Simpodial shoxlanish, yonshoxlanish – shoxlanish turlaridan biri; bunda tana uchidagi kurtak o’sishi to’xtab, uning o’rniga yonshoxlar o’saboshlaydi. Yonshoxlar ham asosiy tana yo’nalishida o’sib, undan ham yuqoriga ko’tariladi.
Sinekologiya – ekologiyaning o’simlik, hayvon, mikroorganizmlarning har xil turlarini o’z ichiga olgan uyushma va fitotsenozlardagi hayoti hamda yashash muhiti bilan bog’liq munosabatini o’rganadigan sohasi.
Sitoekologiya, hujayra ekologiyasi – sitologiyaning hujayralarni atrof-muhit sharoitiga moslashuvi qonuniyatlarini o’rganuvchi bo’limi.
Skarifikatsiya – urug’ni ekishga tayyorlash usullaridan biri. Bunda urug’ning unib chiqishini tezlatish uchun qobig’ini sun’iy yo’l bilan yumshatiladi.
Sklerifikatsiya, qattiqlanish, yog’ochlanish – hujayra qobig’ining qalinlashishi va qattiq holga, yog’ochlikka aylanishi.
Soxta meva – gul tugunchasidan tashqari yana gulo’rin ishtirokida hosil bo’lgan meva. Masalan, anjir, qulupnay.
Do'stlaringiz bilan baham: |