Birinchi xususiyat
— agromarketing xizmati birinchi hayotiy zarurat
tovari bilan ish k o ‘radi, tegishlicha o ‘z vaqtida kerakli hajm va
assortim entda, iste’m olchilarning yoshi, jinsi, milliy a n ’analari,
sog‘lig‘ining holatini hisobga oigan holda ularning ehtiyojlari va
manfaatlarini qondirish lozim b o ‘ladi. Odatda, bu yerda tovar tez
buziladigandir. Shuning uchun yetkazib berishning tezkorligi, maqsadga
muvofiq qadoqlash, joylash, servis va estetik xizmat zarur bo‘ladi.
Agrosanoat majmuasi ishlab chiqarayotgan tovarlarning qanchalik
muhimligi va ularni respublikamiz milliy iqtisodiyotidagi ahamiyatini
quyidagi 4-jadval m a ’lumotlaridan kuzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |