Aminokislotalar. Aminokislotalar kichik molekulali organik birikmalar bo‘lib, organik karbon kislotalarning
hosilalari hisoblanadi. Tirik organizmlardagi oqsil turlarining xilmaxilligi
oqsillar tarkibiga kiruvchi
aminokislotalarning turli variantlarda kombinatsiyalar hosil qilishi tufayli ta’minlanadi. Aminokislotalar
molekulasi barcha aminokislotalar uchun bir xil bo‘lgan ikki qismdan, aminoguruh (– NH2) va karboksil guruh
(– COOH) va har bir aminokislota uchun o‘ziga xos bo‘lgan qism – radikaldan iborat. O‘simliklar va ko‘pchilik
mikrooganizmlar hujayralaridagi oqsillar tarkibiga kiruvchi barcha aminokislotalar tabiatda uchraydigan
boshqa moddalardan sintezlanadi. Biroq bu xususiyat odam va hayvonlarda (ayrim xivchinlilardan tashqari)
mavjud emas. Odam va hayvonlar bir necha aminokislotalarni boshqa organik moddalardan sintezlay
olmaydilar. Bu aminokislotalar ular organizmiga ovqat tarkibida qabul qilinishi kerak. Bu aminokislotalar
almashinmaydigan aminokislotalar deyiladi. Masalan: valin, izoleytsin, leytsin, lizin, metionin, treonin,
triptofan, fenilalanin. Odam va hayvon organizmida boshqa organik moddalardan sintezlanadigan
aminokislotalar almashinadigan aminokislotalar deyilad
aminokislotalarning umumiy formulasi.
2. Ontogenez davrlarini tushuntiring ?
Tirik organizmning shakllana boshlashidan hayotining oxirigacha ketmaket sodir bo‘ladigan morfologik, fi
ziologik, biokimyoviy oʻzgarishlar majmuyi individual rivojlanishi yoki ontogenez (yunoncha onton –
mavjudot, genezis– rivojlanish so‘zlaridan olingan) deyiladi. Ontogenez tushunchasi 1866yilda
E.Gekkel
tomonidan fanga kiritilgan. Ontogenez jinsiy ko‘payadigan organizmlarda tuxum hujayraning rivojlanishidan,
jinssiz ko‘payadigan organizmlarda ona organizmdan ajralishidan boshlanadi va umrining oxiriga qadar davom
etadi.
Ontogenez asosan ikki davrga bo‘linadi: embrional rivojlanish davri,
postembrional rivojlanish davri.
Embrional rivojlanish davri. Bu davr zigota hosil bo‘lishidan boshlanib tug‘ulgungacha yoki tuxum
qobig‘idan chiqqunga qadar davom etadi. Embrional davri maydalanish, gastrulatsiya, organogenez
bosqichlariga bo‘linadi. Zigota – ko‘p hujayrali organizmlarning bir hujayrali bosqich bo‘lib, bunda mitozga
tayyorgarlik kuzatiladi.
Postembrional rivojlanish davri. Tug‘ilish yoki tuxumdan chiqishdan keyin ontogenezning postembrional
davri boshlanadi. Postembrional rivojlanish quyidagi davrlarni o‘z ichiga oladi. Yuvenil davr – voyaga
yetgungacha bo‘lgan davr, pubertat davr – voyaga yetgan, yetukli Yuvenil davr tug‘ilishdan boshlanib jinsiy
balog‘atga yetguncha davom etadi. Bu davr birbiridan
farqlanadigan ikki xil yo‘l bilan amalga oshishi
mumkin. Rivojlanishning bu yo‘llari bevosita (to‘g‘ri, metamorfozsiz) va bilvosita (noto‘g‘ri, metamorfozli)
rivojlanish deb ataladi.
3. DNK molekulasining uzunligi 850 nm ga teng. DNK molekulasidagi nukleotidlar sonini
aniqlang.
850 nm : 0.34nm = 2500 ta nukleotid bor.
11bilet
1. Almashadigan va almashmaydigan aminokislotalarni izohlang
Odam va hayvonlar bir necha aminokislotalarni boshqa organik moddalardan sintezlay olmaydilar. Bu
aminokislotalar ular organizmiga ovqat tarkibida qabul qilinishi kerak. Bu aminokislotalar almashinmaydigan
aminokislotalar deyiladi. Masalan: valin, izoleytsin, leytsin, lizin, metionin, treonin, triptofan, fenilalanin.
Odam va hayvon organizmida boshqa organik moddalardan sintezlanadigan aminokislotalar almashinadigan
aminokislotalar deyiladi.
2. To’liq va chala o’zgarishlar bilan kechadigan rivojlanishni taqqoslang.
Bevosita rivojlanish. Har qanday rivojlanish organizmning sifat o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladigan murakkab
fi ziologik jarayondir. Bevosita rivojlanishda tuxumdan chiqadigan yoki tug‘iladigan individ voyaga yetgan
individga o‘xshash bo‘ladi. Lekin voyaga yetgan individga nisbatan nerv sistemasi faoliyati birmuncha sodda,
jismonan ancha zaif hamda ba’zi organlari (jinsiy organlar) yetilmagan bo‘ladi. Rivojlanishning bu turi sudralib
yuruvchilarda, qushlarda, sutemizuvchilarda kuzatiladi.
Bilvosita rivojlanish. Rivojlanishning bu turi ham xuddi bevosita rivojlanish kabi o‘sish bilan davom etib
boradi. Voyaga yetgan davrda o‘troq yashovchi bulutlar, aktiniyalar, korall poliplari, ko‘p tukli halqali
chuvalchanglarning lichinkalari harakatchan bo‘lib, tarqalishni ta’minlaydi. Hasharotlarda to‘liq va chala
metamorfoz farqlanadi. Qattiqqanotlilar (qo‘ng‘izlar), pardaqanotlilar, tangachaqanotlilar, ikkiqanotlilar,
burgalar turkumlari vakillari uchun to‘liq metamorfoz, suvarak, qandalalar, tog‘riqanotlilar, beshiktebratar, bit,
termitlar kabi turkumlarning vakillari uchun chala metamorfoz xos. To‘liq metamorfozda tuxumdan – lichinka,
undan g‘umbak, g‘umbakdan – voyaga yetgan hasharot rivojlanadi. Chala metamorfoz tuxum, lichinka, yetuk
hasharot bosqichlaridan iborat.
3. GTCATGGATAGTCCTAAT nukleotidlar ketma ketligidan iborat DNK molekulasi asosida
sintezlangan iRNK
molekulasidagi nukleotidlar ketmaketligini
va oqsildagi aminokislotalar
sonini aniqlang.
CAGUACCUAUCAGGAUUA, 6 ta aminokislota bor.
12bilet
1.Oqsil molekulalarining tuzilish darajalarini tushuntirib bering.
Oqsil molekulalarining tuzilish darajasi:
2. Biologik ritmlarni ifodalang va misollar keltiring.
Bioritmlar. Organizmlarning hayotiy faoliyati ritmik ravishda, ya’ni kechakunduz,
oy davomida hamda
mavsumiy o‘zgarib turadi. Tirik organizmlarning hayotiy faoliyati ritmik o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lib,
evolutsiya natijasida shakllanadi va bioritmlar deb ataladi. Bioritmlar – tabiiy tanlanishning natijasidir. Yashash
uchun kurashda o‘z biologik jarayonlarini ritmik o‘zgarishlariga moslashtira olgan organizmlar saqlanib qoladi.
Bir sutka davomida organizm fi ziologik jarayonlarining ritmik o‘zgarishi kechakunduzlik bioritmlar deyiladi.
Odamning tana harorati, arterial bosimi, kechakunduz davomida ritmik o‘zgarib turadi. Hujayralarning mitoz
bo‘linishining tezligi, qon shaklli elementlarining miqdori ham kechakunduz
davomida ritmik o‘zgaradi.
Mavsumiy bioritmlarga fotoperiodizm misol bo‘ladi. Organizmlar yil davomida kun uzunligining o‘zgarishiga
12
Oqsillarning tuzilishi Stukturani tutib
turuvchi bog’lar
Xususiyati Misollar
Birlamchi tuzilma Qo’shni aminokislotalarning
amino va karboksil gutuhlari
orasidagi peptit bog’lar
Oqsil molekulasida
aminokislotalarning birinketin
joylashish tartibi bilan
belgilanadi
Insulin
Ikkilamchi tuzilma Spiral qo’shni o’ramlari
orasidagi vodorod bog’lar
Polipeptid zanjirning spiral
shakli bilan belgilanadi
Kollagen, keratin
Uchlamchi tuzilma Vodorod, ion, disulfid,
gidrofob bog’lar
Spiral shakldagi polipeptid
globula shaklini hosil qilishi
blan belgilanadi
Mioglobin,
fermentlar
To’rtlamchi tuzilma Vodorod, ion, disulfid,
gidrofob bog’lar
Bir necha golubula shakildagi
polipeptid molekulalarning
(subbirlik) birikishi bilan
belgilanadi
Gemoglobin
moslashadi va ularda kechadigan fi ziologik jarayonlar almashadi. Mavsumiy bioritmlar natijasida
daraxtlarning gullashi, xazonrezgilik, hayvonlarning tullashi, qishki uyquga ketishi kabi hodisalar kuzatiladi.
3. 675 g glukoza fermentlar ishtirokida aerob sharoitda bosqichma bosqich parchlansa qancha
energiya hosil bo’ladi.
13bilet
1. Oqsillarning funksiyalari nimalardan iborat?
Oqsil funksiyalari. Bio mo lekulalar orasida oqsillar funksiya larining xilmaxilligi jihatidan birinchi o‘rinda
turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |