J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,74 Mb.
#478680
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   112
Bog'liq
fayl 2063 20211105

 
 
 


126 
8.2. Evroobligatsiyalar muomalasi 
Jahondagi xalqaro qarz qimmatli qog‘ozlari orasida evroobligatsiyalar asosiy 
salmoqni (qariyb 60 foizni) egallaydi. (taqqoslash uchun keltiramiz: AQSh xalqaro qarz 
qimmatli qog‘ozlari o‘rtacha 22 foizni, qolgan 18 foizni rivojlanayotgan mamlakatlar va 
offshor markazlar egallaydi) Shuning uchun xalqaro kredit munosabatlarida va qarz 
kapitalini qimmatli qog‘ozlar orqali jalb etish masalalarida evroobligatsiyalar amaliyotini 
o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Evroobligatsiyalar (evroqimmatli qog‘ozlar)ning rasmiy tavsifi Evropa Ittifoqi 
Direktivasi tomonidan 1989 yil 17 aprelda qabul qilingan qimmatli qog‘ozlarni ommaviy 
(ochiq) joylashtirish emissiyasi prospektida ko‘rsatilgan.
9
Xalqaro qarz qimmatli qog‘ozlari sifatidagi obligatsiyalarga “evro” so‘zini 
qo‘shib, alohida evroobligatsiya atamasini yaralishiga asosiy sabab, birinchidan, xalqaro 
qarz qimmatli qog‘ozlar savdosining asosiy qismi Evropada joylashganligi, ikkinchidan, 
ularning valyutalar bo‘yicha kesimida “Evro”da emissiya qilinganlari asosiy ulushni 
tashkil etishi hisoblanadi
10
.
Evroobligatsiyalarning emissiyasi 1963 yildan boshlab chiqarilayotganligi ilmiy 
adabiyotlarda ko‘rsatilgan bo‘lsada, 1940-1960 yillarda ham shunga o‘xshash qarz 
majburiyatlari Evropa hududida muomalasi bo‘lgan. Evroobligatsiyalarni paydo bo‘lishi 
xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanayotgan sharoitda evropadagi transmilliy 
kompaniyalarni moliyaviy ta’minlash, xususan 1950 yillarda PILIPS kompaniyasining 
Niderlandiyaga nominali AQSh dollarida ifodalangan evrobligatsiya ko‘rinishidagi karz 
majburiyatlarini kiritishi bilan bog‘liq. Ushbu o‘n yillikda Evroobligatsiyalar moliyaviy 
ta’minoti Evropa banklarida yirik miqdorni tashkil etuvchi AQSh dollaridagi depozitlar 
bilan amalga oshirildi. 
1960 yillarda evroobligatsiyalar bozori unga huquqiy maqom berish bilan bog‘liq 
muhim muammolarga duch keldi. Bunga sabab evroobligatsiyalar bozori 
infratuzilmasining takomillashmaganligi, sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq 
qiyinchiliklar oqibatida to‘lovlarning kechikishi, bular bilan bog‘liq hisob-kitoblar Nyu-
9
Council Directive 89/298/EEC 
10
Bank for International Settlements: Annual Report. BIS Quarterly Review: International Banking and Financial Market 
Developments. 


127 
York orqali amalga oshirilishi, ularni o‘zaro almashtirish bilan bog‘liq qiyinchiliklar 
bo‘ldi. Bu muammolar evroqimmatli qog‘ozlar bozorida infratuzilmaviy tashkilotlarni 
yaratish orqali bartaraf etildi.
1963 yilda AQSh tomonidan kapitalni chetga chiqishini kamaytirish maqsadida 
foizlarni tenglashtiruvchi maxsus soliq(Interest Equalization Tax)
11
ning joriy etilishi 
oqibatida kreditlarning qiymatini 1 foiz punktga ko‘tarilishi chet el investorlarini amerika 
bozoridagi operatsiyalarini qisqarishiga olib keldi. Ushbu holat investorlarni 
evroobligatsiyalar chiqarish evaziga moliyaviy kapitalga bo‘lgan ehtiyojlarini 
qondirishlariga sabab bo‘ldi.
1970 yillardan boshlab evroobligatsiyalar bozori jadal sur’atlar bilan rivojlandi, 
bunga ushbu davrda paydo bo‘lgan evrodollarlar muomalasi ham katta turtki berdi. 1968 
yilda J.P. Morgan Guaranty Trust Amerika banki evroobligatsiyalar savdosi bo‘yicha 
Euroclear kliring markazini tashkil etdi va 1970 yilda esa uning asosiy raqobatchisi 
Evropa banki tomonidan Lyuksemburgda CEDEL (hozirgi CLEARSTREAM) paydo 
bo‘ldi. Hozirda har ikkalasi orqali evroobligatsiyalar hisobi bo‘yicha depozit-kliring 
operatsiyalari amalga oshiriladi.
1969 yilda evroobligatsiyalarning ikkilamchi bozoridagi tashkiliy texnik 
muammolarni bartaraf etish maqsadida evroobligatsiyalar bozorining yirik operatorlari 
(18 mamlakatdan 350 ta moliyaviy tashkilot) o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilot – 
xalqaro obligatsiyalar bo‘yicha dilerlar assotsiatsiyasi(Association of International Bond 
Dealers)
12
ni tashkil etishdi.
1980 yillarda bo‘lgan qarzdorlik inqirozlari oqibatida kreditlarni qimmatli 
qog‘ozlarga aylantirish (qarzlarni sekyuritizatsiyalash) halqaro qarz qimmatli qog‘ozlar 
bozorini yanada rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Inqiroz natijasida moliya bozorida kuzatilgan 
salbiy holatlar halqaro korporatsiyalar faoliyatini kreditlar orqali moliyalashtirishdan 
ko‘ra obligatsiyalar emissiyasi orqali moliyalashtirish afzalligini ko‘rsatdi. 1990 yillar 
11
Ушбу солиқ 1967 йилда 1,5 фоиз пунктга оширилган ва 1974 йилда бекор қилинган. 
12
1991 йилда ушбу ассоциация Халқаро фонд бозори иштирокчилари ассоциацияси(International Securities Markets 
Association – ISMA)га, 2005 йилда эса Халқаро капитал бозори иштирокчилари ассоциацияси (International Capital 
Market Association – ICMA)га айлантирилди.


128 
o‘rtalarida evroobligatsiyalar xalqaro bozordan jalb etiluvchi ssuda kapitallarining 50-80 
foizini tashkil qildi.
Evroobligatsiyalar asosan yirik transmilliy korporatsiyalar, xalqaro tashkilotlar va 
hukumat organlari tomonidan emissiya qilinadi. Hukumat yoki mahalliy organlar 
tomonidan chiqarilgan evroobligatsiyalarga davlat kafolati talab etiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda evroqimmatli qog‘ozlarining asosiy qismi xususiy 
korxonalar tomonidan joylashtirilgan.
Rivojanayotgan mamlakatlarda evroobligatsiyalar emissiyasi uchun mamlakatning 
suveren kredit reytingi muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda evroobligatsiyalar bozoriga 
chiquvchi emitentlar xalqaro reyting agentliklari tomonidan aniqlangan yuqori reyting 
ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishadi. Emitentlarning yuqori reytinggi jalb etiladigan qarz 
mablag‘larini arzonlashtirish, ya’ni past foiz stavkalarini o‘rnatish imkonini yaratadi. 
Emitent evroobligatsiyalar bozoriga chiqishi uchun yuqori bo‘lmasa ham xalqaro reyting 
agentliklari
13
nng ma’lum bir reytinggiga ega bo‘lishi zarur.
Evroobligatsiyalar bozorining professional ishtirokchilari sifatida qimmatli qog‘oz 
operatsiyalari bo‘yicha ixtisoslashgan asosiy yirik banklar va kompaniyalar savdo 
maydoniga chiqishadi. Evroobligatsiyalar investitsion banklar tomonidan joylashtirilib, 
ularni asosiy xaridorlari institutsional investorlar, ya’ni sug‘urta kompaniyalari, pensiya 
fondlari, investitsiya kompaniyalari va fondlari hisoblanadi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish