Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgar bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi hamda uning hududiy organlari, agar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchilar huquqlarining buzilishini bartaraf etish to’g’risidagi ko’rsatmalarni bajarishdan bo’yin tovlasa yoki o’z vaqtida bajarmasa, unga jarima solishga haqli. (O’zR 05.04.2002 y. 364-II-son Qonuni taxriridagi qism)
"O’zstandart" agentligi va ushbu Qonun 26-moddasining birinchi qismida ko’rsatilgan davlat boshqaruvining boshqa organlari: (O’zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni taxriridagi xat boshi)
Do'stlaringiz bilan baham: |