1.2. «Biznes marketingi» fanining predmeti va vazifalari 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o ‘z nutqlarida:
- «Biznesning barcha tarmoqlarida va turlarida iqtisodiy rivojlanish va
o'sishga erishish, uning taraqqiyotiga keng va erkin sharoit yaratish,
mamlakat taraqqiyotining eng muhim yo'nalishidir»1 — degan edilar.
Biznes marketing fanining predmeti bo‘lib bozor iqtisodiyotiga o'tishda
biznes marketingida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, ulami
shakllanish va rivojlanish jarayonlarining nazariy va amaliy masalalari
hisoblanadi. U nihoyatda keng qamrovli bo‘lib, inson faoliyati, biznesini
barcha qirralarini o ‘z ichiga oladi. Ularning barchasi uchun umumiy
bo‘lgan shakllanish va rivojlanish qonun va qonuniyatlarini o‘rganadi
va har birining o‘ziga xos va mos xususiyatlariga alohida urg‘u beradi. Bu
qonuniyatlardan kelib chiqib, biznesning barcha soha, tarmoq va
ko'rinishlari marketingini istiqbolini aniqlaydi.