Kontrast effekti
. 3 ta har xil idishga turli haroratli suv quyishgan: 1-idishga
issiq suv, 2-idishga xona haroratidagi suv, 3-idishga sovuq suv. Sinaluvchiga bir
qo‘lini issiq suvli idishga, ikkinchi qo‘lini sovuq suvli idishga 30 sekund solib
turish buyurilib, keyin “issiq” qo‘lini xona haroratidagi suvga tiqishini, 5
sekunddan keyin “sovuq” qo‘lini ham ushbu idishga solishini taklif etilgan. “Issiq”
qo‘l sovuq haroratni, “sovuq” qo‘l issiq haroratni idrok etadi. Bu erda kontrast
effekti rol o‘ynaydi. Qaror qabul qilishda ham bu effekt qaror mazmuniga katta
ta’sir ko‘rsatadi.
Informatsiya qanday kontekstda kelishiga qarab uning mazmuni o‘zgaradi va
bu holat qaror mazmuniga etarlicha kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Birlamchilik effekti.
Solomon Ash tomonidan quyidagicha tajriba
o‘tkazilgan: sinaluvchilarga bir xil sifatlar to‘plami ikki xil tartibda berilgan.
Sinaluvchilarning yarmisiga –baxil, qaysar, tanqid qilishga moyil, impulsiv,
mehnatsevar va aqlli odam to‘g‘risida, ikkinchi yarmisiga esa – aqlli, mehnatsevar,
impulsiv, tanqid qilishga moyil, qaysar va baxil odam to‘g‘risida. Tajribadan
ma’lum bo‘lganki, ro‘yxatda oldin namoyon bo‘lgan xarakteristikalar keyingilariga
qaraganda kuchli taassurot qoldirar ekan.
YAqinda sodir bo‘lganlik effekti
. Ko‘pchilik xollarda odamlar birinchi
taassurotlar ta’siriga ko‘p beriladilar. Lekin ayrim xollarda oxirida aytilgan narsa
ham kuchli ta’sir qilishi aniqlangan. Bu hodisa yaqindagina sodir bo‘lganlik effekti
deb nomlanadi. Bu ayniqsa, odamlar oldingi informatsiyaga qaraganda oxirgisini
yorqinroq eslab qolishga qodir bo‘lganlarida namoyon bo‘ladi.
Oreol effekti
. 1920 yilda Edvard Torndayk tomonidan o‘tkazilgan
tajribalardan ma’lum bo‘lganki, ko‘ngli ochiq odamni saxovatparvar, baxtli,
chidamli, yumor hissiga ega deb qaraganlar. YOki mehribon, ochiq ko‘ngilli
pedpgog bilan shug‘ullanishni ko‘pchilik talabalar xohlashgan. Bu orelo effekti
bilan bog‘liq bo‘lib, u odam to‘g‘risidagi birinchi tasavvur uning boshqa odamlar
149
tomonidan keyinchalik idrok etishini belgilab berishini ko‘rsatadi, bunda idrok
etuvchi odamning ongiga shakllangan birinchi taassurotga mos keladigan
informatsiya o‘tkaziladi, mos kelmaganlari esa qabul qilinmaydi. Aynan ushbu
mexanizm qaror qabul qilishda odam to‘g‘risida ma’lum informatsiyalar ta’siri
ostida unga bo‘lgan munosabatning o‘zgarishini belgilab beradi.
Qaror qabul qilish nazariyasi bo‘yicha qaror qabul qilishning zaruratini
muammoli vaziyat keltirib chiqarada. Muammoli vaziyatni esa ma’lum
ehtiyojlarning (biologik, psixologik, ijtimoiy, davlat ahamiyatiga molik va h.)
paydo bo‘lishi belgilab beradi. Muammoli vaziyatni hal etish uchun ma’lum qaror
qabul qilinadi. Demak, qaror qabul qilish ma’lum bir muammoli vaziyatni hal etish
jarayonidir. Mazkur jarayonning hosilasi tarzida qaror yaratiladi.
Qaror qabul qilish nazariyasi odamlarning muammolarni echish yo‘lidagi
qonuniyatlarini, shuningdek istalgan natijaga erishish yo‘llarini o‘rganish bilan
shug‘illanadi. U ikki xil bo‘ladi: normativ nazariya (qaror qabul qilishning
ratsional jarayonini tavsiflaydi) va deskriptiv nazariya (qaror qabul qilish
amaliyotini tavsiflaydi). Qaror qabul qilish quyidagi tarkibiy qismlarga ajratiladi:
1.
Qaror qabul qilish.
2.
Qarorni bajarish uchun yo‘llash.
3.
Ijro sharoittini yaratish.
4.
Nazoratni amalga oshirish.
Qaror qabul qilishdagi asosiy masala faqat muqobil variantni tanlash emas,
balki boshqaruv oldida qo‘yilgan maqsadning oqilona echimini topishdan iborat.
150
Do'stlaringiz bilan baham: |