Rejalashtirishning moslashuvchan tizimi rejadagi davrlarga bog‘lanib
qolishni bartaraf qiladi va bozorda va kompaniyaning o ‘zida o ‘zgarishlar
yuzaga kelganda mustaqil ravshida kompaniyaning faoliyatini o ‘zgartiradi.
M arketing tahlili amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, har besh yilda bir
marta KQO bozorini chuqur marketing tadqiq qilish va navbatdagi yil
ham da kelgusi besh yil uchun strategiya bo'yicha takliflar ishlab chiqish
zarur. Besh yillik rejalar asosida har yili yillik reja tuziladi, ularda maqsad
yo'nalishlarini muvofiqlashtirib olish mumkin. Global strategik vazifalar
ilgari surilganda 10 va undan ortiq yillarga uzoq muddatli rejalar ishlab
chiqiladi. KQO marketingi strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish
— uzluksiz jarayon bo‘lib, faqat qilingan xulosalarni qayta ko‘rib
chiqishnigina emas, balki b o zo rn i tahlil qilish usullari va unga
yondashuvning o'zini, ishlab chiqarishni va sotishni tashkil qilishni
ehtimol tutilgan tubdan o'zgartirishni ham nazarda tutadi.