyotda
marketingni boshqarish korxonaning o‘z marketing tizimini tashkil
etish yo‘li bilan amaiga oshiriladi.
Garchi, mamlakatimizda marketingga 80-yillar boshlaridan boshlab
e’tibor berila boshlagan b o ‘lsa-da, bugungi kunda 0 ‘zbekiston
marketingini amalda qo'llashda hali ancha orqada. Bozor munosabatlariga
o'tish marketingni rivojlantirish uchun dastlabki shart-sharoit bo‘lib
xizmat qiladi. Quyidagilar 0 ‘zbekistonda istiqbolli maqsadlar bo‘lishi
mumkin: ishlab chiqarish quwatlaridan samaraliroq foydalanish; ishlab
chiqarishni rivojlantirish va eng zarur tovarlarni realizatsiya qilish;
bozor talablaridan kelib chiqqan holda tovarlarni sotish shakllari va
usullarini yanada rivojlantirish.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish korxonalarida bozor iqtisodiyoti
shakllanayotganligi munosabati bilan boshqaruvning tashkiliy tuzilishini
qayta qurish bo‘lib o ‘tmoqda. Ko‘plab korxonalarda marketing guruhlari
tuzilgan. Bir qator mashinasozlik korxonalaridagi mahsulot sotish
(o‘tkazish)ni boshqarishning tashkiliy tuzilishini tahlil qilish shuni
ko‘rsatadiki, ommaviy va ko‘p sonli turdagi ishlab chiqarish uchun —
mahsulot sotishni boshqarishning markazlashgan tizimi, kamsonli va
yakka tartibdagi ishlab chiqarish uchun esa — markazlashmagan tizim
xosdir. Markazlashmagan tizim uchun sotish funksiyalarini turli xizmat-
lar bo'ylab joylashtirish xos qoida tariqasida buyurtmalar portfeli (reja
funksiyasi)ni ishlab chiqarish bo‘limlari shakllantiradi, sotish bo‘limi
zimmasida esa tezkor-sotish vazifasi qoladi. Sotishni boshqarishning
markazlashgan tizimi uchun esa barcha mahsulot o‘tkazish funksiyala
rini korxonaning sotish boiim ida jamlashtirish xosdir. Sotish bo‘li-
mining tuzilishi asosini tovar va funksional prinsiplar tashkil qiladi.
Ba’zi sanoat korxonalari kichik mustaqil marketing bo‘limlarini
tuzgan. Masalan, Toshkent agregat zavodida besh kishidan iborat musta
qil marketing boiim i yaratilgan. Bu bo‘limning funksiyalari quyidagilar-
dan iborat: tovar bozorini o‘rganish, reklama, xaridorlarga servis xizma-
ti ko'rsatish.
Ko‘rinib turibdiki, marketing bo‘limi ancha cheklangan marketing
vazifalari doirasini bajaradi. Bo‘limning tuzilishi mohiyatan hali shakl-
langan deb bo'lmaydi. Bunday holat 0 ‘zbekistonning ko'plab korxona-
lariga xosdir.
Bozor iqtisodiyotiga o ‘tish sharoitlarida sanoat korxonalari oldida
turgan vazifalarga ko‘proq mahsulot sotishni boshqarishning rivojlangan
funksional bo‘linmalarga ega markazlashgan tuzilishi mos keladi. Shu-
ning uchun bu davrda bo‘lim tarkibida marketing guruhlarini shakllan-
tirish maqsadga muvofiqdir. Kelgusida esa, bozor munosabatlari rivoj-
lanib borishi bilan mustaqil marketing xizmatlarini shakllantirish uchun
sharoitlar yaratiladi. Ular to ‘la hajmda o ‘z vazifalarini o ‘taydigan
bo'ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |