J. B. Sey hayotda har XIL mashg’ulot turlari bilan shug’ullandi. U savdo kontorasida nazoratchi bo’lib ishladi, Fransiya armiyasida xizmat qildi, nufuzli jurnal muharriri bo’ldi, davlat muassasalarida ishladi



Download 27,04 Kb.
bet2/4
Sana04.01.2021
Hajmi27,04 Kb.
#54587
1   2   3   4
Bog'liq
7.1-мавзу(1-u)(1)

«Sey qonuni». J.B.Sey A.Smitning erkin bozor, bahoning erkin shakllanishi, ichki va tashqi savdo, tadbirkorlarning cheklanmagan erkin raqobati va proteksionizmning har qanday ko’rinishiga yo’l qo’ymaslik tamoyillarini qo’llab-quvvatladi va ularni ko’klarga ko’tardi. Agar bu tamoyillar qo’llanilsa, J.B. Sey bashoratiga ko’ra ortiqcha ishlab chiqarish ham, ijtimoiy mahsulotni to’la iste‘mol qilmaslik ham bo’lmaydi, ya‘ni iqtisodiy inqirozlarning obyektiv zarurligi kelib chiqmaydi. U bu g’oyani rivojlantirib, o’zining «bozor qonuni»ni yaratdi. U ―Sey qonuni deb ataladi. Bu qonunning mohiyatiga ko’ra har qanday ishlab chiqarish daromadlarni keltirib chiqaradi, bu daromadlarga qiymati ularga teng bo’lgan tovarlar sotib olinadi, yalpi talab esa hamisha yalpi taklifga teng bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, tovarlar taklifi o’zi uchun shaxsiy talabni yaratadi, ya‘ni o’z tovarini sotib daromad olgan har bir kishi ushbu daromadga mos ravishda talabni keltirib chiqaradi (boshqa tovarlar sotib olinadi).

Agarda hamma ishlab chiqarilgan tovarlarni bozorga yetkazish uchun yetarli sotuv kuchi vujudga keltirilsa, bozorda bu sotuv kuchidan foydalanilishini nima kafolatlaydi? Sey qonunida quyidagi oddiy javob keltirilgan: taklif o’z talabini o’zi yaratadi. Bunda muammo bo’lmasligi mumkin, lekin taklif potensial talab yaratadi, biroq potensial talab bozorda haqiqiy talab sifatida qo’llanilish yoki qo’llanilmasligini hal qilish kerak. Rikardo, Jeyms Mill va Sey bunga barcha potensial sotuv qobiliyati iste‘molchi yoki tovar ishlab chqaruvchi uchun talab sifatida bozorga qaytarilgan, degan oddiy yondashuv bilan murojaat qildilar. Mantiqan olganda ular Smitning investitsiya kiritish qarorini saqlab qolish qarori vaziyatiga qaytdilar. Ular zaxira to’plash imkoniyatini rad etdilar, ya‘ni hech kim oltinni qutida qulflab saqlolmaydi. Ularning tizimida pul faqatgina ayriboshlash vositasi bo’lgan, shunday qilib ular depressiya yoki turg’unlikning pulga oid sabablarining ehtimolini rad etganlar. Klassiklar izohiga ko’ra Sey qonunining kamchiliklari bor, Maltus hech qachon bu kamchiliklarni aniq namoyish etmagan.

2. T.R.Maltus va uning “Nufus nazariyasi”

Marksistik iqtisodiy fanda «marksist» bo’lmagan mualliflarni sharmanda qilish «an‘anasi» bor edi. Ehtimol, eng ashaddiy va qattiq tanqidga uchragan g’oya bu ingliz olimi Tomas Robert Maltusning g’oyalari bo’lsa kerak. Uni nimalar deb atashmadi: kapitalizm himoyachisi (apologeti), odamlarning dushmani, fashizm ideologi. Eng qiziqarli joyi shundaki, T.Maltus nafaqat turli toifadagi sotsialistlarning, balki ularning asosiy muxolifatlari bo’lgan erkin bozor va xususiy tadbirkorlikning mutlaq ustunliklariga ishongan liberallarning ham g’azabini qo’zg’atgan. Nega T.Maltusni shunchalik yomon ko’rishgan? Pessimizmi uchun, aholi farovonligini ancha oshirish mumkinligiga ishonmaganligi uchun. Axir sotsialistlar ham, liberallar ham «baxtli kelajakka» ishongan. Birinchisi, xo’jalik jarayonlarini ongli ravishda ijtimoiy tartibga solish tufayli umumiy farovonlikka erishishga umid qilgan bo’lsalar, ikkinchisi, turmush darajasini oshirish bozor mexanizmining amal qilishi va xususiy manfaatdorlik kuchi bilan ta‘minlanishiga ishongan. Unisiga ham, bunisiga ham pessimizm yot bo’lgan.

Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus (1766–1834) dvoryan oilasida tug’ilgan. Kembrij universitetini tamomlagach, qishloq ruhoniysi, 1807-yildan esa siyosiy iqtisod professori bo’ldi. Uning asosiy asarlari «Nufus qonuni to’g’risida tajriba» (1798), «Yer rentasining tabiati va o’sishi to’g’risida tadqiqot» (1815), «Siyosiy iqtisodning prinsiplari» (1820) hisoblanadi.

«Nufus qonuni». T.Maltus resurslarning cheklanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi sharoitida aholi ehtiyojlarini qondirish muammosiga o’ziga xos tarzda yondashdi. U o’zining ―Nufus qonuni to’g’risida tajriba asarida aholi soni juda tez ko’payib boradi, oziq-ovqat mahsulotlarning o’sishi esa, ancha orqada qolib ketadi, deb ishontirishga uringan. T.Maltus aholining ko’payishini cheklovchi muayyan chora-tadbirlar qo’llanilmasa, insoniyat ocharchilikka duch
keladi, deb xulosa qiladi va bunday vaziyatdan chiqishning ikki yo’lini taklif etadi: birinchisi epidemiyalar, urushlar, kasalliklar natijasida aholining kamayishi, bunda tabiatning o’zi kishilar bilan ularning yashash vositalari o’rtasida Me‘yoriy nisbatning o’rnatilishiga qisman yordam beradi, ikkinchi yo’l – nikohdan voz kechish yoki kech turmush qurish, tug’ilishni kamaytirish.

Rikardo taklif qilgan iqtisodiy tamoyillarga amal qilinayotgan bir paytda iqtisodchilar uchun aholining ko’payishi muammosi dolzarb hisoblanar edi, ular aholi sonining oshib ketishining dahshatli natijalaridan qutilish uchun Maltusning nazariyasida keltirilgan oilalarda homiladorlikdan saqlanish vositalaridan foydalanishni taklif qila boshladilar. Bu xulosalar aholining homiladorlikdan saqlanish vosita-lariga nisbatan cherkov va keng ommaning doimo kuchli qarshiligi sababli nozik iboralar bilan taklif qilingan. Maltusdan tashqari o’sha davrdagi yetakchi iqtisodchilarning ko’pchiligi homiladorlikdan saqlanishning turli vostilaridan foydalanish tarafdorlari bo’lishgan, lekin ular o’z fikrlarini ommaga yetkazishda juda ehtiyotkor bo’lishgan.

Nassau Senior o’z davrining odatiy iqtisodchilaridan bo’lgan, chunki u bir vaqtning o’zida Maltusning aholi soni borasidagi qarashlarini qo’llab-quvvatlagan va rad etgan. U Maltus nazariyasini 1826-yilda iqtisodiyot ilmining tashkil etilish tayanchi, deb ta‘riflashiga qaramay, 1829-yilda o’zining Maltus bilan bo’lgan yozishmalarini e‘lon qiladi va ma‘ruzalarida Maltusning mahsulot o’sishidan ko’ra aholi soni tezroq o’sishi fikrlariga e‘tiroz bildiradi. Seniorning fikricha, tarixiy dalillar shuni ko’rsatadiki, aholi sonining ortishidan ko’ra mahsulotlar ishlab chiqarish tezroq o’sadi.

Rikardoning tahliliy tizimida Maltusning aholi borasidagi g’oyasi muhim element hisoblanadi. Rikardo iqtisodning asosiy maqsadi daromadning taqsimlanishini belgilovchi omillarni izohlashi kerak, degan fikrga ega bo’lgan va u ayniqsa, uzoq vaqt oralig’ida daromadning taqsimlanishiga ta‘sir eta oluvchi kuchlarga qiziqish bildirgan. U bu muammoni daromad taqsimlanishini qoldiq qiymati nazariyasi bilan hal qilishga harakat qilgan. Yer uchun to’lanadigan renta miqdori ijara haqini belgilab beradi: daromadning qolgan qismi ish haqi va foydani tashkil etadi. Bu vaziyatda Maltusnning ―Nufus qonunidagi g’oyalari asosiy rol o’ynaydi. Uzoq davom etadigan vaqt


mobaynida ish haqi darajasi Maltus ta‘limotiga ko’ra ish haqi darajasi aholining yashash darajasi minimumiga teng bo’ladi va qolgan daromad ijara haqi va foydaga bo’linadi. Shunday qilib Rikardoning taqsimot nazariyasi Maltusning aholi nazariyasiga butunlay bog’liqdir. 1830-yilning ikkinchi yarmiga kelib Rikardoning iqtisodiy ta‘limotlarini rad etuvchi ko’plab ma‘lumotlar yig’ildi, o’sha vaqtlarda Rikardo ta‘limotining asosiy g’oyasi bo’lmish uzoq muddatga mo’ljallangan davrda daromadlar taqsimotidagi o’zgarishlarni tushuntirishga ojizlik qildi.

T.Maltusning yozishicha, uning kitobi nashrdan chiqqan kungacha bironta mamlakat o’z hududida aholi zichligi juda oshib ketganidan o’zini yetarli hajmda iste‘mol mollari bilan ta‘minlash imkoniyatiga ega bo’lmagan. Eng avvalo, tabiiy muhit imkoniyatlari bilan aniqlanuvchi iqtisodiyot o’zining ishlab chiqarish imkoniyatlari doirasidan chetga chiqishga qodir emas.

T.Maltus o’z nazariyasini asoslab berishda tuproq unumdorligining pasayib borish konsepsiyasidan foydalangan. Agar bitta yer uchastkasining o’ziga ustma-ust mehnat sarflansa, u xuddi shunday nisbatda hosildorlikning o’sishiga olib kelmaydi, chunki hosildorlik faqat mehnatga emas, balki tuproqning tabiiy unumdorligiga ham bog’liq bo’ladi. U berishi mumkin bo’lgan narsadan ortiqchasini undan olib bo’lmaydi. Hisoblab chiqqach, T.Maltus xulosa qiladi: insoniyat qancha harakat qilmasin, qishloq xo’jaligidan u oladigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori faqat arifmetik progressiyada o’sadi (eslatib o’tamiz, arifmetik progressiyada o’sish 1,2,3,4,5 ... ko’rinishda, ya‘ni har bir keyingi son oldingisidan bir xil absolyut miqdorga oshib boradi), aholining soni esa geometrik progressiyada o’sadi va 25 yilda ikki barobar ko’payadi (eslatib o’tamiz, geometrik progressiyada o’sish 1,2,4,8,16 ... ko’rinishda, ya‘ni har bir keyingi son oldingisidan 2 barobar ko’p bo’ladi). Agar yer aholisi asr boshida 1 mlrd. Bo’lsa, asr oxiriga kelib u 8 mlrd.ni tashkil etadi, yashash vositalari esa to’rtdan birga ko’payadi.

3.Senior, Bastiya, Keri va boshqalarning iqtisodiy ta’limotlari

Klassik maktab g’oyalarini boyitishga Angliyada N.Senior, Fransiyada F.Bastiya, AQSh da G.Keri, Germaniyada tarixiy maktab namoyondalari katta xissa qo’shdilar. Bular ichida N.Senior alohida o’rin egallaydi. Nassau Vilyam Senior (1790-1864) Londondagi mashhur Oksford universitetining siyosiy iqtisod kafedrasi professori bo’lgan. Uning g’oyalari “Siyosiy iqtisod fani ocherklari” (1836) va “Fabrika qonunchiligi to’g’risidagi xatlar” da bayon etilgan. U o’zining qiymat nazariyasida qiymatni baho bilan taklifga bog’liq deydi.

XIX asrning 40-50 yillarida fransuz va xalqaro ishbilarmonlar orasida F. Bastianing (1801-1850) nomi va uning iqtisodiy qarashlari keng ommalashdi. U boy fransuz ishbilarmoni oilasida tug’ildi. F.Bastianing eng asosiy g’oyasi jamiyatdagi ijtimoiy dunyodagi “eng go’zal, mukammal, mustahkam butunjahon assotsialaridandir. Barcha qonuniy manfaatlar uyg’unlashgandir”. F.Bastia 1850 yilda “Iqtisodiy garmoniyalar” kitobini chop etdi.

G.Kerining metodologiyasi subyektiv idealism va mehanitsizm bilan obyektiv iqtisodiy qonunlari tabiat qonunlariga almashtirish bilan xarakterlanadi. G.Keri hamma iqtisodiy kategoriyalarni ta’riflab berishga intildi. U qiymatni insonning tabiaatga hukmronligi o’lchovi deb ta’rif berdi. U narxni predmetning o’zini ayirboshlash evaziga pul olish qobiliyati deb hisobladi. G.Keri g’oyasi bo’yicha tovarning qiymati uni ishlab chiqarishga ketgan amaliy mehnat miqdori bilan emas, balki ma’lum sharoitda sarflangan ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi.

4. Jeyms Mill va Jon Styuart Millarning iqtisodiy ta’limotlari

J.S. Mill (1806–1873) nafaqat iqtisodiyotga, balki iqtisodiyot bilan bir qatorda siyosiy fanlarga va falsafa fanlari rivojlanishiga katta hissa qo’shgan tug’ma qobiliyat egasi bo’lgan. Uning ulkan zakovat egasi bo’lishiga sabab yoshligida olgan kuchli ta‘limi edi. Chunki uning otasi Jems Mill o’g’liga ta‘lim berishni yoshligidan boshlagan. U 3 yoshligida grek tilini o’rgandi va 8 yoshidan boshlab lotin tilini o’rgana boshladi. Shu bilan birga 13 yoshida matematika, kimyo, fizika, mantiq ilmini o’rganib bo’lgandan so’ng siyosiy iqtisodni o’rganishni boshladi. Uning rasmiy ta‘lim olishi 15 yoshigacha tugallandi va keyingi 4 yilni Benhamning 5 tomli asarini tahlil qilishga bag’ishladi. Bu noodatiy kuchli ta‘limning psixologik ta‘siri oqibatida u 20 yoshida ruhiy tushkinlikka tushib qoladi, ammo ruhiy tushkunlik davridan so’ng Mill
O’zini qo’lga oldi va o’z davri hamda barcha davrning yetuk namo-yondasiga aylandi.

J.S.Mill o’zining birinchi siyosiy iqtisod bo’yicha «tajriba»sini 23 yoshida, ya‘ni 1829-yilda nashr etdi. 1843-yili unga shuhrat keltirgan «Mantiq tizimi» nomli falsafiy asari vujudga keldi. Asosiy asari «Siyosiy iqtisod tamoyillari…» bo’lib, u 1848-yili chop etilgan. Bu asar beshta kitobdan iborat: (1) ―Ishlab chiqarish, (2) ―Taqsimot‖, (3) ―Ayirboshlash‖, (4) ―Jamiyat rivojlanishining ishlab chiqarish va taqsimotga ta‘siri‖, (5) ―Davlatning bozor iqtisodiyotiga ta‘siri to’g’risida. Bu asarning so’zboshida yozilishicha, J.S.Mill iqtisodiy bilimlar darajasining yuksalib borishini va ilg’or zamonaviy g’oyalarni hisobga olgan holda A.Smitning ―Odamlar boyligi... va D.Rikardoning ―Siyosiy iqtisodning boshlanishining yangilangan variantini yaratishni o’ziga maqsad qilib qo’ygan. Asarning ushbu yuqoridagi ko’rinishda tuzilishi esa muallifning fikricha, Smit-Rikardo iqtisodiy nazariyalarini izohlashda muayyan tartib va aniqlik kiritadi. J.S.Mill nafaqat iqtisodiy bilimlarni tizimlashtirdi va ommalashtirdi, balki uning tomonidan bir qator qoidalar rivojlantirildi va ularga aniqlik kiritildi, xulosa va yakuniy dalillar bilan yana ham ishonarli qilib asoslab berildi.

J.S.Mill siyosiy iqtisodni boylikning mohiyatini, uni ishlab chiqarish va taqsimlash qonunlarini tadqiqot qiluvchi fan sifatida ta‘riflaydi. Shu bilan birga uning fikricha, taqsimot tarixiy xarakterga ega bo’lib, ishlab chiqarish qonunlari esa abadiy hisoblanadi.

Garchi J.S. Mill yuksak darajada iqtisodiy nazariyaning eksperti (mutaxassisi) bo’lishiga qaramay, u o’zining aqliy qobiliyatini iqtisodiyotchilarni qiziqtirgan odatdagi muammolaridan ko’ra ancha kengroq ijtimoiy masalalarga yo’naltirdi. Jamiyatda insonlar rolini yaxshilashga harakat qilganligi sababli Millni ijtimoiy faylasuf, deb ham atashadi. Mill otasi va Rikardoning pessimizm (kelajakka ishonchsizlik) fikrlari o’rniga jamiyatni rivojlantirish borasidagi optimizm (kelajakka ishonch)ni ilgari surdi. Uning ta‘lim doirasi keng bo’lishiga qaramay Millning fikrlariga asosan klassik iqtisodiyotdagi otasi Mill, David Rikardo, Adam Smit va Benxamning ta‘limotlari tasir ko’rsatgan. Mill iqtisodiyotga inson ijtimoiy faoliyatining bir ko’rinishi sifatida qaraydi. Mill klassik liberal hamda ijtimoiy islohotchi edi.

Jon Styuart Millning iqtisodiy ta‘limotlar rivojidagi o’rnini aniqlash qiyin. U klassik davrning oxirida ijod qildi, ammo uning keng doirada fikrlay olishi klassik iqtisodchilar ta‘limotlarini o’zgartirishga
sabab bo’ldi. Uning iqtisodiy fikrlari bir vaqtning o’zida klassik iqtisodiyotning yetuklik davri hamda iqtisodiy g’oyalarning rivojlanishidagi yangi davrning boshlanishi hisoblanadi. Uning ikki yildan kamroq vaqtda yozilgan ―Siyosiy iqtisod tamoyillari asari birinchi marta 1848-yilda nashr qilindi. Kitobni yozish uchun Mill tomonidan qisqa vaqt sarflangan bo’lsada, kitobda uning iqtisodiy qarashlari yaxshi yoritilishi bilan bir qatorda ushbu fanda hal qilinishi kerak bo’lgan bir qancha muammolar mavjudligi ta‘kidlab o’tilgan. Mill Rikardo ta‘limotini yanada aniqlashtirish hamda bu ta‘limotlarga 19-asrning ikkinchi chorigida paydo bo’lgan yangi ta‘limotlarni qo’shishni o’zining asosiy vazifasi, deb hisoblagan. U talab va taklifni tahlil qilishni rivojlantirish bilan birga xalqaro savdo nazariyalarini rivojlantirishga hissa qo’shgan buyuk tafakkur egasi bo’lgan.

Jon Styuart Mill o’zining ―Siyosiy iqtisod tamoyillari (1848-y) asarida (D.Rikardo tomonidan 1817-yilda ―Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqqa tortish asari chop etilganidan so’ng boshlangan kuchli tanqidlardan) D. Rikardoning iqtisodiy ta‘limotlaridagi muhim g’oyalarni qutqarishga harakat qilgan. Millning asarlari uning g’oyalarining eng yuqori nuqtaga yetganligi bilan ajralib turadi, chunki uning asarlarida klassik iqtisodiy ta‘limotning qaytadan ko’rib chiqilishi hamda Rikardo ta‘limotlarini saqlash, uning asosiy kamchiliklarini bartaraf etilishini ko’rishimiz mumkin. Millning iqtisodiyotga qo’shgan hissasini aytishdan oldin Rikardoning ko’plab tanqidlaridan bir nechtasiga Millning bergan javoblarini tahlil qilish zarur. Ular uchta asosiy manbaga asoslangan.




Download 27,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish