5.2. Agrosanoat marketing axborot tizimi
Agromarketing tizimini boshqarish samaradorligi va agrobiznes
sohasida qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarining sifati ko‘p jihatdan
marketing axboroti tizimi aniq ishlashiga bog‘liq. Bugungi bozorda
muvaffaqiyatli raqobat olib borish uchun iste’molchilarning bugungi
ehtiyojlarini bilishning o ‘zi yetarli emas. Ular ertaga nimani m a ’qul
ko‘rishlarini bilish, ya’ni amalda axborotlarni boshqarish ham zarurdir.
A g ro m a r k e tin g a x b o r o tla r h ajm i k a tta lig i b ilan b irg a, k o ‘p
tomonlamalik va murakkabligi bilan ajralib turadi. To‘g‘ri qarorlar qabul
qilish esa, aynan zarur b o ‘lgan yoki foydali axborotni tanlash, uni
sifatli tahlil qilish darajasiga bog'liq. Pirovardida buning hammasi
marketing axboroti alohida tizimini ishlab chiqishni talab qiladi.
Qarorlar qabul qilish mezoni bo'yicha agromarketingning axborot
tizimi uchta kichik tizimga bo'linadi: boshqaruv qarorlarini qabul qilish;
reja qarorlarini qabul qilish; fundamental tadqiqotlar bo'yicha qarorlami
ta’minlash.
Funksional mezonlar b o ‘yicha quyidagi kichik tizim lar ajratib
ko'rsatiladi: ichki hisobotdorlik, tashqi joriy agromarketing axborotini
to ‘plash, agromarketing tadqiqotlari, agromarketing axborotni tahlil
qilish.
Ichki hisobotdorlik kichik tizimi agromarketingni boshqaruvchilami
qishloq xo‘jaligi korxonasining faoliyati haqidagi, uning b o ‘linmalari
va alo h id a xodim larining faoliyati haqidagi m a ’lu m o tla r bilan
ta ’minlashga xizmat qiladi.
Tashqi joriy agromarketing axborotlarini to‘plash kichik tizimi tashqi
marketing muhiti haqida joriy m a ’lum ot olish manbalari, usullari va
vositalari majmuyidan iborat.
A grom arketing ta d q iq o tlari kichik tizim i tegishli b o sh q aru v
qarorlarini qabul qilishda qishloq x o ‘jaligi korxonasi marketingini
boshqaruvchilarga tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda zarur
b o ‘lgan m a ’lum otlar doirasini aniqlash, ularni to ‘plash, tahlil qilish
va natijalar haqida hisobot uchun moMjallangan.
A xborotlar t o ‘plangandan keyin ular tahlil qilinadi. A xborot
jadvallashtiriladi. Ularga ishlov berish uchun statistik (guruhlashtirish,
indekslar va shu kabilar) yoki iqtisodiy-statistik usullar q o ‘llanilishi
mumkin. K o‘p hollarda tegishli dasturlar bilan ta ’minlangan E H M d an
foydalaniladi.
Agromarketing tadqiqotlarining yakunlovchi bosqichi olingan
natijalar haqida hisobot taqdim etish va boshqaruvchilarga tavsiyalar
berish hisoblanadi. Qoida tariqasida bu yozma ravishda amalga oshiriladi.
Bunda tor kasbiy terminlarni q o ‘llashdan tiyilish yoki zaru r b o ‘lganda
terminologiyani belgilab olish zarur.
Agromarketing tahlili kichik tizimi faoliyati agromarketing axbo
rotini saqlash, qayta ishlash va tahlil qilishga qaratilgan elem entlar yi-
g‘indisidan iborat. Bu kichik tizim faoliyat ko‘rsatishining m aqsadi —
tegishli qarorlar qabul qilish uchun agromarketingni boshqaruvchi
larga ishlov berilgan, tizim lashtirilgan axborotlarni ta q d im etish
hisoblanadi. Tizimning asosiy elementlari m a ’lumotlar banki, statistik
protseduralar banki, modellar banki va agromarketing qarorlari qabul
qilishni q o ‘llab-quwatlash tizimi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |