J jaloloy, A. Fattaxov, I. Axmedov, I. Xotamov, G. Xodjamuratoya, A. Azlarova, A. Shadmankulov, D. Jaloloya, D. Qosimov



Download 9,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/165
Sana18.03.2022
Hajmi9,18 Mb.
#499754
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   165
Bog'liq
Biznes marketingi

1 5 - b o b .
TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT MARKETINGI
15.1. Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingining
mohiyati va ahamiyati
Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) marketingi T IF subyektlari bo'lgan 
korxona, firma, tashkilot va vazirliklarning har birini o‘z mafaatini 
nazarda tutgan holda respublika uchun eng muvofiq, mos va samarali 
tashqi iqtisodiy bitimlarini tuzish oldidan va ulami amalga oshirish 
bo'yicha olib boradigan faoliyatlarining majmuidir. Bu faoliyat doirasi 
nihoyatda keng bo'lib, u kichik korxona (firma)dan tortib yirik vazirlik 
(korporatsiya)ning ishlab chiqarish, transport, savdo-sotiq, moliya, 
konsalting, biija, sayyohlik, erkin iqtisodiy hududlar kabi turli sohalar- 
dagi TIF marketingi faoliyatini o ‘z ichiga oladi.
T IF marketingini mukammallashtirish har jihatdan yuqori samara 
keltiradi. Marketing tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, bu tadbirga sarflan- 
gan har 1 AQSH dollari o ‘z egasiga 2,5 dollar boMib qaytar, ish sifati 
yaxshilanar va u bilan band xodimlar katta m a’naviy oziq olar ekan. 
T IF marketingini takomillashtirish natijada aholi farovonligini 
oshirishga, respublikamiz eksport bazasini kengaytirishiga, mamlakat 
iqtisodiyoti salohiyatining yuksalishiga va shu asosda jamiyatda yig'ilib 
qolgan ayrim muammolarni hal qilishga olib keladi.
90-yillar respublikamiz uchun ochiq iqtisodiyot poydevorini vujudga 
keltirish uchun zarur siyosiy, huquqiy va tashkiliy asos yaratish yillari 
bo‘lib tarixga kiradi. Totalitar tuzum tugatilishi bilan Ittifoqning tashqi 
aloqalami tartibga soluvchi huquqiy m e’yorlar, eksport va importni bir 
markazdan shakllantiruvchi umumittifoq tizimi, valuta resurslarining 
umumittifoq darajasida qayta taqsimlanishi kabilar tartibi barham topdi.
Sobiq SSSR davrida 0 ‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati va 
shu jumladan, marketingi bilan shug‘ullanish rasman mavjud bo‘lsada, 
bu ish haqiqatda markazdan turib amalga oshirilar, respublikaning hech 
qanday huquqi yo‘q edi. Umuman bizda T IF haqida tushuncha yo‘q 
darajada edi. Jahon bozoridagi ahvol va uning talab-ehtiyojlari sohasidagi


bilimlarimiz ham zaif edi. TIF sohasida marketolog mutaxassislar 
tayyorlanmas va tashqi savdo mahoratini egallab olgan malakali kadriar 
mutlaqo yetishmas edi. Shular sababli dastlabki paytlarda tashqi siyosat 
va TIF marketingini amalga oshirishda bir qancha qiyinchiliklarga duch 
kelindi. Mahsulotni eksport qilish hajmi kamaydi, valuta tushumlari 
qisqardi. 0 ‘zbekistonlik eksportchilarni ko‘pgina an’anaviy bozorlardan 
surib chiqarishdi. Jahon bozorida marketing tadqiqotlari olib bormagan 
sobiq Ittifoq respublikalari mahsulotlarini jahon bozoriga tartibsiz 
ravishda ko‘plab chiqara boshlaganligi va ko‘pgina mamlakatlardagi 
iqtisodiy krizislar oqibatida 1992-yilda paxta tolasi, oltin, rangli metallar, 
neft va boshqa xomashyo resurslarining jahon narxlari juda pasayib 
ketdi. Vujudga kelgan vaziyat tashqi iqtisodiy kompleksi boshqarishning 
o‘ziga xos tizimini shakllatirishni, TIF marketingi faoliyatini zudlik bilan 
y o ig a q o ‘yish borasida o ‘z konsepsiyamizni ishlab chiqishni, 
0 ‘zbekistonning jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilish yoilarini mustaqil 
ravishda yangilashni taqozo etdi. Bu esa m a’muriy cheklashlarni keskin 
qisqartirish va ulami umum qabul qilingan xalqaro normalar va qoidalar, 
tashqi savdoni boshqarishning bozor vositalari bilan almashtirib, tashqi 
iqtisodiy faoliyatni asta-sekin erkinlashtirishni dolzarb vazifa qilib qo‘ydi.
M ustaqillikning b irin ch i ku n larid an o q 0 ‘zbekiston ja h o n
hamjamiyati bilan hamkorlik, integratsiya siyosatini izchillik bilan olib 
bordi. Bu TIF marketingini mukammallashtirish uchun eng yaxshi 
asos edi. 1992-yil 2-martida 0 ‘zbekiston BMTning teng huquqli a’zosi 
boidi. Hoziigi kunda respublikamiz 50 dan ortiq nufuzli xalqaro-siyosiy, 
iqtisodiy, moliyaviy va hududiy tashkilotlaming a’zosi. Shu kunga kelib, 
0 ‘zbekistonni barcha davlatlar tan olgan. Dunyodagi 140 dan ortiq 
m am lakat bilan rasmiy diplom atiya m unosabatlari o ‘rnatilgan. 
Toshkentda 50 mamlakat o ‘z elchixonalarini ochgan.
Bugungi kunda, 0 ‘zbekiston t o i a huquqli asosda eng o b ro ii va 
nufuzli xalqaro tashkilotlar tarkibiga kirgan b o iib , barcha qit’alardagi 
o ‘nlab mamlakatlar bilan do'stona aloqalami rivojlantirib bormoqda. 
Eng yirik bank va moliya organlari, nodavlat va nohukumat tashkilotlari 
bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Respublikada 88 ta chet davlat 
vakolatxonalari ro‘yxatdan o ‘tgan, 24 ta hukumatlararo tashkilotlar va 
13 ta nohukumat tashkiloti ishlab turibdi. 0 ‘tgan yillar mobaynida 
respublika ko‘plab juda muhim xalqaro konvensiyalarga qo'shildi.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin o ‘zining mustaqil 
tashqi iqtisodiy siyosatini o'tkazmoqda. Bu siyosatni ro'yobga chiqarishda


T IF marketingi asosiy rol o ‘ynamog‘i lozim. Bunda, T IF marketingi 
quyidagi o ‘ziga xos tamoyülar asosida amalga oshiriladi:
— mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar tashqi munosabatlarda 
oshkoralik;
— teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlik, mamlakatlarning 
ichki ishiga aralashmaslik;
— o‘zining milliy davlat manfaatlari ustuvorligida o ‘zaro manfaatlami 
har tomonlama hisobga olish, respublika biron-bir davlatning ta ’sir 
doirasiga kirmasligi;
— to‘la ishonch, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilot doirasidagi 
hamkorlikni chuqurlashtirish asosida ikki tomonlama, shuningdek, 
ko‘p tomonlama, tashqi aloqalar o ‘rnatish va ularni rivojlantirish;
— um um e’tirof etilgan xalqaro huquq normalariga rioya qilish va 
xalqaro tartibga izchillik bilan o'tish.
Bu tamoyillar 0 ‘zbekistonning barqaror rivojlanishi va uning TIF 
marketingini mukamallashtirish uchun eng yaxshi kafolatdir. Chunki, 
0 ‘zbekiston kapital sarflash nuqtayi nazaridan ham, dunyo miqyosidagi 
keng qamrovli xavfsizlikning tarkibiy qismi sifatida mintaqada barqaroriikni 
ta’minlash nuqtayi nazaridan ham, dunyo hamjamiyatida borgan sari 
e’tiborga sazovor bo‘lib borayotir. Respublika T IF marketingining asl 
mohiyati haqida fikr bildirilganda quyidagilarni ta ’kidlash lozim: 
mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq qabul qilingan 
Konstitutsiya va bir qator asosiy qonunlar hayotimizning hamma 
tom onlarini demokratiyalash, jam iyatim izning yangilash hamda 
0 ‘zbekistonni o ‘zining ishonchli va istiqbolli sherigi deb bilayotgan 
jahondagi ko'plab mamlakatlar bilan hamkorlik jarayonlari ortga 
qaytmasligining qudratli huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda. Bir 
vaqtning o ‘zida chet ellar bilan munosabatlarni muvofiqlashtirish va 
rivojlanish maqsadida bir qator institutsional o'zgartishlar ham amalga 
oshirildi. Tashqi aloqalami ta’minlaydigan asosiy tuzilmalar: Tashqi ishlar 
vazirligi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 7-sentabr 
farmoniga binoan 0 ‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar 
Vazirligi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 21-avgust 
farmoniga binoan Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlik, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1997-yil 18-fevral farmoniga asosan 
« 0 ‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi tashkil topdi.
Tashqi aloqalami kengaytirish, respublikaning eksport imkoniyat- 
larini rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida va butun tashqi iqtisodiy


faoliyatni erkinlashtirish uchun huquqiy negizlarni yaratib berdi. 
Prezidentimiz farmonlari asosida hukumat qarorlari qabul qilindi. Bular 
aw alo, 1991-yil 14-iyunda kuchga kirgan «Tashqi iqtisodiy faoliyat 
to ‘g‘risida», 1994-yil 5-mayda kuchga kirgan «Chet el investitsiyalari 
va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to ‘g‘risida» (bu qonun 
1998-yil 30-aprelda o ‘z kuchini yo'qotdi, sababi 1998-yil 30-aprelida 
ikkita yangi: «Chet el investitsiyalari» to‘g‘risida va «Chet ellik investorlar 
huquqlarining kafolatlari va ulami himoya qilish choralari» to ‘g‘risida 
0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari kuchga kirdi) qonun qabul qildi. 
1995-yil 22-dekabrda kuchga kirgan « 0 ‘zbekiston Respublikasining 
xalqaro shartnomalari», 1998-yil 1-yanvarda kuchga kirgan «Bojxona 
tarifi» haqidagi qonun hamda boshqa qonuniy va m e’yoriy hujjatlar 
bo ‘lib, ular T IF matketingini tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga 
oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish 
va ulami bajarish uchun asosiy shart-sharoitni yaratishga imkon berdi. 
Respublikaning iqtisodiy manfaatlarini, 0 ‘zbekistonning xorijdagi 
yuridik shaxslarva fuqarolarni himoya qilishni ta’minlashga respublika 
hududida chet el sarmoyadorlar faoliyati uchun huquqiy kafolatlarni 
belgilab berishga imkoniyat yaratdi. «Chet el investitsiyalari» to‘g‘risidagi 
qonunga asosan, chet el tadbirkorlariga foydasini chet elga olib chiqishga 
kafolat berildi. Qonunchiligimizda ma’lum bir o‘zgarishlardan saqlanish 
uchun kafolatlar ham mavjud. Chunonchi, chet el sarmoyadoriga o‘n 
yil mobaynida sarmoyani kiritib, faoliyatni boshlagan chog‘dagi 
qonunchilik amal etadi. Unga muvofiq chet ellik hamkorlar bu davrda 
h a r qanday xavf-xatardan m uhofaza qilinadi. Shunday qilib, 
mamlakatimizdagi huquqiy m e’yorlar chet el tadbirkorlariga erkin 
faoliyat ko‘rsatishga hamda sarmoyalami kiritish uchun qulay sharoitlar 
yaratadi. Bular esa, o‘z navbatida T IF marketingining faoliyat yuritish 
uchun huquqiy va rag‘batlantiruvchi asosdir.

Download 9,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish