Xulosa berishni rad etganlik yuzasidan ariza beruvchi belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Sertifikatlashtirish organi taqdim etilgan hujjatlar va sinovlarning ijobiy natijalari asosida ikki ish kuni mobaynida muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi.
Muvofiqlik sertifikati chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarga mahsulot yaroqliligining kafolatli muddatiga, ko’plab ishlab chiqariladigan mahsulot uchun esa 3 yilga beriladi.
Tekshirishni o’tkazish muddati, ishlab chiqarishning shakli va toifalariga ko’ra, sinovlar uchun namunalar tanlab olingan vaqtdan boshlab 10 ish kunidan oshmasligi kerak. Tekshirish o’tkazilganligi uchun to’lov amalda sarflangan vaqt bo’yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar kalbkulyatsiyasiga binoan undiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |