Izonit (iplar grafikasi) – bu qattiq buyumga iplar grafikasi yordamida biror-bir tasvirni yaratishdir.
Izonit (iplar grafikasi) XVII asrda Angliyalik to‘quvchilar tomonidan yaratilgan. Dastlab ular yog’ochning ustki qismiga mixlar qoqib, mixlarga iplarni tortib, turli grafik naqshlarni hosil qilingan. Keyinchalik takomillashtirilib kortonlar, disklar ustiga tasvirlar tushirilmoqda.
Izonit tikish texnikasida asosan uch turdagi usullardan foydalanib naqshlar tikiladi. Bular – 1. Burchak shaklida. 2. Duga (bargsimon, speral) shaklda. 3. Aylana shaklda.
Xavfsizlik texnika qoidalari:
1. Tikishda gavdani to‘g’ri tutish, ko‘z bilan igna orasidagi masofa 30-35 sm bo‘lishi kerak.
2. Xona yaxshi yoritilgan va yorug’lik o‘ng tomondan tushishi kerak.
3. Tikishda ishlatiladigan asboblar saranjom qilib maxsus qutichalarda saqlanishi kerak.
4. Ninani ishlatib bo‘lgandan so‘ng yostiqchaga qadab qo‘yish kerak.
5. Chokni tikib bo‘lgandan so‘ng qolgan ipni qaychi yordamida uzish kerak.
Qaychidan foydalanish qoyidalari.
1. Qaychidanfoydalanishdasinfdaustozingiz, uydaesaota-onangizko‘magigatayaning.
2. Qaychi belgilangan joyda, belgilangan holatda saqlang.
3. Qaychini uchini yuqoriga qaratib ushlamang.
4. Qaychini ochiq holda qoldirmang.
5. Qaychini yurib turganizda ishlatmang.
6. Qaychini faqat yopilgan holda uchidan ushlab o‘rtog‘ingizga uzating.
7. Qaychini ishlatayotganda kesilishning yo‘nalishi hamda materialni ushlab turgan chap qo‘l barmoqlarni kuzatib turing.
8. Yaroqsiz qaychini ishlatmang, uni o‘qituvchingizga topshiring.
Iplar grafikasi usullarini tikish jarayoni.
Burchak shaklini hosil qilish jarayoni quyidagicha.
1. Kartonga kerakli burchak rasmini chizib olinadi.
2. Burchaklarni teng qismlarga bo‘linadi. Qismlar kattaligi 0,5-1 sm.dan oshmasligi kerak
3. Chap tomondan boshlab nomerlanadi hamda teshikchalar hosil qilinadi.
4. Berilgan sxema bo‘yicha tikiladi.
Dugalar (bargsimon, speral) shaklini hosil qilish jarayoni quydagicha.
1. Kerakli dugalar (bargsimon, speral) rasmini chizib olinadi.
2. Teng qismlarga bo‘linadi. Qismlar kattaligi 0,5-1 sm.dan oshmasligi kerak
3. Dugalarda sperallar boshidan nomerlanib tikilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi
Aylana shaklini hosil qilish jarayoni quyidagicha.
1.Kerakli aylana rasmini chizib olinadi.
2.Teng qismlarga bo‘linadi. Qismlar kattaligi 0,5-1 sm.dan oshmasligi kerak
3.Soat strelkasi bo‘ylab nomerlanadi hamda teshikchalar hosil qilinadi.
4.Berilgan sxema bo‘yicha tikiladi.
Sxemalar yordamida o‘quvchilar namuna tikadilar.
“Gilamchani to‘ldir” rasmli topshiriq. Bu topshriqda biror- bir rasm fragmetini olib tashlanadi. O‘quvchilar bu fragmentlarni kekakligini topib rasmga joylashtirishlari lozim. Ushbu rasmli topshiriq o‘quvchilarda kreativ qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.
IV. O‘quvchilarni baholash:
V. Uyga vazifa: Kartonga “Oq qush” tasvirini chizish, belgilangan nuqtalarda teshikchalar hosil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |