Ekologik bashorat – odam faoliyati ta’siri yoki tabiiy jarayonlar natijasida tabiiy tizimlarning qanday bo’lishi, rivojlanishi va oqibatini oldindan aytib berish.
Ekologik javon, ekologik o’rindiq – tabiatning tur mavjudligini ta’minlovchi barcha omillar majmui.
Ekologik ma’rifat – ekologik dunyoqarashni tarbiyalash. Bunda tabiatdagi ekologik jarayonlar bilan insoniyat o’rtasida chuqur uzviylik borligiga katta ahamiyat beriladi.
Etalon qo’riqxona – tabiiy komplekslar rivojlanishiga tashqaridan biron-bir aralashish qat’iy man qilingan yer maydoni yoki to’liq ko’rgazmali qo’riqxona.
Etologiya – hayvonlarning xatti harakatining biologik asoslarini o’rganadigan fan.
Etxo’r – boshqa hayvonlar (issiqqonlilar) go’shti bilan ovqatlanadigan organizmlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |