fp
Sifat darajasini baholashning kompleks usuli sifatning kompleks (umumlashgan) ko’rsatkichlaridan foydalanishga asoslangan. Bu usuldan mahsulot sifati darajasini faqat bitta son bilan ifodalash maqsadga muvofiq bo’lgan holatlarda foydalaniladi. Kompleks usuliga ko’ra sifat darajasi baholanayotgan mahsulotning umumlashgan sifat ko’rsatkichini taqqoslash asosi qilib qabul qilingan namunaning umumlashgan sifat ko’rsatkichi bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.
Kompleks baholashning mukammalligi umumlashgan sifat ko’rsatkichini ob’ektiv topishdadir.
Baholanayotgan mahsulotning umumlashgan sifat ko’rsatkichlari bilan e’tiborga olinayotgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi bog’liqlikni tavsiflash imkoniyati bo’lgan barcha holatlarda quyidagi funktsional bog’liqlikdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Q = f (n * P )7i (1.4.)
Barcha bo’lishi mumkin bo’lgan usullar, shu jumladan ekspert usulida ham ushbu bog’liqlikning ko’rinishi turlicha bo’lishi mumkin. Odatda, bunday hollarda
umumlashgan ko’rsatkich qilib mahsulotning xususiyatlarini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri qabul qilinadi.
Aralash usulda mahsulot sifatini baholash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Sifatning birlik ko’rsatkichlarini bir qator guruhlarga birlashtiriladi. Guruhlar bo’yicha sifatning kompleks ko’rsatkichlari aniqlanadi.
Mahsulot sifatini baholashda quyidagi tushunchalarni bir-biridan farqlash muhim ahamiyatga ega:
Mahsulotning sifati ko’rsatkichi deb uning sifatini belgilovchi bir yoki bir necha xossa-xususiyatlarning miqdoriy tavsifiga aytiladi.
Mahsulotning belgisi - uning barcha xususiyat va holatlarining sifat va miqdoriy tavsifidir.
Mahsulotning parametri - uning belgisi bo’lib, barcha miqdoriy xususiyat va xolatlarni ifodalaydi.
Mahsulot sifatining birlik ko’rsatkichi deb, uning biror xossa yoki xususiyatini ifodalovchi ko’rsatkichga aytiladi. Mahsulot sifatining birlik ko’rsatkichiga misol qilib, gazlamalarning havo o’tkazuvchanligi, cho’ziluvchanligi, chidamliligi kabi xususiyatlarini keltirishimiz mumkin.
Mahsulot sifatining kompleks ko’rsatkichi deb, uning bir necha xossa xususiyatlarini ifodalovchi ko’rsatkichlarga aytiladi. Mahsulot sifatining kompleks ko’rsatkichiga tortilgan o’rtacha qiymat ko’rinishida aniqlangan ko’rsatkichni misol qilib keltirishimiz mumkin:
n
K0 KtZ, bu yerda
i=1
Ki- mahsulotning i xususiyatining ko’rsatkichi.
Zi- Ki ko’rsatkichning ulushini ifodalovchi koeffitsient.
Guruhlar bo’yicha aniqlangan kompleks ko’rsatkichlar hamda alohida ajratib ko’rsatilgan, muhim ahamiyatga ega bo’lgan birlik ko’rsatkichlar taqqoslash asosi qilib qabul qilingan ko’rsatkichlar bilan taqqoslanadi.
Odatda, o’lchash yo’li bilan mahsulot sifatining birlik ko’rsatkichlari aniqlanadi.
Huquqiy-patent va iqtisodiy ko’rsatkichlar, mahsulotning bir tekisdaligi ko’rsatkichi, standartlash va unifikatsiyalash hisoblash orqali amalga oshiriladi. Hisoblash yo’li bilan, yuqorida aytib o’tganimizdek, sifatning kompleks ko’rsatkichlarini aniqlash mumkin.
P
P
еки
гбаз
гбаз
Sifat ko’rsatkichlarini taqqoslashni intervallar shkalasi yoki nisbatlar shkalasi orqali ham ifodalash mumkin. Sifat ko’rsatkichlarini taqqoslashda ko’rsatkichlar dinamikasining tavsifi ham e’tiborga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |