Birinchisi ingliz iqtisodiyoti borasida to’plangan amaliy ma‘lumotlarning Rikardo iqtisodiy ta‘limotlaridan farqlanishi: Jumladan, Maltusning ―Nufus qonuniga asosan aholi sonining o’sishi bilan daromad kamayishi ta‘kidlangan, lekin Mill bunga zid g’oyani, yani texnologiyalar rivojlanishi natijasida daromad o’sishini isbotladi.
Ikkinchidan, iqtisodiyot fani borgan sari kasbga aylanib borayotganligi va mos ravishda qabul qilingan ta‘limotlarga ko’proq tanqidiy fikrlar bildiriladi. Iqtisodchilar Rikardoning nazariy g’oyalari, ya‘ni qiymatning mehnat nazariyasi va narxlarni belgilashda foydaning rolini hamda uning talabga bo’lgan ta‘sirini aniqlash asosida ishlashni boshlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |