J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,74 Mb.
#478680
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   112
Bog'liq
fayl 2063 20211105

2.3.
 
Globallashuv va xalqaro integratsiya jarayonlarining milliy iqtisodiyotga 
ta’siri 
 
Jahon iqtisodiyotida zamonaviy globallashuv jarayonlari eng avvalo sanoati 
rivojlangan mamlakatlar mavqeini mustahkamlab, ularga qo’shimcha afzalliklar beradi. 
Xalqaro mehnat taqsimoti doirasida globallashuv jarayonining kengayishi iqtisodiy past 
rivojlangan mavqeini salbiy o’zgarishiga sabab bo’lib, ularni globallashuv jarayonini 
sub’ektlariga emas, balki ob’ektlariga aylantirishi mumkin. Demak, globallashuv 


26 
jarayonining alohida mamlakatlar iqtisodiyotiga ijobiy ta’sirinining darajasi ushbu 
mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida tutgan o’rniga bog’liqdir.
Jahon iqtisodiyotining globallashuv darajasini quyidagi ko’rsatkichlar yordamida 
ifodalash mumkin: 

xalqaro tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmi hamda uning o’sish 
sur’atlari; 

to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmi va dinamikasi; 

kapitalning xalqaro markazlashuvi hajmi va dinamikasi; 

yirik, murakkab xalqaro investitsiya loyihalari (loyihaviy moliyalashtirish) 
hajmi va dinamikasini mazkur loyihalarning umumiy ko’rsatkichiga (ham ichki, ham 
tashqi)nisbati; 

tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi hajmi va dinamikasini yalpi milliy 
mahsulotga nisbati; 

patentlar, litsenziyalar, nou-xau bilan bog’liq xalqaro operatsiyalar 
miqyosi; 

bank va boshqa kredit muassasalarining xalqaro operatsiyalar hajmi va 
dinamikasini ularning umumiy faoliyati hajmi va dinamikasi hajmiga nisbati; 

xalkaro fond bozorlari hajmi va dinamikasi; 

valyuta bozorlari hajmi va dinamikasi. 
Makroiqtisodiy darajadagi globallashuv davlatlar va integratsion birlashmalarning 
iqtisodiy faolligini oshirib, savdo va investitsiya munosabatlaridagi to’siqlarni bartaraf 
etgan holda erkin savdo hududlarini tashkil etish asosida yuzaga keladi. 
Globallashuv jarayonlari davlatlararo xo’jalik yuritish uchun iqtisodiy, huquqiy, 
axborot va siyosiy miqyosdagi o’zaro kelishuvlarni qamrab oladi.
Bundan tashqari globallashuv jarayoni dunyoning yirik mintaqalarida xo’jalik 
yuritishning bozor tizimini maqsadli shakllantirishga qaratilgan davlatlararo 
muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qamrab oladi. 
Mikroiqtisodiy darajadagi globallashuv kompaniyalar faoliyatining ichki bozordan 
tashqarida kengayishi natijasida yuzaga keladi. Ko’pgina yirik transmilliy korporatsiyalar 


27 
global miqyosda harakat qiladi va shu jihatdan transmilliy korporatsiyalar globallashuv 
jarayonining sub’ekti bo’lib, uni harakatga keltiruvchi asosiy kuch hisoblanadi. 
Globallashuv jarayonining afzalliklari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin: 

globallashuv xalqaro raqobatning kuchayishini yuzaga keltirdi. Bozorlarning 
kengayishi va undagi raqobat jarayonining kuchayishi nafaqat milliy darajada balki, 
jahon miqyosida ishlab chiqarishning o’sishini rag’batlantiruvchi xalqaro mehnat 
taqsimotining chuqurlashuviga hamda ixtisoslashishiga olib keladi.

ishlab chiqarish tarmoqlarida tejamkorlikning ortishi. Bu holat, narxlarni 
pasayishi va xarajatlarni qisqarishiga, pirovardida barqaror iqtisodiy o’sishga olib kelishi 
mumkin.

globallashuvning ijobiy jihatlaridan yana biri – erkin savdodan keladigan yutuq 
barcha mamlakatlarni qanoatlantiradi; 

xorijiy davlatlarning ilg’or ilmiy-texnik, texnologik yangiliklarini amaliyotga 
tatbiq etish natijasida iqtisodiy barqarorlikka erishilishi; 

globallashuv jarayonida xalqaro raqobat kuchayib milliy bozordagi ichki 
raqobatchilarga tashqi bozordagi kuchli raqiblar ham qo’shiladi va natijada narxlarni 
pasaytirish va yuqori sifatli mahsulotlarni tanlash imkoniyatini beradi; 

globallashuv jarayoni xorijiy davlatlarning ilg’or ilmiy-texnik, texnologik va 
nisbatan kam xarajat talab qiladigan yangiliklarni amaliyotga tadbiq etish imkoniyatini 
beradi Bunda jahon miqyosidagi innovatsiyalarni amaliyotga uzluksiz tatbiq etilishiga 
imkon yaratiladi. 
Globallashuv jarayonining salbiy oqibatlarini yuzaga keltiruvchi muammolar 
sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin: 

globallashuv afzalliklarining milliy iqtisodiyotlar alohida tarmoqlari o’rtasida 
bir xil taqsimlanmasligi; 

milliy iqtisodiyotda sanoatlashishning sekinlashuvi; 

ayrim mamlakatlarda milliy iqtisodiyotni nazorat qilish jarayoni mustaqil 
hukumatdan 
boshqalarga, 
jumladan 
kuchliroq 
davlatlarga 
yoki 
transmilliy 
korporatsiyalar ixtiyoriga o’tishi; 


28 

jahon miqyosida milliy iqtisodiyotlarning o’zaro bog’liqligi tufayli global 
beqarorlikning yoki mintaqaviy darajada moliyaviy sohadagi beqarorlikning yuzaga 
kelishi. Milliy iqtisodiyotlarda yuzaga keluvchi iqtisodiy turg’unliklar yoki 
inqirozlarning mintaqaviy hatto global darajada salbiy oqibatlarga olib kelishi; 

globallashuv milliy va jahon iqtisodiy rivojlanishining beqarorligi va 
notekisligini kuchaytiradi. Ushbu holat milliy xo’jalik majmualarining global bozor 
sharoitlarida samarali faoliyat yurita olmaydigan eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarish 
bo’g’inlariga bo’linishi bilan bog’liq; 

globallashuv davlatning makroiqtisodiy darajada tartibga solish rolini sezilarli 
darjada cheklaydi va davlatning ichki, tashqi iqtisodiy aloqalarga ta’sir ko’rsatishining 
an’anaviy dastaklarini o’zgartirib yuboradi; 

globallashuv ishlab chiqarish va iste’molda salbiy tashqi omillarning ommaviy 
tarqalishiga olib keladi. TMKlarning global jahon bozorlariga chiqishi va globallashuv 
jarayonidan foyda olishga intilishi borasidagi kuchli raqobat ularning atrof-muhitni 
ifloslantiruvchi ishlab chiqarish yoki sog’liq uchun zararli transgen mahsulotlarni 
yaratish kabi jamiyat uchun zararli faoliyat bilan shug’ullanishlariga olib keladi. 
Globallashuv jarayoni mamlakatlar uchun yuqorida qayd etilganlardan tashqari 
yana ko’plab muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Jumladan: 

rivojlanayotgan mamlakatlarda texnologik jarayon ortda qolishining 
kuchayishi; 

ijtimoiy-iqtisodiy qatlamlarga ajralishning ortishi, marginalizatsiya xatari 
(jahon darajasidagi iqtisodiy o’sishdan qolib ketishning kuchayishi); 

aholining asosiy qismida qashshoqlashuvning ortishi; 

moliyaviy barqarorlik darajasi past bo’lgan mamlakatlar o’rtasidagi 
bog’liqlikning kuchayishi; 

TMKlar tomonidan mamlakatlarda milliy iqtisodiy siyosatni yuritishga 
to’sqinlik qilinishi; 

kelajakdagi taraqqiyotga to’sqinlik qiluvchi tashqi qarz darajasining o’sishi va 
boshq. 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish