9.2. Bank marketingining shakllanishi
0 ‘zbekistonda banklar faoliyati Konstitutsiya, Fuqarolik kodeksi,
« 0 ‘zbekiston Respublikasi M arkaziy banki haqida», «Banklar va
b an k lar faoliyati haqida» qonunlari bilan tartibga solinadi. U shbu
huquqiy aktlar bizning davlatimiz bank tizim ining huquqiy bazasi
hisoblanadi.
0 ‘zbekistonning milliy pul, bank tizim i va u ning m arketing
shakllanish jarayoni, uni tartibga solishni shartli ravishda bir necha
bosqichlarga ajratish mumkin. Birinchi bosqich 1991 -yildan 1994-yilni
qamraydi, milliy valutani kiritish va ikki pog‘onali tizimni shakllantirish
u ch u n qonuniy va institutsional asoslar q o ‘yildi. Qisqa vaqt ichida
M arkaziy bank ish uslubi va tashkiliy tuzilmasi qayta qurildi va asosan
maxsus tijorat banklari miqdori o ‘sdi. Banklarning m arketing rejalari
va faoliyati asosan ustav kapitali, mijozlar bazasini shakllantirishga,
xizmat b o ‘yicha maxsuslashishga yo‘naltirildi.
Ikkinchi bosqichda, 1994-yidan 1996-yilgacha m uom alaga milliy
valuta kiritildi hamda bank tizimining ikki pog‘onali huquqiy asosi tashkil
etildi. Banklarning marketingi asosan ustav kapitalini, mijozlar bazasini
kengaytirishga, xizmatlar bo‘yicha maxsuslashishni takomillashtirishga
yo ‘naltirildi.
U ch in c h i bosqich 1997—2000-yillarga t o ‘g ‘ri keladi, b u n d a
makroiqtisodiy barqarorlashish sharoitida bank sohasiga xususiy kapitalni
jalb qilish, tijorat banklarida korporativ boshqarishni amalga oshirish
va banklar ustidan nazorat tizimini yanada kuchaytirish bilan bog‘liq
ishlami rivojlantirish yuz berdi. Banklaming marketingi asosan nafaqat
ustav kapitali va m ijozlar bazasini kengaytirishga, balki boshqa
xizmatl kengaytirishga yo‘naltirildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 21-m art «Bank
tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish b o ‘yicha chora-tadbirlar
haqida»gi Farm oni bank tizimi islohotlarini chuqurlashtirish, tijorat
banklari mustaqilligini oshirish va ularni investitsion jarayonlar faol
ishtirokchisiga aylantirishni ko‘zda tutgan edi.
U shbu hujjatlar qabul qilinishi bilan davlatimiz b ank tizimi
rivojlanishida to 'rtin chi bosqich boshlandi. Uning asosiy vazifalari:
Birinchidan — bank faoliyatini yanada erkinlashtirish asosida
aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini izchil mustahkamlash. Bu
aholining vaqtincha b o ‘sh pul mablagMarini bank qo'yilmalariga jalb
qilish imkonini beradi.
Ikkinchidan — har qanday rivojlangan iqtisodning tuzilmasini
tashkil etuvchi kichik va o ‘rta biznes rivojlanishiga imkon yaratish, uni
moliyaviy resurslar bilan ta ’minlash tizimini maksimal soddalashtirish.
U chinchidan — valuta m unosabatlarini yanada erkinlashtirish
b o ‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish hisobidan joriy hisobraqam lar
bo'yicha milliy valutaning erkin ayirboshlanishini ta ’minlash.
B an k larn in g m ark etin g faoliyati asosan bozordagi ulu sh in i
kengaytirishga, yanada universallashishga, yangi bank xizmatlarini
joriy qilishga, filiallar tarm og'ini kengaytirishga, xizmat ko‘rsatish
sifatini oshirishga yo‘naltiriladi.
M arketing xizmati banklarning barcha tarkibiy bo'linmalari ishlari
asosiga quriladi. Marketingni tijorat banklari boshqaruviga kiritish faoliyat
strategiyasi va taktikasi mezonlari tizimi yuzaga kelishining boshlanishiga
h am da bozorni o ‘rganish va rivojlantirish choralarini aniqlashga olib
keladi. Marketingni joriy qilish darom ad o'sishi va bank faoliyati xatari
kamayishiga imkoniyat yaratadi. M arketingning zarurligi bozorda
rivojlanayotgan b an k faoliyati jaray o nlari adekvatligini q o ‘llab-
qu w atlash mexanizmi bilan aniqlanadi.
Aksariyat banklar marketingga vaziyatdan kelib chiqib murojaat
qilishadi. U lar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- sotuv hajmlari pasayishi bank rahbarlarida sarosimani keltirib
chiqaradi va qiyinchilik sabablarini axtarishga majbur qiladi.
- sotuv hajmining sekin o ‘sishi; bu holda banklar yangi b ozorlar
axtara boshlashadi. Aksariyat banklar marketingga murojaat qilib, yangi
b ozo r imkoniyatlarini topishga yordam berishini tushunishadi;
- i s t e ’m o lc h i x o h is h in in g o ‘z g a r is h i. A k s a riy a t b a n k l a r
iste’molchilar talabi tez o ‘zgarishini tavsiflovchi bozorlarda faoliyat
ko'rsatishadi. Bu kabi bozorlarda muvaffaqiyatli faoliyatning garovi
marketing ekanligini anglab yetadi;
- o'sayotgan raqobat. Katta b o ‘lm agan banklar raq o batch ilar
tom onidan qarshilikka duch kelishadi.
- o‘sayotgan marketing xarajatlari. Ba’zi bir banklar reklam ani
ko'paytirish, m arketing tadqiqoti va mijozlarga xizmat ko ‘rsatish
xarajatlari juda katta deb hisoblashadi. Bu holda rahbariyat m arketing
auditini o ‘tkazish va marketing boMimi ishlariga o ‘zgartirishlar kiritish
haqida qaror qiladi.
Marketing uslublarini q o ‘llash zarurligini 0 ‘zbekiston Xalq banki
va Rossiya Jamg‘arma banki misolida kuzatish mumkin. Ulaming ikkalasi
ham jismoniy shaxslar bilan ishlashga moMjallangan D avlat banki
vorislari hisoblanadi. Agar Rossiya Jam g‘arm abanki markazlashgan reja
tizimi yiqilgandan keyin g'arbdagi o ‘xshash operatsiyalarga talab mavjud
b o ‘lgan xizmatlarni ko‘rsatishga o ‘z faoliyatini yo‘naltirilgan b o ‘lsa, u
holda 0 ‘zbekiston Xalq banki aktiv operatsiyalarga kam e ’tibo r berib
depozit operatsiyalarga urg‘u berdiki va natijada bu hol Xalq banki
uchun salbiy natijaga olib keldi.
Tijorat banklari faoliyatida marketing XX asming 70-yillaridan
boshlab keng qo‘llanila boshladi, bu bank faoliyatini universal qilish,
boshqa davlat banklari bilan raqobatni kuchaytirish, nobank muassasalar
(sug'urta, jam g‘arma, trast kompaniyalar, pensiya fondlar) ko‘rinishida
raqobatchilar paydo boMishi, qim matli qog‘ozlar bozori rivojlanishi
oqibatida banklardan jamg‘armalaming kamayib ketishiga sabab b o ‘ldi.
Bu banklami bank xizmatlari bozorini o ‘rganish zarurligiga, uning
yangi ehtiyojlarini o ‘zlashtirish yoki boshqacha aytganda qurollanishga
marketingning yangi konsepsiya va uslublarini tatbiq qilishga olib keldi.
D astlab ban k larn in g ishlari am aliyo tig a m a rk e tin g n in g a lo h id a
elementlari kiritildi. 80-yillarda marketing tijorat banklari to m o n id an
boshqarishning ajralmas qismiga aylandi.
Bank rahbariyati m arketing b o ‘limi oldiga bozorni o ‘rganish
vazifasini qo‘yadi va uning asosida o ‘z maqsadlarini aniqlaydi. U m um iy
holatda marketing masalasi bank faoliyati uchun alohida muhim bo‘lgan,
ustav kapitalini oshirishni rejalashtirishi, faoliyat geografiyasi va uning
miqiyosini kengaytirishi bilan bog'liq qarorlar qabul qilishda o'rganilishi
mumkin.
Marketingning asosiy maqsadi bank muassasasidan to so‘nggi
iste’m olchigacha bank xizmati barcha yo‘lida qulaylik yaratishni
t a ’minlash hisoblanadi. Bank xizmatlari xilma-xilligini ko‘rib chiqib,
qayd etish lozimki, ularning keng spektri AQSH, Yevropa, Yaponiya
va qator boshqa davlatlar banklari tom onidan taklif etiladi va ushbu
xizmatlar ro'yxati oxirgi yillarda tez o ‘smoqda. Shu munosabat bilan
bank marketing ishlari, m azm un va maqsadi so‘nggi yillarda moliya
bozorida kuchayayotgan raqobat ta’siri ostida ahamiyatli o ‘zgardi. Bank
x iz m a tin i ta b a q a la s h tir is h eng s a m a ra li u s lu b la r id a n b iri —
raqobatchilar bilan solishtirganda yanada sifatli servisni doimiy taklif
qilishdir. Xizmatlami iste’mol qilishga maqsadli segment xaridorlarini
jalb qilish — mijozlarning sifatli xizmat olish talabini qanoatlantirish
dem akdir. Is te ’m o lch ilarn in g kutishi, u larning aw algi tajribasi,
suhbatlar va reklama asosida shakllanadi. Xaridorlar ularga zarur bo‘lgan
xizmat qiluvchini tanlashadi va keyin o‘z taassurotlarini va kutganini
taqqoslashadi. Agar qabul qilish qadri dastlabki taassurotga to ‘g‘ri
kelmasa xaridor xizmat sotuvchisiga qiziqishini yo‘qotadi. Agar uning
kutishlari yuqori darajada qanoatlantirilsa, u sifatli xizmat qilgan bankka
yana murojaat qiladi.
Banklarning faoliyat ko‘rsatish tijorat tavsifi marketingni keng
qo'llashni talab etadi. Bank sohasida marketing xususiyati nafaqat bank
ishlarini tijoratlashtirish va pul resurslarini samarali foydalanishni
t a ’minlash, balki barcha bank faoliyati obyekti b o ‘luvchi pul aylanimi
xususiyatlari bilan belgilangan bo‘ladi. Shu bilan birga bank marketingi,
birinchi navbatda, xo‘jalikda naqdsiz hisob-kitoblami takomillashtirish
hisobiga pul aylanishini tezlatishga m o‘ljallanadi.
Bank sohasida m arketing kredit resurslari bozorini o ‘rganishga,
mijozlar moliyaviy holatini tahlil qilishga va ushbu bazada banklarga
q o 'y ilm a la r n i ja lb q ilish im k o n iy a tla rin i, b an k fa o liy a tid a g i
o ‘zgarishlami taxmin qilishga erishiladi. Hozir, korxona va tashkilotlarga
o ‘z hisobraqamini h ar qanday bankda ochishga ruxsat berilgan, bank
ishida raqobat asosi kengaymoqda. M arketing yangi m ijozlarni jalb
qilishga, m ijo zlarn i o ‘z m a b la g ‘la rin i u sh bu b an k k a q o ‘yishga
qiziqtiruvchi bank xizmatlari sohasini kengaytirishga yo'naltirilgan.
Bank muhitida nafaqat om onatchilar doirasini kengaytirishga, balki
ularga xizmat ko‘rsatish sifatini doim iy yaxshilashga jalb qilingan
marketing afzal bo'lib qolmoqda. Bank doirasida marketing xususiyati
shundan iboratki, tijorat banklari nafaqat om onatlarni jalb qilishdan,
balki har xil birlashmalarni, korxona va tashkilotlarni, shirkatlar va
aholini kreditlash orqali mablag‘larni faol ishlatishdan m anfaatdor.
Bu marketingning tijorat banklarining mabl?g‘ q o ‘yuvchilar bil?n va
korxona, shirkat va aholiga ssuda berish shaklida amalga oshiriladigan
kredit q o ‘yilm alari sohasida m a rketing n i m ajm uali rivojlantirish
zarurligini belgilaydi. Ushbu ikki sohada marketingning m aqsadi har
xil: birinchi — mijozlarni mablag‘ q o ‘yuvchi sifatida bankga jalb qilish,
ik k in c h id a n — b a n k k red it re s u rs la rin i b an k u c h u n s a m a ra li
foydalanadigan korxona va tashkilotlarga yo‘naltirish.
Banklarda marketing doirasida quyidagi um um iy tam oyillar to ‘liq
amalga oshishi lozim:
— aniq bozor maqsadiga erishish u ch u n barcha bank xodimlarining
harakatlar yo'nalishi;
— marketing faoliyat jarayoni majmuyi (rejalashtirish, tahlil, tartibga
solish va nazorat);
— marketingni istiqbolda va joriy rejalashtirish birligi;
— qabul qilinadigan marketing qarorlarini amalda birlashtirish asosi
sifatida nazorat;
— bank marketingi xodim ining ijodiy faolligi va tashabbusini har
to m o n la m a r a g ‘b a t la n ti r is h o ‘z m a la k a s in i d o im iy o s h ir is h
manfaatdorligini t a ’minlash;
— bank jam oasida qulay ruhiy m uhitni yaratish.
Mijozlar bilan m uloqatda b o ‘lish doirasida bank marketingi aktiv
va passivga bo‘linadi.
Aktiv marketingga quyidagilar kiradi: bevosita marketing, y a’ni
pochta orqali reklama, telefon va televideniye; aholi keng guruhini
so‘rovi, shu jum ladan, ko‘chada so‘rov o ‘tkazish; salohiyatli mijoz
bilan shaxsiy m uloqot, uning talablarini o ‘rganish.
Passiv marketingga — m atb u o td a bank faoliyati va holati, uning
xizmatlaridan mijozlarga m anfaat haqida chop etish kiradi. Bozorda
mustahkam joylashib olishni xohlagan bank marketingning ushbu ikkita
uslubidan foydalanishi lozim.
Tijorat banklari o ‘z xizmatini bozorga siljitishning yangi uslublarini
ishlab chiqmoqdalar. Sotish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha
d a s tu r n i o ‘tk a z is h m u v a ffa q iy a tin i b a h o la s h q a to r u m u m iy
ko‘rsatkichlarni o ‘z ichiga oladi. Awalo, bu bankda bank mustaqil
tarkibini o ‘z ichiga oluvchi «daromadlar markazlari» mavjudligidir.
H a r bir bu kabi markaz sotishni rivojlantirish b o ‘yicha o ‘z dasturini
ishlab chiqadi.
Banklar, bozorda faoliyat ko‘rsatuvchi boshqa xo'jalik tashkilotlari
kabi konyunkturani tebranishga ko'niktirish mexanizmini ishlab chiqadi.
Tijorat banklari tom onidan marketingni boshqarishga kiritish nafaqat
strategiya va axloq taktikasini ishlab chiqish mezonlari yuzaga kelishiga,
balki bozom i o'rganish va rivojlantirish aniq choralarini ishlab chiqish,
bozor kataklizmasiga tezkor e ’tibor berish imkonini beruvchi muqobil
va moslanuvchan qarorlar tayyorlashga asos soldi. Respublikamizda bank
faoliyatida marketing, aw alo , yangi mijozlarni ja lb qilish maqsadida
reklam a faoliyati joriy qilina boshladi. Bank fondlarining shakllanishi
yangi banklar uchun birinchi navbatdagi vazifa hisoblanadi, ularning
yaratilishi bizning davlatimizda davom etmoqda. Marketingning boshqa
yo‘nalishi 0 ‘zbekiston sharoitida qo‘llaniluvchi bank operatsiyalarining
yangi turlarini tadqiq qilishga xizmat qiladi (eksport-import to'lovlari,
depozit sertifikatlari, valutaoperatsiyalari, ipoteka, trast operatsiyalari
va boshq.).
Bank rivojlanishi uzoq muddatli rejasi bank faoliyatini aniqlovchi
b osh y o ‘nalishni shakllantirish, asosiy g'oyalar, m aqsadlarni va
strategiyani, istiqboldagi faoliyat xarakterini, mavjud resurslardan
yaxshi foydalanishni tanlash va ishlab chiqishni shakllantirishni o ‘z
ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |