to’g’risidagi ma’lumot
Ishlab chiqaruvchi o’z korxonasining nomi va joylashgan (yuridik) manzili haqida iste’molchini xabardor qilishi shart. Bunday ma’lumot ishlab chiqarish markasi yoki tovar belgisida ko’rsatilgan bo’lishi yoxud boshqa usulda taqdim etilishi lozim.
Sotuvchi (ijrochi) o’z tashkilotining firma nomi, uning joylashgan (yuridik) manzili va ish tartibini iste’molchiga ma’lum qilishi shart. Bunday ma’lumot lavhada aks ettirilishi lozim.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumot savdo va xizmat ko’rsatish muvaqqat binolar, yarmarkalar, ko’chma do’konchalar orqali amalga oshirilgan yoki savdo va xizmat ko’rsatish sotuvchi (ijrochi)ning doimiy joylashgan manzilidan tashqarida amalga oshirilgan boshqa hollarda ham iste’molchilar e’tiboriga yetkazilishi kerak.
Sotuvchi (ijrochi) iste’molchiga tovarlar savdosi, maishiy va boshqa turdagi xizmat ko’rsatishning qoidalari to’g’risida to’liq ma’lumot berishi shart.
modda. Tovar (ish, xizmat)lar to’g’risidagi ma’lumot Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchiga o’zi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o’z vaqtida zarur, to’g’ri va tushunarli ma’lumot berishi shart.
Tovar (ish, xizmat) haqidagi ma’lumotda quyidagilar ko’rsatilishi shart: tovar (ish, xizmat) majburiy talablariga muvofiq kelishi shart bo’lgan normativ hujjatning nomi;
tovar (ish, xizmat)ning asosiy iste’mol xususiyatlari, shu jumladan o’ziga xos xususiyatlari ro’ yxati;
Do'stlaringiz bilan baham: |