Dunyoqarash tushunchasi - Inson uzini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, unga baho berishi, xulosa chiqarishi bulib, dunyoni inson ongidagi uziga xos in’ikosidir. Insonning o’ziga va uni qurshab turgan borliqqa bulgan munosabatlarini ifodalaydigan kunikmalari, malakalari, bilimlari xamda dunyoni amaliy va nazariy uzlashtirish hamdir.
Din - arabcha ishonch, ishonmoq demakdir. Borliqni yaratuvchi va boshqaruvchi, adolatning yuksak namunasi, moddiy olamga xos bulmagan va ayni vaqtda barkamollikning oliy kurinishi sifatida tushuniluvchi oliy mavjudotga, ya’ni Xudoga nisbatan munosabat, tasavvur, urf-odat va marosimlar majmuidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |