Tuproqning sho’rlanishi – tuproqda oson eriydigan tuzlar miqdorining ko’payishi.
To’pgul, gulto’da – poyada yoki shoxchada to’p bo’lib o’rnashgan gullar. Odatda, ular orasida barg bo’lmaydi.
Unumdorlik – tuproqning o’simlikni suv va oziq moddalarga bo’lgan ehtiyojini uzluksiz qondirib turish xususiyati.
Uyushma, to’da – tirik mavjudot vakillarining ma’lum tabiiy hududda birgalikda yashashi ( fitotsenoz, zootsenoz ).
Urug’larning tinim davri – yangi terilgan urug’ning unish xususiyatiga ega bo’lmagan holati.
Urug’palla – ikki pallali o’simliklar urug’idagi murtakning birinchi bargi.
Urug’chibarg – yopiq urug’li o’simliklarda tuguncha hosil qiluvchi urug’chi barg.
Do'stlaringiz bilan baham: |