Iste’molchi undirib olgan neustoyka (penya) summasi ish bajarish (xizmat ko’rsatish)ning alohida turi bahosidan yoki buyurtmaning umumiy bahosidan ortiq bo’lishi mumkin emas.
Bajarilgan ishdagi nuqsonlarni bartaraf etish kechiktirilganligi uchun ijrochi to’lagan neustoyka (penya) qoplanishi lozim bo’lgan zarar hisobiga kirmaydi.
Ijrochining majburiyatni umuman yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka (penya) to’lashi va zararni qoplashi uni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod etmaydi.
Iste’molchidan qabul qilib olingan ashyo (material) yo’qolgan, ishdan chiqqan, unga putur yetgan taqdirda yoki iste’molchining materialidan foydalanib bajarilgan ishda jiddiy nuqsonlar bo’lsa yoki u buzib bajarilgan taqdirda ijrochi iste’molchiga aynan o’xshash sifatli ashyoni qaytarishi (o’zining aynan o’xshash sifatli materialidan ish bajarishi yoki xizmat ko’rsatishi), buning imkoniyati bo’lmagan taqdirda esa, ashyoning (materialning) talab qo’yilgan paytdagi qiymatini ikki baravar qilib to’lashi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |