MAVZU: BADIIY ADABIYOTDA AN’ANA VA NOVATORLIK
R E J A
1. An’ana hakida ma’lumot
2. Novatorlik haqida tushuncha
3. An’ana va novatorlikning badiiy adabiyotdagi ahamiyati
ADABIYOTLAR
1. I. Sulton Adabiyot nazariyasi 1980
2. Adabiyot nazariyasi 1969 yil
TAYANCH IBORALAR
1. An’ ana 2. Novatorlik 3. Novatorlik kurinishlari
Badiiy adabiyot ijtimoiy ong shakli sifatida tarixiy taraqqiyot qonuniyatlariga buysunadi. Jamiyatda yuz byergan moddiy o’zgarishlar badiiy adabiyotda ham o’zgarishlarni kyeltirib chiqaradi. Qadimgi YUnonistonda yuz byergan yirik myexnat taqsimoti san’at va adabiyotning yuksak taraqqiyotiga olib kyeldi. Markaziy Osiyoda O’rta asrlardan kyeyin yuz byergan iqtisodiy va siyosiy tanazzul esa o’zbyek adabiyotining orqaga kyetishiga sabab bo’ldi.
Sinfiy kurash adabiyotga ham ta’sir ko’rsatdi. Badiiy adabiyotning sinflar kurash quroliga aylantirishga urinadilar. Biroq adabiy oqimlar kurashini byevosita sinflar kurashi ifodasi tarzida talqin qilish to’g’ri emas. Jamiyatda ijtimoiy kurash kuchaygan ko’tarilish davrlarida adabiyot ham gullaydi, ryeaktsiya davrlarida adabiyot ham tushkunlikka yuz tutadi.
Har bir davr o’z san’atini yaratadi. Marks, Gomyer eposini insoniyatning bolaligi dyeb atagan edi. Dyemak, epos ibtidoiy jamoa davrning adabiyoti bo’lib, kyeyinchalik unday adabiyot yaratilmadi.
Adabiyot mafkura bo’lishi bilan birga san’at hamdir. U hayotni o’ziga xos obrazli yo’l bilan ifoda etami. SHuning ham san’atning bir qator o’ziga hos qonuniyatlaring borki, ular san’at taraqqiyotining jamiyat qonuniyatlariga buysunmaydigan mustaqil xaraktyerini ko’rsatadi. Masalan: san’at taraqqiyoti jamiyat taraqqiyotidan oldinlab kyetishi ham, orqada qolishi ham mumkin. Qadimgi YUnoniston ijtimoiy taraqqiyotining eng ibtidoiy bosqichida edi. Lyekin o’sha davrda adabiyot shu kadar rivojlanib kyetdiki, natijada kyeyingi davrlarda ham bu darajaga chiqib bo’lmadi. Kapitalizm fyeodalizmga nisbatan progryess. Lyekin O’zbyekistonda kapitalistik munosabatlar kirib kyelayotgan davrda Navoiy singari yirik daholar dunyoga kyelmaydi. Navoiy davrida o’zbyek adabiyoti taraqqiyotda oldinlab kyetgan, XIX asrlarda orqada qolgan edi.
San’at va adabiyotdagi o’zgarishlar birdan bo’lmaydi. Adabiyotda rivojlanish ryevolyutsiyasi emas, evalyutsiya tarzida sodir bo’ladi. San’at asarlari umrboqiy bo’ladi, eskirmaydi.
Har bir davr san’ati o’zidan oldingi san’at bilan bog’liq bo’ladi.
Bir xalq adabiyoti o’zidan oldingi san’at bilan bog’lik bo’ladi.
Bir xalq adabiyoti ikkinchi xalq adabiyotiga ta’sir etadi. Bundan vorislik qonuni kyelib chiqadi.
Har bir davr adabiyoti o’zidan oldingi davr adabiyoti yutuqlaridan boshqa xalqlar adabiyoti yutuqlaridan bahramand bo’lmasdan rivojlana olmaydi.
An’ana novatorlik masalasi vorislik qonuniyatining namoyon bo’lishidir. An’ana o’tmish adabiyotdan qolgan eng yaxshi-g’oyaviy-badiiy boyliklar, kyeyingi davr adabiyoti tomonidan rivojlantiriladigan o’tmish adabiyoti yoki boshka xalqlar adabiyotlarining eng yaxshi yutuqlari adabiy an’ana bo’ladi. Masalan, Navoiy o’z asarlarida insonparvarlik, kahramonlik, xalqlar do’stligi, zulm va razolatga nafrat g’oyalarini olg’a surgan. Ana shu g’oyalar kyeyingi yozuvchilar tomonidan rivojlantirildi yoki A.Qodiriy, Valtyer Skotch hamda Jurji Zaydon ijodidagi roman shaklini olib shu asosida butunlay yangi o’zbyek milliy romanini yaratdi. E.Vohidov esa klassik adabiyotidagi g’azalni rivojlantiradi.
- An’ana quyidagicha bo’ladi:
- G’oyaviy an’ana. Bu Navoiydagi insonparvarlik, qahramonlik g’oyalari va motivlarining rivojlanishidir.
- Tiplar an’anasi. Obraz yaratish printsiplarining kyeyingilar tomonidan qabul qilinib rivojlantirishidir. Farxod - Azizxon Evklion (pativning "Mundi" -komyediyasi) - Gobsak (Balpzakning "Gobsyek" romani) - Qori Ishkamba (Ayniyning "Sudhurning o’limi" povyesti) - Inoyat oqsaqol (S.Axmadning "Ufq" romani) ana shu tiplari an’anasining namunasidir.
Ayrim tiplar hayotda o’z umrini yashab bo’lganligi tufayli adabiyotlar ham o’z umrini tugatadi. Masalan, cho’llarga suv chiqaruvchi Farxod kabi qahramonlar an’anasi shunday bo’ldi.
- Formal an’analar yoki badiiy an’analar sohasidagi an’analar yoki badiiy an’analar sohasidagi an’analar. SHunisi muhimki g’oyaviy an’analar hamda tiplar hamda tiplar an’anasi dunyoqarashi bir biriga yaqin yozuvchilar tomonidan rivojlantiriladi. Formal an’analar esa dunyoqarashi turlicha bo’lgan yozuvchilar tomonidan ham rivojlantiriladi. CHunki badiiy forma dunyoqarashga byetaraf bo’ldi. Lyekin har bir yozuvchi mavjud formaning o’zining dunyoqarashini ifodalagan bo’ysundirishi mumkin. Dyemak, formal an’ana bu oldingilardan myeros qolib kyeyingi yozuvchilar tomonidan rivojlantirilayotgan janrlar (roman, g’azal) tasvir vositalari vazn hamda qofiyalardir.
- Badiiy forma sohasidagi an’analar quyidagicha davom ettiriladi.
- Mavjud janr formalarini rivojlantirish:
- O’tmish an’analarini sintyez qilish;
- mavjud shakldan qisman foydalanib, butunlay yangi janr yaratish: Masalan: poema, roman, g’azal.
- Eski formalarni tiriltirish;
Har bir yozuvchi o’zidan oldingilarni tajribasiga suyanib, biror yangi fikr aytishga harakat qiladi, oldingilar g’oyalarini rivojlantiradi.
Har qanday yangi asar oldingisiga qaraganda olg’a qo’yilgan qadam bo’ladi. Oldi yangi asar darajasiga ko’tarila olmagan, no’noq va taqlidiy asarlar bundan mustasno. Kyeyin yaratilgan asarni yangilik darajasi turlicha bo’ladi, o’tmish adabiy an’anasidan foydalanib yaratilgan printsipida yangilik navatorlikdir. Har bir asarda ham novatorlik byelgilari bo’ladi, har bir yozuvchi ham u yoki bu darajada novatordir. Lyekin har kanday asar ham, har bir yozuvchi ham to’la ma’noda novator bo’lavyermaydi.
Hamza o’zbyek adabiyotida mavjud bo’lmagan drama janrini, A.Qodiriy roman janrini olib kirdi va yuksak darajaga ko’tardi. Haqiqiy novator shudir. YAshin esa yangi forma olib kirmadi, u mavjud an’analarni davom ettirdi. Qalandarov obrazi ham yuksak mahorat bilani yaratitlgan yangilikdir. Lyekin yangilikda ham yangilik bor. Har qanday kutilmagan va oldingilarga uchramaydigan adabiy hodisa novatorlik bo’lavyermaydi. Novatorlik haqiqiy va soxta bo’ladi. Haqiqiy novatorlik o’tmish adabiy an’analariga asoslanib adabiyotda printsipidan yangilik yaratishdir. Ba’zan novatorlik eskirgan formalarni qayta tiriltirishida ham namoyon bo’lishi mumkin. Soxta novatorlik esa yo’q joyda yangilik yaratishda urinish natijasidir. Bu holda yozuvchi o’tmish adabiy an’analarini myensimay, hyech o’xshamaydigan yangilik yaratib, hammani qoyil qoldirmoqchi bo’ladi. Natijada u muvaffakiyatga erisha olmaydi. Prolyetkulptchilarning urinishlari ana shunday edi.
NAZORAT SAVOLLARI:
An’ana dyeganda nimani tushunasiz?
An’ananing qanday turlarini bilasiz?
G’oya an’analar badiiy adabiyotda qanday ifodalanadi?
Tiplar an’anasi nima? Misollar orqali tushuntiring.
Badiiy forma sohasidagi an’analar qay tarzda ifodalanadi?
Novatorlik dyeganda nimani tushunasiz?
O’zbyek adabiyoti misolida novatorlikni tushuntirib byering.
Har doim ham novatorlikka ijobiy hol dyeb qarash mumkinmi?
Har ikkisining badiiy adabiyotda qanday ahamiyati bor?
O’zbyek adabiyotida qaysi davrlarda shakliy novatorlik rivojlandi?
Do'stlaringiz bilan baham: |