J. B. Sey hayotda har XIL mashg’ulot turlari bilan shug’ullandi. U savdo kontorasida nazoratchi bo’lib ishladi, Fransiya armiyasida xizmat qildi, nufuzli jurnal muharriri bo’ldi, davlat muassasalarida ishladi



Download 27,04 Kb.
bet1/4
Sana04.01.2021
Hajmi27,04 Kb.
#54587
  1   2   3   4
Bog'liq
7.1-мавзу(1-u)(1)


1.Fransiyada vujudga kelgan J.B.Seyning iqtisodiy ta’limoti. “Sey qonuni”

Yevropadagi ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar va AQShda butun XIX asr davomida, ya‘ni klassik siyosiy iqtisodning marjinalizm bilan o’rin almashish davriga qadar, klassik maktab g’oyalarining va konsepsiyalarining keyingi rivojlanishida A.Smit ta‘limoti asos bo’lib keldi. Shu ma‘noda Fransiyada A.Smit g’oyalarini ancha izchil va ijodiy davom ettirgan Jan Batist Sey (1767–1832) hisoblanadi.

U 1767-yil, 5 yanvarda Lionda savdogar oilasida tug’ildi. Oilaviy tadbirkorlik an‘analarini davom ettirish uchun zarur bo’lgan bilimni olish bilan birga J.B.Sey o’z bilimini mustaqil oshirish, ayniqsa, siyosiy iqtisodni o’rganish bilan shug’ullandi. Keyinchalik ma‘lum bo’lishicha, u A.Smitning ―Odamlar boyligi asariga asosiy e‘tibor qaratgan. Undagi g’oyalarni ommaviylashtirish uning fikricha, Fransiya manfaatlariga ham, shuningdek, barcha insoniyat manfaatlariga ham xizmat qiladi.

J.B.Sey hayotda har xil mashg’ulot turlari bilan shug’ullandi. U savdo kontorasida nazoratchi bo’lib ishladi, Fransiya armiyasida xizmat qildi, nufuzli jurnal muharriri bo’ldi, davlat muassasalarida ishladi. Ammo uning hayotidagi asosiy ishi – iqtisodiy bilim sohasidagi tadqiqotidir. U o’zining «Siyosiy iqtisod traktati» (1803) asarida A.Smit konsepsiyasini tizimlashtirishga, uni keng xalq ommasi uchun tushunarli qilib berishga harakat qildi. Unda J.B.Sey sanoatning yuksalishiga va xalq boyligini ko’paytirishga to’sqinlik qiluvchi ―man etuvchi tizimga qarshi chiqdi. «Traktatdagi» iqtisodiy liberalizm to’g’risidagi g’oya, xususan, davlatning iqtisodiyotga va xo’jalik hayotini qayta qurishga aralashmasligi to’g’risidagi g’oyaning amalga oshirilishi harbiy-sanoat boshqaruvini o’sha davrdagi Fransiya hukumatidagi real hukmronlikdan mahrum qilgan bo’lar edi.

Napoleon ―Traktat bilan tanishib chiqqach, uning muallifini suhbatga chaqirgan va unga o’z asarini tubdan qayta ishlashni taklif qilgan. J.B.Sey bu taklifni rad etdi va siyosiy ―sahnadan ketishga majbur bo’ldi.

Ammo tinib-tinchimas J.B.Sey o’zining xususiy ip yigirish fabrikasini ochdi. Keyinchalik, 1813-yili uni sotib, topgan puliga «Traktat»ni ikkinchi nashrdan chiqarish uchun Parijga qaytib keldi. Asar 1814-yili chop etiladi, so’ngra qisqa vaqt ichida yana uch marta 1817, 1819 va 1826-yillarda qayta nashr etildi. Bu asar tez orada juda ko’p tillarga tarjima qilindi.


Fransiyada Napoleon tuzumining yemirilishi bilan vujudga kelgan o’zgarishlar J.B.Seyning iqtisodchi-olim va jamiyat arbobi sifatidagi nomini oqladi. U ruhlanib, siyosiy iqtisod bo’yicha o’z asarlari ustida ishlashni davom ettirdi, ko’plab leksiyalar o’qidi va ularda iqtisodiy nazariya qoidalarini tizimlashtirish va ommaviylashtirish mahoratini namoyish etdi. J.B.Sey asarlarida iqtisodiy fan sof nazariy va tavsifiy fanga aylandi. U iqtisodiy nazariyadan siyosatning, ideologiyaning va statistikaning ajralib chiqishini ma‘qulladi.


Download 27,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish