J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,74 Mb.
#478680
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   112
Bog'liq
fayl 2063 20211105

2.2.
 
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mazmuni va mohiyati 
 
Jahon xo’jaligini rivojlanishining zamonaviy bosqichida turli shakllardagi 
integratsion jarayonlarni ko’rishimiz mumkin. Kundan kunga xo’jalik hayotda 
integratsion jarayonlar chuqurlashib, kengayib bormoqda. Buni biz integratsion 
jarayonlarni borishini xalqaro iqtisodiy munosabatlarda savdodan tortib, ilmiy-axborot, 
tovar ayirboshlashgacha bo’lgan turli ko’rinishlarini bir-biriga qo’shilib borishida 
ko’rishimiz mumkin.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsion birlashmalarning bir nechta 
asosiy shakllari mavjud. Bular quyidagilardan iborat:

imtiyozli savdo hududi; 

erkin savdo hududi; 

yagona bojxona ittifoqi; 

umumiy bozor; 

iqtisodiy ittifoqlar; 

to’liq iqtisodiy integratsiya. 
Imtiyozli savdo bitimi, mazkur bitim a’zo bo’lgan mamlakatlarga savdoda qulay 
imkoniyatlar yaratish maqsadida tuziladi. Iqtisodiy integratsiyaning mazkur shakli 
dastlabki davrlarda 
Imtiyozli savdo bitimi ikki yoki undan ortiq mamlakatlar o’rtasida tuzilib, 
hududning har bir ishtirokchisi uchun barcha tovarlar importiga bojxona to’lovlari 
qisqartiriladi. Bunda dunyoning qolgan mamlakatlar uchun birlamchi savdo tariflari 
saqlab qolinadi. Iqtisodiy integratsiyaning bunday shakliga misol sifatida 1932 yilda 
tashkil etilgan “Britaniya Hamdo’stligi imtiyozlari tizimi”ni kiritish mumkin.
Erkin savdo hududi (ESH) ikki va undan ortiq mamlakatlarning o’zaro kelishuviga 
asosan, bu mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan o’zaro savdo qilishda 
bojlar va boshqa cheklovchi choralarni bekor qilish orqali tashkil etilgan guruhidan 
iborat. Bitimga a’zo bo’lmagan mamlakatlar bilan savdo aloqalarini amalga oshirishda 
ESHga kiruvchi har bir davlat o’zining mustaqil savdo siyosatini yuritadi. 


23 
Erkin savdo hududlarida yaratilgan shart-sharoitlar tufayli qishloq xo’jalik 
mahsulotlaridan tashqari deyarli barcha mahsulotlar savdosi amalga oshiriladi. Erkin 
savdo hududi unga a’zo mamlakatlardan biriga joylashgan mamlakatlararo kotibiyat 
tomonidan tartibga solinib turiladi.
Erkin savdo hududiga asosan 1960 yilda tashkil etilgan Evropa erkin savdo 
assotsiatsiyasi (EAST) kiradi. Uning tarkibida Avstriya, Finlayandiya, Islandiya, 
Lixtenshteyn, Norvegiya, Shvetsiya kabi bir qator mamlakatlar bor. Evropa iqtisodiy 
hududi (1994 y)da esa Evropa Ittifoqi mamlakatlari hamda Islandiya va Lixtenshteynlar 
mavjud. 
Boltiq bo’yi erkin savdo hududi(1993 y)ga Estoniya, Latviya, Litva davlatlari 
kiradi; 
Markaziy Evropa erkin savdo hududi 1992 yilda tuzilgan bo’lib, uning tarkibiga - 
Chexiya, Vengriya, Polsha, Slovakiya mamlakatlari kiradi; 
Shimoliy Amerika erkin savdo hududi (1994 y) a’zolari bo’lib Kanada, Meksika, 
AQSh davlatlari hisoblanadi; 
ASEAN mamlakatlari erkin savdosi haqida kelishuvi (1992 y.) – Bruney, 
Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur, Tayland davlatlarini birlashtiradi; 
Iqtisodiy aloqalarning chuqurlashuvi haqida Avstraliya va Yangi Zelandiya savdo 
kelishuvi (1983 y) tashkil etilgan; 
Bangkok kelishuvi (1993y) – Bangladesh, Hindiston, Koreya Respublikasi, Laos, 
Shri-Lanka davlatlaridan iborat. 
Bojxona ittifoqi

ikki yoki bir qancha davlatlarning bojlar bo’yicha o’zaro 
chegaralarni bekor qilish va yagona boj tarifi joriy etish yuzasidan o’zaro kelishuvidir. 
Bojxona ittifoqiga kiruvchi davlatlar orasidagi o’zaro savdoda boj to’lovlari va yig’imlari 
va boshqa cheklovchi tadbirlar olib tashlanadi. Uchinchi (Bojhona ittifoqiga 
kirmaydigan) davlatlar bilan savdo munosabatlarida bu davlatlar yagona bojxona 
siyosatini amalga oshiradilar. 
Ma’lumki, tashqi iqtisodiy faoliyatni davlatlararo tartibga solishning bu 
ko’rinishi bojxona ittifoqi qatnashchilari o’rtasida bojsiz savdonigina emas, balki uning 


24 
tashqi chegaralarida muvofiqlashtirilgan tarif tizimini joriy qilishni ham nazarda tutadi. 
Bojxona ittifoqining erkin savdo hududidan farqi ham ana shundadir. 
Bojxona ittifoqlarini yaratish va ularning shakllanishining aniq natijalari unga 
a’zo-mamlakatlarning ishlab chiqarish va iste’mol sohasida yuz beradigan tarkibiy 
o’zgarishlarda o’z aksini topadi: talab va taklif nisbiy ustunlik tabiatiga mos ravishda 
o’zgaradi. Boshqacha qilib aytganda, bojxona ittifoqi savdoning kengayishiga qarab 
aholining 
turmush 
farovonligini oshiradi, biroq, 
ayni bir 
paytda 
ishlab 
chiqaruvchilarning arzon mahsulotlaridan qimmatroq tovar ishlab chiqarishga 
moslashishlari natijasida esa, farovonlikni birmuncha pasaytiradi. 
Bojxona ittifoqlari dunyoning juda ko’p mamlakatlarida rivojlangan. Ular 
quyidagilar: Turkiya bilan EI assotsiatsiyasi (1963y), uning tarkibiga EI mamlakatlari va 
Turkiya kiradi. Arab umumiy bozori (1964y) – Misr, Iroq, Iordaniya, Liviya, 
Mavritaniya, Suriya va Yaman. Markaziy Amerika umumiy bozori (1961) – Kosta Rika, 
Salvador, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua. Kolumbiya, Ekvador, Venesuela 
mamlakatlari o’rtasida tuzilgan erkin savdo hududi (1992 y) – Kolumbiya, Ekvador, 
Venesuela. Sharqiy Karib havzasi mamlakatlari tashkiloti (1991 y.) – Antigua va 
Barbuda, Dominika, Grenada, Montserrat, Sent-Kite va Nevis, Sent-Lyusiya, Sent-
Vinsenva Grenadinalar. 
Umumiy bozor integratsion birlashmalarning ancha murakkab turi bo’lib, u 
bojxona ittifoqiga ishchi kuchi va kapital xarakatiga qo’yilgan cheklashlarni bekor 
qilishni qo’shish va iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish orqali tashkil etiladi. Umumiy 
bozorga integratsiyalashgan mamlakatlar nafaqat tovar va xizmatlar erkin harakati 
haqida kelishishadi, balki ishlab chiqarish omillari-davlatlar o’rtasida kapital va ishchi 
kuchlar borasida ham almashuvlar qilishadi.
Bojxona ittifoqini umumiy bozorga aylantirish jarayoni faqatgina savdoni emas, 
balki iqtisodiy siyosatning boshqa sohalarini ham qamrab oluvchi katta miqdordagi 
qonuniy me’yorlarni o’zaro uyg’unlashtirish masalalarini ham hal etish bilan bog’liqdir. 
Shu sababli ichki bojxona to’siqlari va boshqa cheklashlarni bartaraf etish orqali uchinchi 
dunyo mamlakatlari bilan savdoda umumiy tamoyillarni ishlab chiqish zarurki, buning 
natijasida milliy chegaralar orqali tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining hech 


25 
qanday to’siqlarsiz o’tishiga sharoit yaratiladi. Bundan tashqari umumiy bozorni 
shakllantirish mobaynida ijtimoiy va hududiy rivojlanish uchun zamonaviy fondlarni 
yaratishga zaruriyat tug’iladi.
Umumiy bozorni iqtisodiy ittifoqqa aylantirishning zamonaviy bosqichida EIning 
ahamiyati kattadir. Chunki faqatgina ana shu tashkilot iqtisodiy integratsion 
jarayonlarning eng yuqori cho’qqisiga intilishini yaqqol namoyish etmoqda. 
Iqtisodiy ittifoq yuqoridagi ko’rib chiqilgan barcha integratsion tadbirlarga 
qo’shimcha ravishda qatnashuvchi davlatlar tomonidan yagona iqtisodiy siyosat 
o’tkazilishini, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartiblashtirishning davlatlararo tizimini 
yaratishni taqozo etadi. Unda bojxona tariflari, tovar va ishlab chiqarish faktorlari, 
mikroiqtisodiy siyosat koordinatsiyalari, valyuta, byudjet, pul sohalarida qonunchilikning 
unifikatsiyasi ko’rib chiqiladi. 
To’liq iqtisodiy integratsiya – integratsiya doirasida yagona iqtisodiy, valyuta va 
siyosiy ittifoqning shakllanishi, xalqaro savdo, tashqi siyosat, va boshqa hamkorlik 
sohalarida umumiy siyosatning amalga oshirilishi. Mazkur integratsion hudud doirasida 
huquqiy qonunchilikning unifikatsiyasini talab qiladi. To’liq iqtisodiy integratsiya barcha 
a’zo mamlakatlar uchun yagona valyuta siyosatini talab qiladi. Valyuta munosabatlarida 
yagona valyuta tizimi va valyuta mexanizmi amal qiladi. 
Savdo iqtisodiy ittifoqlarning zamonaviy turlariga xos bo’lgan asosiy xususiyatlar 
quyidagi jadvalda keltirilgan. 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish