J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019


 Xalqaro kreditning asosiy shakllari



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,74 Mb.
#478680
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   112
Bog'liq
fayl 2063 20211105

 
5.2. Xalqaro kreditning asosiy shakllari 
 
Ishlab chiqarishning va ayirboshlashning baynalminallashuvi, jahon xo’jaligi 
aloqalarini yangi shakllarini vujudga kelishi xalqaro kredit shakllarini xilma-xilligini 
rivojlanishiga ob’ektiv asos bo’lib xizmat qiladi. 
Xalqaro kredit shakllarini bir necha turga bo’lib guruhlash mumkin: 
1. Manbalari bo’yicha tashqi savdoni ichki, tashqi (chet) va aralash kreditlash va 
moliyalashtirish farqlanadi. Ular o’zaro bog’liq bo’lib, tovar harakatining eksportyordan 
importyorgacha bo’lgan barcha bosqichlariga xizmat ko’rsatadi. Tovar sotuv jarayoniga 
qanchalik yaqin bo’lsa, odatda xalqaro kreditning shartlari ham qarz oluvchiga 
shunchalik qulay bo’ladi; 


68 
2. Qarz valyutasiga ko’ra qarzdor-mamlakat yoki kreditor-mamlakat valyutasida, 
uchinchi mamlakat valyutasida, SDR va xalqaro hisob-kitob valyutalarida taqdim 
etiladigan xalqaro kreditlar farqlanadi; 
3. Mudatlariga ko’ra qisqa muddatli – 1 yilgacha, ayrim holatlarda 18 oygacha (o’ta 
qisqa muddatli – 3 oygacha, bir sutkalik va bir haftalik), o’rta muddatli – 1 yildan 5 
yilgacha, uzoq muddatli – 5 yildan uzoq muddatlarga beriladigan xalqaro kredit turlari 
farqlanadi. Ba’zi mamlakatlarda 7 yilgacha muddatga berilgan kreditlar o’rta muddatli, 7 
yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar esa uzoq muddatli bo’lib hisoblanadi. Qisqa 
muddatli kredit odatda tadbirkorlarni aylanma kapital bilan ta’minlaydi va nosavdo 
xarakteridagi, sug’urta hamda spekulyativ operatsiyalarga xizmat ko’rsatgan holda tashqi 
savdo va xalqaro to’lovlarda qo’llaniladi. Uzoq muddatli xalqaro kredit odatda asosiy 
ishlab chiqarish vositalariga investitsiya qilish uchun mo’ljallangan bo’lib, mashinalar va 
butlovchi jihozlar eksportining 85 foizi hajmiga hamda tashqi iqtisodiy munosabatlarning 
yangi shakllari (yirik ko’lamdagi loyihalar, ilmiy tekshirish ishlari, yangi texnikani joriy 
etilishi)ga xizmat ko’rsatadi. Agarda qisqa muddatli kreditning muddati uzaytirilsa, unda 
u o’rta muddatli, ayrim holatlarda esa uzoq muddatli kreditga aylanadi. Qisqa muddatli 
kreditlarning o’rta va uzoq muddatli kreditlarga aylanish jarayonida odatda davlat kafil 
sifatida faol ishtirok etadi; 
4. Ta’minlanganlik tamoyiliga ko’ra xalqaro kreditlar ta’minlangan va blankali 
kreditlarga farqlanadi. Kreditning ta’minoti bo’lib odatda tovarlar, tovarga egalik 
huquqini beruvchi va boshqa tijorat hujjatlari, qimmatli qog’ozlar, veksellar, ko’chmas 
mulk hamda qimmatliklar xizmat qiladi. Kredit olish uchun tovar garovi 3 shaklda amalga 
oshiriladi: qat’iy garov (tovarlarning ma’lum bir massasi bank foydasiga garov qilinadi); 
muomaladagi tovar garovi (ma’lum bir summadagi, tegishli assortimentdagi tovarning 
qoldig’i hisobga olinadi); qayta ishlovdagi tovar garovi (mazkur mahsulotlarni bankka 
garovga bergan holda garovga olingan tovardan mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin). 
Blankali kredit qarzdorning qarzini ma’lum bir muddatda so’ndirish majburiyati 
bo’yicha beriladi. Odatda bunday kredit hujjati bo’lib qarz oluvchining yagona imzosiga 
ega bo’lgan solo-veksel xizmat qiladi. Blankali kreditning turlari bo’lib asosan 
kontokorrent (bankning mijoz bilan barcha operatsiyalarini hisobga oluvchi yagona 


69 
hisobvaroq) va overdraft (mijoz hisobidagi ortiqcha qoldiq mablag’lar krediti) kreditlar 
hisoblanadi. 
5. Taqdim etilishi bo’yicha xalqaro kreditlar qarz oluvchi ixtiyori bilan uning 
hisobvarag’iga o’tkaziladigan moliyaviy (naqd ko’rinishdagi) kreditlar, importyor yoki 
bank tomonidan aktseptli tratta shaklidagi aktseptli kreditlar, depozit sertifikatlari, 
obligatsiyali qarzlar, konsortsial yoki sindikatlashgan kreditlar va boshqa shu kabilarga 
farqlanadi.
6. Kreditni qarzdorga kim taqdim etishiga qarab xalqaro kreditlar - firmalar
banklar, ayrim holatlarda vositachilar (brokerlar) tomonidan taqdim etiladigan xususiy 
kreditlarga; hukumat kreditlariga; xususiy tashkilotlar va davlat ishtirok etuvchi aralash 
kreditlarga; xalqaro, hududiy valyuta-kredit va moliyaviy tashkilotlarning davlatlararo 
kreditlariga bo’linadi. 
7. Tashqi iqtisodiy bitimning qarz mablag’lari hisobidan qoplanishi bo’yicha 
xalqaro kreditlar quyidagilarga bo’linadi: 

tijorat krediti (asosan tashqi savdo va xizmatlar bilan bog’liq kreditlar); 

moliyaviy kredit (istalgan boshqa maqsadlarda foydalaniladigan, shu jumladan, 
kapital quyilmalar, investitsion ob’ektlarni qurish, qimmatbaho qog’ozlarni sotib olish, 
tashqi qarzni to’lash, valyuta interventsiyasi maqsadlaridagi kreditlar); 

“oraliq” kreditlar (kapitallar, tovar va xizmatlarning chiqib ketishining aralash 
shakllariga xizmat qilishga mo’ljallangan). 
8. Xalqaro kreditni ko’rinishi bo’yicha 2 ta asosiy shaklga bo’lib ko’rsatish 
mumkin: 
1.
Xalqaro bank krediti; 
2.
Xalqaro tijorat krediti. 
Xalqaro bank krediti asosan valyuta (pul) ko’rinishida bo’lib, importyorlar 
tomonidan avans to’lovlari shaklida ham taqdim etilishi mumkin. Ayrim holatlarda 
valyuta krediti jihozlar etkazib berish bo’yicha tijorat bitimining shartlaridan biri 
hisoblanadi. Xalqaro tijorat krediti esa, odatda tovar ko’rinishiga ega bo’lib, asosan 
eksportyorlardan importyorlarga taqdim etiladi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish