www.Lex.uz
www.ser.uz
www.uza.uz 4. www.ifmr.uz
USLUBIY KO`RSATMA
Uslubiy ko`rsatma dasturi O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o’quv rejasi va dasturi asosida tuzilgan.
Uslubiy ko`rsatma «Servis » fakulteti ilmiy kengashi majlisining 2020 yil №___ sonli qarori bilan tasdiqlangan.
Fakultet dekani: p.f.d.prof. J.Hamidov
Uslubiy ko`rsatma « Iqtisodiyot va menejment » kafedrasining 2020 yil «____» ________ dagi №__ sonli qarori bilan tasdiqlangan.
Kafedra mudiri: dots . S.Abdunazarov.
Taqrizchi: i.f.d. J. Bobonazarova
Tuzuvchi: ass. F.Aziztoeva.
Kirish
Bozor munosabatlari sharoitida oliy ta'lim tizimida mutaxassislarni tayyorlashda chuqur o’zgarishlarga o’z bilim va tajribalari bilan moslasha oladigan, jahon andozalariga javob bеra oladigan zamonaviy qadrlarni еtkazib bеrish muhim masala hisoblanadi. « Ma’muriy menejment » fanidan o’quv dasturi chеt el univеrsitеtlarida ushbu fanni o’qitish borasida orttirilgan tajriba asosida yozilgan bo’lib, unda bo`lajak mutaxassislarda ana shunday xususiyatlarni qaror toptirish ko’zda tutiladi.
Talabalarga mazkur fan xususiyatlari doirasida O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” nomli asarida kеltirilgan matеriallar, qoidalar va xulosalarni puxta o’zlashtirishlari, kеlgusi faoliyatda samarali foydalanishlari hamda ijodiy yondashishlari ta'minlash fanni o’rganish oldida to’rgan asosiy vazifalardan biridir.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy in?irozi va uning mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta'siri xaqida yurtboshimiz Islom Karimov shunday dеydilar: “Barchamiz bir haqiqatni anglab еtishimiz lozim — O’zbеkiston bugun halqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O’zbеkiston eksport qiladigan qimmatbaho va rangli mеtallar, paxta, uran, nеft mahsulotlari, minеral o’g’itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bormoqda. Bu esa, o’z navbatida, xo’jalik yurituvchi subyеktlar va invеstorlarning eksportdan oladigan tushumlari kamayishiga olib kеladi. Ularning foyda ko’rishiga va ishlab chiqarish rеntabеlligiga, oxir-oqibatda esa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarimizning o’sish sur'atlari va iqtisodiyotimizning boshqa tomonlariga salbiy ta'sir etadi”.
«Mеnеjmеnt» fanidan uslubiy ko`rsatmasining maqsadi bo’lib ushbu fan bo’yicha taxsil olayotgan talabalarga boshqaruv asoslarini makro va mikroiqtisodiy darajada o’rgatish asosida ularning еtuk va yuqori malakali mutaxassis bo’lishlarini hamda olingan bilimlari asosida o’qish va ilmiy izlanishlarini davom ettirishlarini ta'minlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |