J. Ismailov, Yа. Chicherina, B. Sharapov


•  atrof vaziyatning sifati, shu jumladan binoning xavfsizligi, sanitariya-gigiena sharoitlari; •



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/27
Sana16.01.2022
Hajmi2,04 Mb.
#371088
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
un uzb government support to NGOs uzb

 atrof vaziyatning sifati, shu jumladan binoning xavfsizligi, sanitariya-gigiena sharoitlari;



 parvarish qilishning sifati;



 huquqiy xizmatlar sifati;



 psixologik xizmatlar sifati;



 xodimlarni tayyorlash darajasi, shu jumladan ularni tanlash va superviziya;



 boshqarish va ma’muriyatchilik sifati, shu jumladan keys-menejment, hujjatlarni yuritish, 

shikoyatlarni ko‘

rib chiqish va monitoring tizimi.

Har xil ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning davlat standartlari qabul qilinishi sifatsiz xizmatlar ko‘rsatish xavfini 

pasaytirgan bo‘lur edi. Standartlar quyidagi sifatning bir qancha asosiy qismlariga asoslanishi mumkin:

Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning davlat standartlari ishlab chiqilishi va qabul qilinishi nodavlat xizmat 

ko‘rsatuvchilar tomonidan sifatsiz ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish xavfini pasaytiribgina qolmay, balki dav-

lat tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yangi darajaga ko‘tarish imkonini beradi. Shu 

munosabat bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi va Mehnat vazirligi tomonidan BMTTD bilan birgalikda ijtimoiy 

xizmatlar ko‘rsatishning tegishli standartlarini ishlab chiqish ishlari tashkil etilgan. 

Biroq, bunda ijtimoiy xizmatlar tizimining rivojlanishi evolyutsion jarayon ekanligini tushunish muhimdir va, 

yuqorida ko‘rsatilganidek, ijtimoiy sharoitlar o‘zgargan taqdirda oldin bo‘lmagan xizmatlarga talab paydo 

bo‘lishi mumkin. Innovatsion xizmatlar paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab uning zarurligi davlat tomonidan 

e’tirof etilgan va keyinchalik standartlashtirilgan paytgacha yetarlicha uzoq vaqt o’tishi mumkin. Xizmatlarga 

bo‘lgan yuqori talab bilan yetarlicha yuqori sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga xizmat ko’rsatuvchilarning 

layoqati o‘rtasida delemma yuzaga keladi.

Masalan, oilaviy nizolardan jabrlangan va boshpanasiz qolgan ayollar uchun tanglik markazlari hozircha 

davlat tizimida mavjud emas. Hozirgi vaqtda NNT negizida ish ko‘rayotgan bunday tanglik markazlari ayollar 

uchun vaqtincha boshpanaga ega bo‘lish va murakkab turmush sharoitidan chiqishning noyob imkoniyati 

hisoblanadi. Ayni vaqtda ushbu markazlarda ovqatlanish sifati, sanitariya-gigiena sharoitlarini hamma vaqt 

ham ideal deb bo‘lmaydi. Albatta, bunday tanglik markazlarini ijtimoiy xizmatning davlat tizimida tashkil 

etish a’lo qaror bo‘lgan bo‘lur edi, biroq bu yetarlicha katta vaqt va resurslarni talab etadi, ushbu xizmatlar 

esa ayollarga bugunning o‘zida zarur.

Foydalanuvchilar uchun zarar bo‘lgan ijtimoiy xizmatlardagi tanaffus/uning to‘xtatilishi xavfi NNT tomoni-

dan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlardagi yana bir xavf hisoblanadi. Uzluksiz barqaror moliyalashtirishga 

ega bo‘lgan davlat muassasalari, shu jumladan mijozlar soni vaqtincha kamaygan va bo‘sh o‘rinlar soni 

ko‘p bo‘lgan vaziyatda xizmatlarning doimiyligini ta’minlashda NNTga qaraganda ustunlikka egadir. Dav-

latning NNT negizida ijtimoiy xizmatga investitsiyalar bilan bog‘liq xavf ham tushunarlidir. NNT rahbariyat/

tashabbuskor guruh o‘zgargan yoki donorlik moliyalashtirishi to’xtatilgan taqdirda o‘z faoliyatini to‘xtatishi 

mumkin. Boshqa tomondan qulay shart-sharoitlar yaratib va tegishli resurslarni ajratib aynan davlat NNT 

rivojlanishining kafili bo‘ladi. NNTning muassislari ular duch kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni hisobga 

olgan holda (ushbu qiyinchiliklar navbatdagi bo‘limda batafsil ko‘rib chiqiladi) o‘z tashkilotining rivojlanishiga 

katta investitsiyalar qo‘yishdan xavfsirashlari mumkin. 




20

Xizmatlarga talab katta bo‘lgan mintaqalarda xizmatlarning bir qismini davlat tomonidan ko‘rsatishni saqlab 

qolish va qo‘shni mintaqalarda davlat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlash imkoniyati ta’minlangan 

holda talab past bo‘lgan mintaqalarda xizmatlarni ko‘rsatishga NNTni jalb etish hisobiga ushbu xavf qisman 

pasaytirilishi mumkin. Biroq xizmatlarni ko’rsatishda xavf pasayishining asosiy omili zarurdir, subsidiyalar yoki 

ijtimoiy buyurtmalar berish yo‘li bilan ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi xizmatlarni davlat tomonidan barqaror 

moliyaviy qo‘llab-quvvatlash davlat tomonidan zarur deb e’tirof etilgan asosiy omildir (NNT negizida ijtimoiy 

xizmatlarni davlat tomonidan moliyalashtirish masalalari navbatdagi bo’limda batafsil ko‘rib chiqiladi).

NNT tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni davlat tomonidan moliyalashtirishda davlat byudjeti 

mablag‘laridan boshqa maqsadlarda foydalanish xavfi yuzaga keladi. U xizmatlarni ko‘rsatishga davlatning 

ijtimoiy buyurtmasini tashkil etish uchun texnik topshiriqlarni ishlab chiqishning, xizmatlarning real qiymatini 

aniqlashning murakkabligi hamda ko‘rsatilgan xizmatlarning natijadorligini baholashning murakkabligi bilan 

bog‘liqdir. Bir qancha ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha texnik topshiriqni shakllantirish hamda uning real qiymatini 

aniqlash uchun buyurtmachi aynan ushbu sohada ishni yuqori darajada bilishi kerak

27

. Davlat ijtimoiy buyurt-



masi asosan aynan innovatsion, ijtimoiy muhofazaning davlat tizimida mavjud bo‘lmagan yoki yetarlicha 

rivojlanmagan xizmatlar turlariga berilishi hisobga olingan holda   texnik topshiriqni tuzadigan mutaxassisni 

topish juda qiyin bo‘ladi. Buning ustiga xizmatlarning ko‘plab turlarini, ularning natijadorligini, ayniqsa sifat-

ning tasdiqlangan standartlari mavjud bo‘lmaganda miqdoriy baholash ham juda qiyin vazifa hisoblanadi

28



Masalan, ijtimoiy xizmatlarning ayrim turlari natijadorligini baholash og‘ir turmush sharoitidan chiqqan 



shaxslar sonining tashkilot xizmatlar ko‘rsatgan shaxslarning umumiy soniga nisbatini aniqlash yo‘li bilan 

amalga oshirilishi mumkin. O‘zbekistonda NNT – ijtimoiy xizmatlar so‘rovi natijalari ularning natijadorligi 

44,6 foizni tashkil etishini ko‘rsatadi

29

. Taqqoslash uchun giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy 



reabilitatsiya qilish maqsadida Rossiyaning “Qutqaruv” markazi faoliyati natijadorligi ko‘rsatkichi 23 foizni, 

Ispaniyada nogiron shaxslar uchun ishga joylashtirishni qo’llab-quvvatlagan xizmatlar bo‘yicha – 60 foizni, 

“Istiqbol” mintaqaviy jamoat tashkiloti huzuridagi ishga joylashtirish klubi (Moskva, Rossiya) bo‘yicha – 58 

foizni tashkil etadi. Bundan tashqari, hatto mijozning qiyin hayotiy vaziyati u ijtimoiy xizmatdan “chiqqan” 

paytda muvaffaqiyatli bartaraf etilgan bo‘lganida ham u biroz vaqt o‘tgach yana o‘zi bartaraf etaolmaydigan 

murakkabliklarga duch kelishi mumkin.

Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning davlat tomonidan nodavlat xizmat ko‘rsatuvchilarga berilishi jamoatchilik 

tomonidan davlatning mas’uliyatdan qochishga intilishi, davlatning muammolarini NNT zimmasiga yuklashi 

va NNTning moliyaviy ulushi hisobiga davlat xarajatlarini qisqartirishga intilish sifatida qabul qilinishi mum-

kin. Ushbu xavfni pasaytirish uchun ommaviy axborot vositalarini jalb etish va xizmatlarning sifati, undan 

foydalanish va uning uzluksizligini ta’minlash, tegishli moddiy resurslar ajratilishi hamda xizmatlarni bevosita 

ko‘rsatuvchi va davlatning subpudratchilari hisoblangan NNT faoliyati ustidan nazorat qilish uchun davlat 

to‘liq javob beradigan ijtimoiy xizmatlarni xarid qilish bo’yicha davlatning ijtimoiy buyurtmasi mohiyatini 

tushuntirish bo‘yicha aholi bilan ish olib borish zarur.

27

 Чагин К.Г. Механизмы доступа НКО к бюджетному финансированию государственных и муниципальных услуг в социальной сфере: муниципальный/



государственный заказ и целевые потребительские субсидии / Социальное партнерство и развитие институтов гражданского общества в регионах и 

муниципалитетах. Практика межсекторного взаимодействия: Практическое пособие/Под ред. А.Е. Шадрина, М.: Агентство социальной информации, 

2010. С. 292.

28

 Гуслякова Л. Г., Калинина Ю. А. Исследование стандартизации социального обслуживания:проблемы, перспективы реализации на региональном уровне 



// Журнал исследований социальной политики. Т. 4. № 3. 

29

 2013 yilda O‘zbеkistonning 5 ta mintaqasida Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish 



mustaqil instituti tomonidan 200 ta ijtimoiy yo‘naltirilgan NNT orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari kеltirilgan “O‘zbеkistonda ijtimoiy хizmatlarni nodavlat notijorat 

yo‘li bilan ko‘rsatuvchilarning salohiyati” tadqiqoti ma’lumotlari bo’yicha.




21

A

holiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda NNTni qo‘llab-quvvatlashning dolzarbligiga qaramay, ijtimoiy xiz-



matlar ko‘rsatuvchi NNT institutsional tusdagi ayrim tahdidlarga duch kelishi mumkin.

Ushbu tahdidlar bilan bog‘liq to‘rtta  asosiy omil mavjud. Bular:




Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish