J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


Zamonaviy iqtisodiy qarashlar va uning rivojlanish yo‘nalishlari



Download 0,56 Mb.
bet7/83
Sana02.08.2021
Hajmi0,56 Mb.
#135904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83
Bog'liq
Иқтисодиёт назарияси фанидан Маъруза матни

2. Zamonaviy iqtisodiy qarashlar va uning rivojlanish yo‘nalishlari
XIX asrning 70-yillaridan boshlab «siyosiy iqtisod» atamasi «iqtisod» tushunchasiga almashtirila boshlandi. Mazmunan iqti­sodiyot nazariyasida yangi yo‘nalish «ekonomiks» (inglizcha “economics” – iqtisod, xo‘jalik hayoti, iqtisodiy fan) shakllandi, u fan sifatida xo‘jalikni rivojlantirish qonunlarini o‘rgatishni anglatadi.

Shu sababli, bu davrdan qator g‘arb mamlakatlarida yangi iqtisodiy konsepsiyalar paydo bo‘ldi va mustahkamlandi. Ularda qiymatning mehnat nazariyasini inkor qilish asosida nazariy fanni uning ijtimoiy muammolaridan ozodqilishga urinishlar kuzatildi. Fan tadqiqot markaziga ijtimoiy va tarixiy mazmundan mahrum qilingan bir qator umumiy prin­siplar qo‘yildi. Bular: iste’mol jarayonida iqtisodiy ne’mat­lar subyekt nafligi pasayib borish prinsipi; iqtisodiy muvozanatlik qoidalari va boshqalar.

Iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi ishlab chiqa­rishning mavjud omillari (mehnat, kapital, yer)dan foydala­nishning muqobil imkoniyatlaridan tanlashda muammoning ijtimoiy mazmunidan ozodqilingan «texnologiya» bo‘lib qoldi. Diqqat markazga iqtisodiyotning bozor mezonlariga binoan samarali faoliyat qilish masalasi chiqadi. Har bir iqtisodiyot subyekti imkoniyatlar cheklanganlik muammosiga to‘qnash keladi. Shundan kelib chiqib, fan jamiyat cheklangan resurslardan nima, qanday va kim uchun ishlab chiqarish muam­mosini qanday hal qilish mumkinligini tadqiqqiladi.

XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab «marjinalizm» deb atalgan oqim vujudga kelib, shakllana boshladi. U fransuzcha “marginus” so‘zidan olingan bo‘lib, «keyingi qo‘shilgan», degan ma’noni beradi. Uning asoschilari Avstriya iqtiso­diy makta­bining namoyonda­lari Кarl Menger (1840-1921), Fridrix fon Vizer (1851-1926), Bem Bavrek (1851-1914) hamda ingliz iqtisodchisi Uilyam Stenli Jevons (1835-1882) bo‘lib, ular tomonidan keyingi qo‘shilgan tovar nafliligining, mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borishi, keyingi xarajat kabi nazariyalar ishlab chiqildi. Bu oqim iqtisod fanida yangi yo‘nalish neoklassik, ya’ni yangi klassik deb nom oldi. Mazkur nazariyaning yirik namoyandalaridan biri A.Marshall bo‘lib, u iqtisodiy jarayonlarning uzviy bog‘lanishi va uning nisbat­la­ri­ni ishlab chiqishga harakat qildi, bozor muvozanati va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb qaraydi. Bu nazariy yo‘nalishning namoyondalaridan biri Shveysariya iqtisodchisi Leon Valras (1834-1910) bo‘lib, u umumiy iqtiso­diy muvozanat modelini ishlab chiqishga harakat qildi.

Neoklassiklar o‘zlarini A.Smit va boshqa liberal iqtisod­chi­larning izdoshlari deb hisoblab iqtisodiy erkinlik va davlatning bozor mexanizmiga aralashmaslik prinsiplarini qo‘llab chiqadi. Ularning bosh g‘oyasi shundan iboratki, bozor iqtisodiyoti muvozanatlikni o‘z-o‘zicha tartibga solish va qo‘llab-quvvatlashga layoqatli, davlat faqat bozorning faoliyat qilishi uchun shart-sharoit yaratishi zarur. Neoklassik oqim tarafdorlari o‘zlarining tadqiqot predmeti sifatida ijti­moiy tashkil qilinish shaklidan qat’i nazar “sof iqtisodiyot” va shaxsiy manfaatga asoslangan bozor iqti­sodiyoti alohida subyektlari xatti-harakatini nazarda tutadi.

Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandasi E.Shumpeter «Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi» (1912-yil) deb nomlangan kitobida iqtisodiy tizimlar o‘zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki mazmunini ko‘rsatishga harakat qildi va u iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik degan xulosaga keladi.

Ingliz iqtisodchisi Jon MeynardКeyns (1883-1946) o‘zining «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936-yil) degan kitobida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: milliy daromad, kapital xarajatlar, iste’mol va jamg‘arishningo‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib, investitsiyava iste’mol nisbat­lariningeng maqsadga muvofiq tarzda qaror topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko‘rsatadi. Кeyns ta’limoti ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo‘lga qo‘yildi. U davlatning iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi zarurligini asosladi.

Кeynsning bosh g‘oyasi shundan iboratki, bozor iqtisodiy tizimi takomillashmagan va o‘z-o‘zini tartibga solishga layoqatli emas, mumkin bo‘lgan yuqori bandlik va iqtisodiy o‘sish faqat iqtisodiyotga davlatning faol aralashuvi orqali ta’minlanishi mumkin.

O‘tgan asrning 50-yillari boshlarida neokeynschilar­ (R. Xar­rod, E. Domar, E. Xansen va boshq.) bandlik va inflatsiya o‘rtasida optimal nisbatni topishga harakat qilib, iqtisodiy o‘sish muam­mosiningyechimini ishlab chiqadi. “Neoklassik sintez” konsepsiyasi ham shunga yo‘naltirilgan. Jumladan, P. Samuelson neoklassik va Кey­nscha nazariyalarni, ishlab chiqarishning optimal darajasini ta’minlovchi hamda talabni faollashtiruvchi omillarni bog‘lashga harakat qiladi. P. Samuelsonning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, qachonki to‘liq bandlikka erishilganda bozorningo‘zini-o‘zi tartiblash tizimi ta’sir ko‘rsata boshlaydi.

XX asrning 60 – 70-yillarida neokeynschilar (J. Robinson, P. Sraffa, N. Кaldor va boshqalar) daromadlarni ancha teng taqsimlash, bozor raqobatini cheklash, inflatsiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazishni yoqlab keynschilikni D. Rikardo g‘oyalari bilan to‘ldirishga harakat qiladi.

Кeyns nazariyasi g‘arb mamlakatlarida iqtisodiy o‘sishning, ancha yuqori sur’atlarini ta’minlash, bandlikni oshirish va umumiy farovonlikni o‘stirish imkonini berdi. Biroq kuchli jahon iqtisodiy inqirozlari iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish jamiyatni ishsizlik, inflatsiyava iqtisodiy bo‘hronlarni bartaraf qilishga layoqatsiz ekanligini ko‘rsatdi. Shu sababli, iqtisodiyot nazariya­sidagi yangi yo‘nalish – monetarizm, yangi klassik maktab va neoinstitutsionalizm keynschilikni siqib chiqara boshladi.

Monetarizm – iqtisodiyotni barqarorlashtirishda pul omillari hal qiluvchi rol o‘ynashini asoslashga qaratilgan nazariya monetaristlar iqtisodiyotni boshqarishda davlat pul masalasi, pul emissiyasi, muomala va zaxiradagi pul miqdorini nazorat qilishi, davlat budjeti muvozanatlashuviga erishishi va yuqori bank kredit foizini o‘rnatishi zarur deb hisoblaydi.

Monetarizm erkin raqobat va narxningerkin shaklla­nishini bozor iqtisodiyotining asosi va uning muvozanatlikka erishish sharoiti deb hisoblaydi. Ular fikricha, bozor o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tizim bo‘lib qolaveradi, davlatning aralashuvini esa faqat pul sohasi bilan cheklash lozim.

Uning asoschilaridan biri amerikalik iqtisodchi Nobel mukofoti sovrindori Milton Fridman o‘zining tadqiqoti negizida iqtisodiyotni barqaror qilishda pul omili asosiy rol o‘ynaydi, degan g‘oyani ilgari suradi. M. Fridmanning fikricha, pul iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning tartibsiz dastagi bo‘lishi mumkin.

Uning iqtisodiy qarashlaridan Pi­nochet davlat boshqa­ruviga kelgan davrda Chilida, R.Reygan iqtisodiy siyosatini asoslash uchun AQSHda foydalanilgan.

XX asrning 50–60-yillarida neo­klassik yo‘nalishida bir qator yangi oqimlar vujudga keldi. Ularning asosiylari quyidagilar:

Neoliberalizm (F.Xaek, Shumpeter, L.Erxard) – asosiy e’tiborni davlatning iqtisodiyotga aralashuvini eng kam darajaga keltirishga, xususiy tadbirkorlikni rivojlan­tirishga qaratish lozimligini uqtiradi.

Institutsionalizm tarafdorlari (T.Veblen, U.Mitchel, M.Veber, J.Gelbreyt) fikriga ko‘ra xo‘jalik yurituvchilar o‘rtasidagi muno­sabatlar nafaqat iqtisodiy, balki noiqti­sodiy omillar ta’sirida vujudga keladi. Shu sababli, iqtiso­diyotga muassasaviy o‘zgarishlar orqali ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Hozirgi paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator yo‘nalishdagi iqtisodiy qarashlar «Ekonomiks» nomli kitobda mujassamlashgan bo‘lib, bu AQSH, Angliya va boshqa qator mam­lakatlarda darslik sifatida o‘tiladi.

Hozirgi paytda bu yo‘nalishdagi fan mamlakatimiz va boshqa qator MDHdavlatlarida «Iqtisodiyot nazariyasi» deb atala boshlandi.

«Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib o‘tgan yo‘l va unda vujudga kelgan g‘oyalar, oqimlar juda murakkab, ko‘pincha bir-biriga zidva qarama-qarshidir. Shunday bo‘lsa-da, ular bir-birini to‘ldiradi, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning ichki ziddi­yatlarini, qonunlarini ma’lum darajada umumlashtirib ifodalaydi.

Iqtisodiy fanda turli xil maktablarning mavjud bo‘lishi va iqtisodiy jarayonlarni bilishga turlicha yondashuvlar iqti­sodiy hayotning murakkabligi, o‘zgaruvchanligi va ziddiyatli bo‘lishini tasdiqlaydi. Shu sababli,hech bir nazariya doimiy va mutlaqhaqiqat bo‘lib qolmaydi. Ayni vaqtda bu nazariyalar o‘z rivojlanishining u yoki bu bosqichida turgan jamiyat iqtisodiy muammolarini mushohada etish va hal qilishga ma’lum hissa qo‘shadi. Shundan kelib chiqib va vujudga kelgan ziddiyatlarni bartaraf qilish maqsadida turli xil, hatto iqtisodiyot naza­riyasi­dagi qarama-qarshi oqimlar yutuqlarini umumlash­tirish zarur bo‘ladi.






Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish