J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


Dastlabki va keyingi merkantilizmning o’ziga xosligi



Download 0,54 Mb.
bet20/55
Sana09.05.2023
Hajmi0,54 Mb.
#936587
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Bog'liq
J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedra

Dastlabki va keyingi merkantilizmning o’ziga xosligi
Dastlabki merkantilizm buyuk geografik kashfiyotlardan oldin paydo bo’ldi va XVI asrning o’rtalarigacha faol amal qilib keldi. Uning asosiy vakillari Uilyam Stafford (1554–1612) (Angliya), Gaskar Skaruffi (1519–1584) (Italiya) va boshqalar hisoblanadi. Dastlabki merkantilizm «pul balansi» siyosatini olib borgan. Bu siyosat pul muomalasini, tashqi savdoni ma’muriy yo’l bilan qattiq tartibga solish asosida mamlakatning pul boyligini ko’paytirishga qaratilgan (mamlakat puli qancha ko’p bo’lsa, u shuncha boy hisoblangan). Dastlabki merkantilizm oltin va kumushni boylikning mutlaq shakli deb qaradi va uni chetdan olib kelish yo’lini qidirdi. Dastlabki merkantilistlar tashqi savdoda ijobiy saldoga erishish uchun quyidagilar maqsadga muvofiq hisobladilar:
– eksport qilinadigan tovarlarga maksimum yuqori baho o’rnatishni;
– tovarlar importini har tomonlama cheklashni;
– mamlakatdan oltin va kumushning oqib chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslikni.
Dastlabki merkantilizm davrida hukumat xorijiy savdogarlarni ularning pulini mahalliy pulga almashtirish va ko’proq tovar sotib olishga qiziqtirish maqsadida ataylab chaqalarni buzib, ularning qiymmatini pasaytirish bilan shug’ullangan. Keyinchalik tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi, tashqi savdoning kengayishi merkantalistlarning boylik muammosiga bo’lgan qarashini o’zgartirishga majbur etdi.
Keyingi merkantilizm XVI asrning ikkinchi yarmidan XVII asrning ikkinchi yarmigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. (Uning asosiy vakillaridan biri ingliz Tomas Man hisoblanadi). Bu davrga kelib milliy sanoat va savdoni rivojlanishining davlat tomonidan rag’batlantirilishi sababli, mamlakatlar o’rtasida savdo aloqalari keng va muntazam rivojlana boshladi. Dastlabki merkantilistlarning «pul balansi» o’rniga keyingi merkantilistlarning «savdo balansi» nazariyasi kelib chiqdi. «Savdo balansi» nazariyasi (yoki yetuk merkantilizm) Angliyada keng tarqala boshladi. Mazkur kontseptsiya vakillari dastlabki merkantilistlarni mamlakatdan tashqariga pul chiqarishni man etgani, importni haddan tashqari cheklagani uchun tanqid qildi. Ularning fikricha, hukumatning tashqi iqtisodiy siyosatdagi asosiy vazifasi – mamlakatda imkoni boricha ko’proq pul mablag’larini jamg’arish emas, balki aktiv savdo balansiga erishishdir (eksportning importdan ustun bo’lishi). Eksport va import o’rtasidagi farq (ijobiy saldo) – mamlakat boyligining o’sishidir. Demak, real boylik bu– «o’lik pullar» yig’indisi emas, balki yangi pullarni, ya’ni pul kapitalini vujudga keltiruvchi pullardir.
Merkantilistlar fikriga ko’ra, savdoning muqobil balansiga erishish uchun davlat eksportni rag’batlantirib importni ta’riflar, kvotalar, subsidiya va soliqlar orqali ishga solishi kerak. Mahsulot ichki iqtisodiyotda hukumat aralashuvi orqali rag’batlantirilishi va xorijiy savdo orqali boshqarilishi lozim.
Xorijdan manufaktura tovarlarni keltirilishi arzon xom-ashyolar importni, ularni tovar eksporti uchun ishlatilishi kabilar himoya majburiyatlari hisoblangan.
Merkantilistlar savdo balansi mohiyati va tabiat o’rtasidagi nomutanosibliklar haqida fikr yuritishgan. Shunisi aniqki, ko’pgina merkantilistlar davlat boyligi tovar, iste’mol yoki ishlab chiqarishda emas, balki qimmatbaho metallarga egaligida deb fikr yuritishgan, Qimmatbaho metallarning ishlab chiqarishi savdo balansini o’rnatadi degan fikrni o’rtaga tashlaydi.Ularning qarashlariga ko’ra xalqlar bilan savdoning umumiy balansi muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, Angliya va Hindiston savdo balansi bir-biriga mos kelmasligi mumkin, biroq Hindistonda import qilingan arzon xom-ashyolardan Angliyada eksport qilinadigan tovarlar manufakturasi uchun foydalanilishi mumkin. Shunday masalalardan biri qimmatbaho metallar yoki eksport bilan bog’liq, ilk Merkatilistlar yombilar eksporti qat’iyan taqiqlanishi kerakligini tavsiya qilishgan.Keyinchalik yozuvchilar agar yombi eksport tovarlari uchun xom ashyo sotib olish maqsadida ishlatilsa, u savdo balansi uchun o’rinli bo’lishi mumkin degan farazni taklif etishgan.
Shulardan kelib chiqqan holda, keyingi merkantilizm vakillari aktiv savdo balansiga erishish uchun qator tavsiyalarni ilgari surdilar:
– tashqi bozorlarni nisbatan arzon tovarlar sotish yo’li bilan egallash hamda bir mamlakat tovarini olib, boshqalariga uni qimmatiga sotish;
– mamlakatda faqat aktiv savdo balansini saqlab turgan holda, tovarlar importiga ruxsat etish (zeb-ziynat buyum-laridan tashqari);
– qulay savdo ishlarini amalga oshirish uchun oltin va kumushni chetga chiqarish, pirovard natijada mamlakatda ularning massasini ko’paytirish.
Pulning tovarli mohiyatini tan olsada, uning qimmatini keyingi merkantilistlar ilgarigidek oltin va kumushning tabiiy xususiyatidan deb qaradilar. Ammo aynan ular metallistik nazariyadan pulning miqdoriy nazariyasiga va monometallizm tizimiga o’tishga sabab bo’lgan. Agar dastlabki merkantilistlar pulning jamg’arish funktsiyasini asosiy deb bilgan bo’lsalar, keyingi rivojlangan merkantilistlar – muomala funktsiyasini asosiy hisobladilar. Keyingi merkantilistlarning ishonchiga ko’ra, pulning qimmati uning miqdoriga nisbatan teskari bog’liqlikda, tovarlar bahosi darajasi esa pul miqdoriga to’g’ri mutanosiblikda bo’ladi. Ular, pul taklifining ko’payishi unga bo’lgan talabni oshirgach, savdoni rag’batlantiradi, deb bir tomonlama hisobladilar.




Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish