Puls – Tomir urushi – yurakning qiqarib – bo’shashib urishi natijasida qon tomirlarining ritmik tebranishi.
Qalamchalash. Qalamchadan ko’paytirish – o’simliklarni vegetative yo’l bilan ko’paytirish usullaridan biri. Bunda yog’ochlangan ( tok, tol, terak ), yosh, yog’ochlanmagan ( issiqxonalarda ) poya va ildizpoyalardan ( malina, limon ) foydalaniladi.
Qanotli meva – quruq, bir urug’li, ochilmaydigan va shamol yordamida tarqalishga moslashgan meva.
Qarish – organism individual rivojlanishining oxirgi bosqichlaridan biri; bunda voyaga yetgan organizmning o’z vazifasini bajarish imkoniyatlari kamayadi, nobud bo’lish ehtimoli ortadi.
Qon bosimi – qonning yurak bo’lmalari va tomir devoriga ta’sir ko’rsatuvchi bosimi. Yurakning qisqarib, qonni haydashi tufayli paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |